• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 97.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari koping-strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
Abdug‘aniyeva Diyora Abdurashid qizi

Hayot davomida yoshlar turli qiyin, stressli vaziyatlarga duch kelishadi. Ko‘p jihatdan bu holatlarning barchasi talabalarga yuqori talablar qo‘yiladigan oliy ta’lim muassasalarida sodir bo‘lishi kuzatilgan. Bu shaxsga mavjud muammoli vaziyat haqida to‘liq ma’lumot olishga, uni tahlil qilishga va to‘g‘ri yechimni topishga yordam beradigan metodlar hisoblanadi. Psixologiyada yengish strategiyalari odatda shaxs tomonidan ongli ravishda qo‘llanadigan qiyin vaziyatlar, sharoitlar bilan kurashish usullari, turli xulq-atvor strategiyalari to‘plami, kognitiv va xulq-atvor sohalarida baholanadigan muayyan tashqi yoki ichki talablarni yengish uchun urinishlar deb tushuniladi va haddan ortiq shaxs resurslari sifatida baholanadi. Turli murakkab hayotiy vaziyatlarda talabalar tomonidan tanlanuvchi koping-strategiyalar ular tahsil oluvchi oliy ta’lim muassasasi, ular tanlagan mutaxassislik yo‘nalishi va diniy e’tiqod darajasiga qaysidir darajada bog‘liq. Maqolada oliy ta’lim muassasasi talabalari foydalanadigan koping-strategiyalari yuzasidan tadqiqot natijalari keltirib oʻtilgan.

05-04-2023
  • PDF
83-89 12 23
Talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish masalalari (Turkiya tajribasi misolida)
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Mazkur maqolada talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish bo‘yicha Turkiya Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari va xususiy oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talaba-qizlarni joylashtirish tartibi, ichki tartib-intizomi, yotoqxonada yashash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, qizlar uchun yotoqxonada yaratilgan sharoitlar ochib berilgan. Turkiyadagi ayrim qizlar yotoqxonasida talabalarning ijtimoiylashuvi va yotoqxona hayotiga moslashuvini o‘rganish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy axloqiy muammolari bo‘lgan talabalar bilan ishlash borasida takliflar ilgari surilgan.

02-07-2025
  • PDF
147-153 88 36
Talabalar turar joylaridagi axloqiy muhit: ichki muvozanat va o‘zaro munosabatlar
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada tadqiqot natijalari asosida talabalar turar joyida axloqiy muhit va unga ta’sir etuvchi omillar hamda mavjud muammolar yoritib berilgan. Shuningdek, unda talaba qizlar orasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning TTJdagi axloqiy muhitga ta’siri tahlil qilingan.

15-08-2025
  • PDF
23-31 199 33
O‘zbekistonda ayollarning masofaviy bandligini ta’minlashning shartlari va omillari
Karimov Nurislombek Ulug‘bek o‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda masofaviy bandlik yuzaga kelishining shartlari va omillari o‘rganildi. Masofaviy bandlik ko‘lami va uning mehnat bozori subyektlari duch keladigan konstruktiv ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida masofaviy bandlikning afzalliklari va kamchiliklarini tizimlashtirishning o‘ziga xos uslubiy yondashuvlari o‘rganildi. “Masofaviy bandlik” tushunchasi hali ham yangi hodisa bo‘lib, terminologiya nuqtai nazaridan tanish bo‘lmaganligi sababli ushbu yangi atamaning paydo bo‘lish haqida o‘rganildi.

30-09-2022
  • PDF
73-78 17 20
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

15-08-2025
  • PDF
85-90 105 35
Migrantlarning yangi sharoitlarga ijtimoiy-psixologik moslashuvining nazariy tahlili
Axmedova Dildora Olimjonovna

Globallashuv va aholining o‘sib borayotgan harakatchanligi sharoitida migrantlarni yangi etnik-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Moslashuv jarayoni murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda madaniy, ijtimoiy va global omillar kesishadi. Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiyani tushuntiruvchi asosiy nazariy yondashuvlar va modellar ko‘rib chiqiladi

07-04-2025
  • PDF
68-73 113 23
Yoshlarning turli xil yot g‘oyalarga berilishlarining ayrim ijtimoiy-psixologik masalalari
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li, Tohirova Hamida Lutfulla qizi

Maqolada yoshlarning turli xil yot g‘oyalarga berilib ketishlarining ijtimoiy-psixologik omillari, xususan, ularning individual-psixologik xususiyatlari, ma’lumotlilik darajasi, oila va oilaviy muhit, tengqurlari va ommaviy axborot vositlari ta’sirining ijtimoiy-psixologik masalalari bayon etiladi.

05-06-2023
  • PDF
89-92 16 20
O‘smir yoshlarda kitobxonlik tushunchasi va kitob o‘qishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari tahlili
Xudoyberdiyeva Marhabo

Maqolada o‘smir yoshlarning kitobxonlik haqidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘smir yoshdagi bolalarning kitob o‘qishida tengdoshlari va oila a’zolarining ta’siri yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘smirlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

01-07-2025
  • PDF
42-46 79 34
Akademik iqtidorli talabalar bilan o'quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari
Xodjayeva Dilnovoz Jumoyevna

Maqolada akademik iqtidorli o‘quvchilarda o‘quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Akademik iqtidorli shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlari va xususiyatlarini tan olgan holda, ushbu tadqiqot samarali ta’lim strategiyalari va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar haqida tushuncha berishga qaratilgan.

25-08-2025
  • PDF (English)
90-95 161 35
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashtirishda ota-onalar ishtiroki muhim omil
Shermanova Feruza Djumaboevna

Maqolada bolalarni bolalar bog‘chasiga moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yangi shaklining mohiyati, tuzilishi va imkoniyatlari ochib berilgan.

28-12-2021
  • PDF
97-101 3 2
Oilaviy nizolarning oldini olish: huquqiy asoslar, profilaktika hamda hal etish mexanizmlari tahlili
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

O‘zbekistonda bugungi kunda nizoli oilalarni aniqlash va oilaviy nizolarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarning oldini olish tizimida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, ekspertlarning fikrlari va sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, malakali mutaxassislar yetishmasligi, madaniy stereotiplar (jamoatchilik befarqligi hamda salbiy gender stereotiplarini qo‘llabquvvatlashi), idoralararo muvofiqlashtirishdagi ba’zi kamchiliklar oilaviy nizolarni aniqlash va hal etish jarayonida ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan

26-10-2025
  • PDF
16-21 105 41
“Mehnat motivatsiyasi” tushunchasining ilmiy-nazariy o‘rganilishi
Xusanov Samariddin

Ushbu maqolada mehnat motivatsiyasi tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan, xususan, xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan berilgan tasniflar ko‘rib chiqilgan. Mehnat motivatsiyasi va uning nazariyalari o‘rganilgan

08-04-2025
  • PDF
63-67 142 18
G‘arb faylasuflari qarashlarida hasad muammosining o‘rganilganlik holati
Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul o‘g‘li

Jahonda rivojlanish davrida oilalarning mustahkamligi va farovonligi har bir shaxsning ijtimoiy pozitsiyasiga hamda shaxs hamjamiyatining sog‘lom rivojlanishining ijobiy pozitiv xislatlariga chambarchas bog‘liq. Bu kabi ijobiy xislatlar shakllangan bir davrda bazi jamiyat a’zolarida bir qancha salbiy illatlar ham rivojlanib, namoyon bo‘lmoqda. Bulardan biri – hasad hissidir. Bu kabi illatlarning oldini olishda jamoatchilikning ahamiyati juda katta. Zero, mahalla, oila va jamiyat – bu shaxs rivojlanishining asosiy maskanlaridir

03-04-2025
  • PDF
83-89 217 26
Oilada bolalarni estetik tarbiyalashni tasviriy san’at orqali rivojlantirishning ahamiyati
Atajanova Rabbina Raximovna

Maqola bolani oila muhitida ma’naviy-axloqiy, badiiy va estetik tarbiyalashda tasviriy san’atning o‘rni va uning tafakkurida go‘zallik olamiga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, milliy va umuminsoniy hamda badiiy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Shuningdek, maqolada bolada estetik tuyg‘u, san’at asari mohiyatini anglash, rassom tomonidan muayyan obrazni tavsiflash uchun foydalanilgan ifodalash vositalarini farqlash, san’at asarini baholay olish qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

06-01-2026
  • PDF
31-34 9 3
Kreativlik fenomeni: etimologik va nazariy eksplikatsiyasi
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.

10-10-2023
  • PDF
54-62 9 19
Yapon xalqida tarbiyaning pedagogik asoslari
Mirhamidova Malika

Mazkur maqolada yapon xalqi ta’lim va tarbiya tizimining pedagogik asoslari borasida fikr yuritilib, unda kunchiqar davlatning dunyo ta’lim standarti uchun namuna bo‘la oladigan ta’lim jarayoniga oid davlat siyosati borasidagi qarorlar va farmonlar haqida ham mushohada yuritiladi. O‘z tarixida ta’lim tizimidagi islohotlar evaziga yuqori taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish bugungi kunda mamlakatimiz ta’limida kechayotgan o‘zgarishlarni teranroq tushunishga yordam beradi. Bizning Yaponiya tajribasiga murojaat qilishimizning boisi yapon millatining urf-odatlari, milliy qadriyatlari, oilaviy munosabatlari xalqimiz qadriyatlariga yaqinligidir

16-04-2025
  • PDF
104-108 294 32
Eshitish qobiliyati buzilgan talabalarning ijtimoiy moslashuvining hozirgi holati
Karimova Gulnora Omonillaevna

Maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan talabalarning ijtimoiy moslashuvchanligi rivojlanishining hozirgi holati tahlil qilingan. Shuningdek, eshitishda nuqsoni bo‘lgan talabalar guruhida har uchinchi talaba qoniqarsiz darajadagi shaxsiy yetuklik egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

30-09-2022
  • PDF (Русский)
60-63 40 18
Hozirgi zamonaviy davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri
Eshtemirova Maftuna

Mazkur maqolada hozirgi davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Axborot texnologiyalarining ta’siri, emotsional aloqa, gender yondashuvi, sotsiologik muhit va xalqaro tarbiyaviy tajriba asosida ota-onaning farzand shaxsining shakllanishidagi roli ochib beriladi. Maktab, mahalla va oilaning hamkorlikdagi tarbiyaviy ta’siri, tarbiya uslublari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, zamonaviy tarbiyaning dolzarb muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada sotsiologik so‘rovlar asosida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi faol ishtiroki, muammolar va ularga qarshi kurashish vositalari muhokama etilgan.

15-08-2025
  • PDF
74-78 275 40
"Uy bekasi sindromi" psixologik muammo sifatida
Sharapova Dildora

Sharq oilalarida ko‘pchilik ayollar uy bekasi bo‘lib, ular ro‘zg‘or yumushlari, bolalar tarbiyasi, erlari va qaynona-qaynotalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band bo‘ladilar. Biroq har kuni bir xil ishlarni qayta-qayta bajarish bugungi globallashgan dunyoda ayollarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalalarini hisobga olgan holda, ularni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatdan ham ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarining qiziqishlari va sevimli yumushlar bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi orqali muammoni yengillashtirishga harakat qilishadi. Ammo bu ham uy bekalarining jamiyatdagi muammolarini hal qilish uchun ideal yechim bo‘lmasligi mumkin. Ushbu maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uy bekalarining psixologik muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish, “uy bekasi sindromi”ni tashxislash va tuzatishning soddalashtirilgan usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan

07-04-2025
  • PDF (English)
57-67 254 20
iWrite asosida onlayn yozish xatolarining turlari va sabablari bo'yicha tadqiqot
Fu Lei

Texnologiyaning uzluksiz rivojlanishi bilan onlayn yozuv keng qo'llanilmoqda. iWrite Avtomatik Yozish Evaluation System - bu intellektual ingliz tilidagi yozuv va baholash tizimi bo'lib, u yozma ishlarni o'z vaqtida tahlil qilishi va ingliz tilini o'qitish va o'rganish bo'yicha takliflar berishi mumkin. Maqolada iWrite’dan ingliz tili bo'lmagan mutaxassislik talabalari tomonidan yozilgan 115 ta yozma matn tanlab olinadi, xatolar turlari va ularga olib keladigan sabablar tahlil qilinadi hamda o'qituvchilar va talabalar nuqtai nazaridan ingliz tilidagi yozuv, o'qitish va o'rganishni yaxshilash uchun tegishli usullar taklif etiladi.

10-10-2023
  • PDF (English)
151-158 18 22
Xotin-qizlar ilmiy tatqiqotchilik faoliyatining sotsiologik tahlili
Komilova Xurshida Toxirovna

Davlat va jamiyat ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammolarga ilm-fan orqali yechim izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning hayotida ta’lim va ilm-fanning o‘rni, ijtimoiylashuviga ta’siri hamda mazkur sohadagi xotin-qizlarning ijtimoiy qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlash asosida aniqlangan asosiy jihatlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

01-07-2025
  • PDF
37-41 398 41
O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanish muammolari
Askarova Gulrux, Erkinova Risolat

Maqolada hozirgi bosqichdagi amaliy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri – O‘zbekistonda amaliy psixologiyaning rivojlanishi va amaliyotchi psixologlar tayyorlash muammolari tahlili va muhokamasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaliy psixologiya sohasidagi muammolarni samarali hal qilish uchun kompleks yondashuvlar taklif etiladi.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
73-77 248 30
Ijtimoiylashuv, faollik va ijtimoiy faollik tushunchasi pedagogik-psixologik tadqiqotlar kontekstida
Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovna

Ushbu maqolada ijtimoiylashuv, faollik, faoliyat, ijtimoiy faollik tushunchalari tahlil etilgan. O‘zbek pedagog, psixolog va faylasuflarining ijtimoiy faollik borasidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘quvchi-qizlarda ijtimoiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilingan.

25-12-2022
  • PDF
116-122 6 3
Raqamlashtirish sharoitidada gender barqarorlikning qiyosiy tahlili: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
Abduazimov Xurshidbek

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida raqamlashtirish jarayoni va gender tengligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq qilinadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston misolida internet va mobil texnologiyalarning qamrovi, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, ilm-fan va texnologiyalardagi roli ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jahon banki, BMT, UNESCO, DataReportal kabi xalqaro tashkilotlarning oxirgi yillardagi statistik ma’lumotlari asosida qiyosiy-tavsifiy tahlil amalga oshiriladi.

15-08-2025
  • PDF
112-118 304 50
Ko‘p bolali oilalar submadaniyatida shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligini bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

08-04-2025
  • PDF
56-62 319 23
1 - 25 from 97 1 2 3 4 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer