oila sotsiologiyasi, gender tenglik, xotin-qizlar huquqlari, xotin-qizlar masalalari, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, tarix, falsafa, menejment, oila va jamiyat, ijtimoiy fanlar, ilmiy jurnal, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy maqolalar, O‘zbekiston ilmiy nashri
  • Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 114.
O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlarining amalga oshirilishi
Zokirov Umrbek Shokirovich

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi metodologik yangilanish jarayonlari tahlil qilinadi. 1920–1930-yillardan boshlab tarixiy bilimlarning umumlashtirilgan manbalari yuzaga kelgani, 1950–1960-yillarda tarixshunoslikning alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib borgani, 1968-yilda Tarix instituti huzurida “Tarixshunoslik” bo‘limi ochilgani ilmiy maktabning tamal toshi sifatida ko‘rsatiladi. Mustaqillik davrida tarixiy tadqiqotlarda yangi paradigmalarning paydo bo‘lishi, tarixshunoslikning muammoli yondashuvlar asosida kengayishi va ilmiy maktablarning shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, V.V. Lunin, G.I. Jeltova, F.H. Qosimov kabi olimlarning tarixshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston tarixshunosligining metodologik takomillashuvi, ilmiy izlanishlarning yangi bosqichi, arxiv manbalarining ochilishi va nazariy yondashuvlarning boyishi haqida fikr yuritiladi.

06-01-2026
  • PDF
82-87 39 13
O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilish muammosi
Sultanova Amina Anvarovna

Maqola O‘zbekistondagi o‘z joniga qasd qilishning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda turli gender guruhlari o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish hodisasi bilan bog‘liq adabiyotlarga keng nazariy sharh berilgan. Shuningdek, ushbu muammo hali ham yetarlicha o‘rganilmagan O‘zbekiston kontekstida ko‘rib chiqiladi. Muallif to‘plangan materiallar asosida ma’lumotlar tahlili natijalarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni batafsil muhokama qiladi. Ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida gender o‘z joniga qasd qilish muammosini tushunishga hissa qo‘shadi va bu borada keyingi tadqiqotlarni rag‘batlantiradi.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
83-89 231 36
Ko‘zdan chetda qolgan bolalar: yetim bolalarni joylashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliyot
Turaqulova Aziza

Hozirgi vaqtda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini institutsionalizatsiya qilish masalasi dolzarbdir. Biroq bu amaliyot O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lib, shuning uchun bu jarayonni amalga oshirishning barcha xususiyatlarini hisobga olish, ushbu yondashuvni amalga oshiruvchi davlat uchun yuzaga keladigan afzallik va qiyinchiliklarni xolisona baholay olish zarur. Ushbu maqolada turli xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan, vasiylikning muqobil shakllari amaliyotini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining deinstitutsionalizatsiya bo‘yicha hozirgi pozitsiyasi va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillari hamda oqibatlari ochib berilgan.

30-09-2022
  • PDF (Русский)
37-42 136 27
O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi: hududlar va jinslar bo‘yichа fаrqlаr, ulаrning sаbаblаri
Zokirov Sayidfozil, Xusanova Sevara

Maqolada so‘nggi 10 yil (2013–2022-yillar) mobaynida O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar hududlar va jinslar kesimida tahlil qilingan. Kutilayotgan ta’lim davomiyligini inson kamoloti yuqori davlatlar darajasiga yetkazish, shu jumladan, xotin-qizlarning ta’limdagi qamrovini oshirish hamda ta’limdagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

08-04-2025
  • PDF
29-34 174 28
O‘zbеkistonda ayollarning mеhnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intеllеkt tеxnologiyalarining amaliyotdagi imkoniyatlari
Ro‘zimurodov O‘lmas Farxodovich

Maqolada O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning amaliy ta’siri tahlil qilinadi. ILO, OECD, UNICEF, Jahon banki ma’lumotlari hamda milliy tashabbuslar (Digital Uzbekistan–2030, One Million Uzbek Coders, Uzbekistan Digital Inclusion, Yulduz Tech Awards) asosida olib borilgan tahlil ayollar ishsizligi va soha segregatsiyasi saqlanayotganini ko‘rsatadi, biroq masofaviy ish, qayta tayyorlash va onlayn ta’lim orqali kirish to‘siqlari kamaymoqda. AI vositalari mehnat unumdorligi va ish qidirish ko‘nikmalarini oshirayotgani, davlat grantlari va hududiy dasturlar esa inklyuziv rivojlanishni rag‘batlantirayotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, ma’lumotlardagi og‘ishlar va algoritmik adolat masalalariga yechim sifatida etik AI boshqaruvi, gender-sezgir siyosat va STEM ta’limi muhimligi asoslanadi

26-10-2025
  • PDF
90-98 161 19
XX asrning 40–90-yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimida gender tenglik masalalari tarixi
Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna

Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati. Hozirgi Yangi O‘zbekistonda gender tenglik yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Muallif arxiv materiallari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va davriy nashrlar ma’lumotlaridan foydalangan holda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi gender tenglik masalalari tarixiga nazar tashlashga harakat qilgan

16-04-2025
  • PDF
122-126 250 46
O‘zbekistonda mahalla institutining mustaqillik yillaridagi rivojlanishi
Zaitov Elyor Xolmamatovich

Maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla institutining rivojlanishi, uning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi noyob roli hamda ijtimoiy barqarorlik va demokratiyani ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Mahalla ananaviy qadriyatlar boshqaruvining zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashtirgan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqa rolini o‘taydigan noyob ijtimoiy institut sifatida taqdim etilgan

02-04-2025
  • PDF
4-8 443 39
O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosiga jim turishimiz kerakmi?
Sultanova Amina Anvarovna

O‘z joniga qasd qilish sog‘liqni saqlashning dolzarb muammosidir, biroq O‘zbekistonda uning muhokamasi ko‘pincha madaniy va ijtimoiy to‘siqlarga duch keladi. Muammoni yashirish jamoat salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, o‘z joniga qasd qilishning oldini olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. Ushbu maqola O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining asosiy sabablari – mavzu haqida sir saqlash oqibatlari va bu muammoning jamiyat va davlat institutlari darajasida muhokama qilishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Ruhiy salomatlik haqida ochiqlik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha faol harakatlar fuqarolarning farovonligini oshiradi

07-04-2025
  • PDF (Русский)
44-50 336 24
Biznesda gender assimetriyasi: O'zbekistonning milliy xususiyatlari
Karimova Dildora Mirsabitovna

В статье проанализировано состояние женского предпринимательства в Узбекистане через призму существующей гендерной асимметрии в бизнесе и выявлены присущие для страны национальные особенности. С использованием мирового опыта определены основные приоритеты развития женского предпринимательства в Узбекистане.

15-08-2025
  • PDF (Русский)
10-17 229 35
Maktablarda mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Suvankulov Mehmonali, Abdibositov Abduqodir

Maqola O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar tomonidan mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mobil telefon va smartfonlarning tahsil oluvchilar uchun foydali va zararli jihatlari, ta’lim muassasalarida ushbu qurilmalardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar hamda ularda belgilangan tartib va qoidalarni buzgan shaxslarning javobgarlik masalalari tahlil qilingan.

25-08-2025
  • PDF
155-162 56 27
O‘zbekiston aholisi soni va tarkibidagi dinamik o‘zgarishlarning iqtisodiy-statistik tahlili
Dusnayev Sherzod Ergashevich

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni va tarkibidagi dinamik o‘zgarishlar, dunyo aholisida mamlakatimizning tutgan o‘rni, hududlarda aholining o‘sish holatlari, aholi sonining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar, aholining jins tarkibi, shahar va qishloqlarda yashovchi aholi guruhlari, tabiiy o‘sish (kamayish), migratsion o‘sish (kamayish), umumiy o‘sish (kamayish), aholining joylashuvi, urbanizatsiya darajasi yoritib berilgan

08-04-2025
  • PDF
96-101 61 27
Harbiy rahbar-komandirlar faoliyatida imijning ijtimoiy-psixologik tamoyillari
Ravshanov Lochinbek Urinovich

Ushbu maqola komandir imijini shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa tizimidagi harbiy xizmatchilarning kasbiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola mazmunida asosli manbalar orqali shaxsning individual qiyofasi, shaxsning psixologik qiyofasi, obrazning ijtimoiy-madaniy funksiyalarini psixologik tadqiq etish keng yoritilgan.

05-06-2023
  • PDF
42-48 19 24
Yangi ma’naviy makon qiyofasi rivojida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
To‘xtayev Hakim Primovich

Maqolada Yangi O‘zbekistonda bunyod etilayotgan yangi ma’naviy makon qiyofasining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan aloqadorligi, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi islohotlarining jadallashuvi, ma’naviy-ma’rfiy sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berilgan.

10-10-2023
  • PDF
40-46 31 25
Ilm-fandagi ayollar: cheklovlar va yangi imkoniyatlar.
Karimova Dildora Mirsabitovna, Alimjonova Dilbar Magribjanova

Maqolada gender tengligi masalalari Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tilgan. Xotin-qizlarning mehnat bozorida, ilm-fan, biznes va siyosiy jarayonlardagi ulushi – respublikaning jahon miqyosidagi obro‘- e’tiboriga tobora ko‘proq ta’sir qila boshladi. Inson kapitali va ayollarning ilmiy tadqiqotlardagi ishtiroki mamlakat innovatsion rivojlanishning drayver kuchiga aylanishi mumkin. Ayollarni ilm-fanga jalb etishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o‘rganish kabilar maqola mualliflariga xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari uchun mavjud cheklovlar va yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.

28-03-2022
  • PDF (Русский)
4-9 31 25
O‘zbekistonda yosh oilalardagi zo‘ravonlikning ijtimoiy-psixologik jihatlari
Ismaylova Ra’no

Maqolada O‘zbekiston Respublikasining yosh oilalaridagi zo‘ravonlik muammosi, uning turlari, namoyon bo‘lishi va ularni bartaraf etish yo‘llari kabi dolzarb muammolar ko‘rib chiqilgan.

05-06-2023
  • PDF
15-20 34 23
XX asrda O‘zbekiston sanoatlashuvining oilaviy mehnat munosabatlariga ta’sirining tarixiy tahlili
Mamatqulov Bekzod Sherozovich

XX asrda O‘zbekistonning sanoatlashuvi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada sanoat rivojlanishining oilaviy mehnat munosabatlariga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sanoatlashuv jarayonida erkak va ayol mehnatining o‘zaro taqsimoti, oiladagi iqtisodiy rollarning o‘zgarishi, urbanizatsiya va ijtimoiy siyosatning oilaviy hayotga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston jamiyatida mehnat madaniyati va gender rollarining shakllanishida sanoatlashuvning muhim omil bo‘lganini ko‘rsatadi.

06-01-2026
  • PDF
71-76 38 6
Bolalarda “men” konsepsiyasining rivojlanishida oilaviy qadriyatlarning o‘rni
Shamsiyev O‘ktam Baxriddinovich

Maqolada ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidan kelib chiqadigan shaxsning ijtimoiy tasavvurlari tizimida bolaning o‘zi va o‘z fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari, eng avvalo, jamiyatda tutajak o‘rni va maqomini belgilovchi muhim mexanizm ekanligi, uning mazmuni shaxsning nafaqat o‘ziga, balki o‘zga shaxslarga bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlari hamda ijtimoiy xulqining asosi hisoblanishi haqida so‘z yuritiladi. Bunda qanday ijtimoiy omillar va guruhlarning yetakchi rol o‘ynashi ilm-fan nuqtayi nazaridan muhim ekani asoslangan.

05-06-2023
  • PDF
9-14 18 27
O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruq holatlari: muammo va yechimlar
Ibragimov Lutfullo Ziyodullayevich, Raxmonov A.X.

Ushbu maqolada erta tug‘uruq holatlari va uning asosiy sabablari keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruq holatlari tahlil qilingan. Sotsiologik tadqiqotlar asosida erta tug‘ruq bilan bog‘liq muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

25-12-2022
  • PDF
22-27 26 2
Vizual san’atda ayol obrazi ifodalanishida estetika qonuniyatlarining ahamiyati
Alimova Nargiza Rustam qizi

Mazkur maqolada vizual san’at turlarida ayol qiyofasining aks ettirilishda estetika qonuniyatlarining ahamiyati yoritib berilgan. Muallif vizual san’at asaridagi ayol obrazi badiiy shakl va mazmunning bir-biriga mosligi, garmoniya, proporsiya, simmetriya, qarama-qarshiliklar birligi qonuniyatlariga bo‘ysunishiga e’tibor qaratgan.

05-06-2023
  • PDF
110-115 22 26
O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanish muammolari
Askarova Gulrux, Erkinova Risolat

Maqolada hozirgi bosqichdagi amaliy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri – O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanishi va amaliyotchi psixologlar tayyorlash muammolari tahlili va muhokamasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaliy psixologiya sohasidagi muammolarni samarali hal qilish uchun kompleks yondashuvlar taklif etiladi.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
73-77 279 37
О‘zbekistonda nikoh va oilaviy ajralishlar tendensiyasi
Xodjayev Sobir Djumayevich

Mazkur maqolada О‘zbekistonda 2010-yildan joriy yilgacha oila, nikoh va oilaviy ajralishlar tendensiyasi mavjud statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shu bilan birga, oilaviy ajralishlar sabablari sotsiologik nuqtayi nazardan hududlar kesimida qiyosiy tadqiq etilgan.

10-06-2022
  • PDF
21-25 154 29
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining rivojlanishi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 5 yil ichida oliy ta’lim rivojlanishining statistik tahlili hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi davlat siyosati yoritilgan.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
163-167 242 40
O‘zbekiston Respublikasida erta nikoh holatini bartaraf etishning samarali mexanizmlari
Mambetjanov Q.K., Annakulov K.X.

Ushbu maqolada erta nikoh holati va uning asosiy sabablari aniqlangan, O‘zbekiston Respublikasida erta nikoh holati ilmiy tahlil qilingan hamda erta nikoh holatini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

25-12-2022
  • PDF
16-21 7 5
Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosat strategiyasi: Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror aloqalarni mustahkamlash
Kurbanov Eldar Ermamatovich

Maqolada yurtimizda 2017–2021-yillarda olib borilgan tub burilishlarning maqsadi inson manfaatlariga qaratilgani, ayniqsa, “Harakatlar strategiyasi”da ham, “Taraqqiyot strategiyasi”da ham tashqi siyosatimiz ustuvorlik yo‘nalishlari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikparvarlikka, o‘zaro hamjihatlikka qaratilayotgani ilmiy faktlar bilan keltirib o‘tilgan.

05-06-2023
  • PDF
68-73 44 17
Urbanizatsiya siyosati va uning o‘ziga xosligi
Xolmirzayev Nodirjon Nizomjonovich

Maqolada O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng shaharlashtirish siyosatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay turmush sharoiti yaratish hamda barqaror shahar muhitini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatiga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda urbanizatsiya sohasidagi asosiy muammolar: moliyalashtirish, infratuzilma yetishmasligi, ekologiya, ish o‘rinlari yaratish, uy-joy ta’minoti va davlat boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar tahlil etilgan hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida takliflar ilgari surilgan.

06-01-2026
  • PDF
13-18 104 3
1 - 25 from 114 1 2 3 4 5 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer