2021-yil. 4-son.

2021-yil. 4-son.
Nashr qilingan: 29-01-2026

Maqolalar

“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida migratsiya ta’sirida yuzaga keluvchi xatarlarni oldini olishning muhim yo‘nalishlari
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Madjidova Dildora Abduxamidovna

Mazkur maqolada “xavfsiz hudud” va “xavfsiz mahalla” tamoyili asosida oilalar barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etishning muhim jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada migratsiya ta’sirida yuzaga keladigan xavflarning oldini olishda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari ifodalangan.

4-10 0 0
Sifatli ta’limni ta’minlashda oila, maktab va jamoatchilik o'rtasidagi hamkorlik masalalari
Abduraxmonova Manzura Manafovna

Ushbu maqolada “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi”ning ta’lim tizimidagi ishtiroki, o‘quvchilarning muvaffaqiyatga erishishi uchun o‘qituvchilar va ota-onalar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlarga oid adabiyotlar tahlili berilgan. Shuningdek, maktab, oila va mahalla hamkorligi maktab ta’limining ko‘p qirrali tushunchasi ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada maktab, oila va jamiyat hamkorligi muhim o‘rin tutishi, milliy ta’lim islohotining muhim omillari yoritilgan. Maktab ijtimoiy ishlarda oila, maktab va jamiyat hamkorligini takomillashtirish maqsadida olimlarning “ijtimoiy ishchi” kasbi ahamiyati haqidagi fikrlari berilgan. Maktab ijtimoiy ishining an’anaviy roli oila, maktab va jamiyatning hamkorligini o‘z ichiga oladi, chunki maktab va jamiyat yoshlarning ta’lim, ijtimoiy va psixologik rivojlanish ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda ishlaydi. Maqolada, shuningdek, Finlyandiya va Shveysariya tajribasi ko‘rib chiqiladi, bu yerda 50 dan ortiq mamlakatlar maktab ta’limida “Oila – maktab – jamiyat” hamkorligini ta’minlash uchun maktablarda ijtimoiy ishlarni joriy qilgan.

Farzand tarbiyasi qachondan boshlanadi?
Norqulov Husniddin

Maqola oilada farzand tarbiyasi qachondan boshlanishi, turmush qurish arafasida turgan bo‘lg‘usi kelin va kuyovlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan. Yoshlar oilaviy hayot va turmush qurish haqidagi bilimlarni egallagan va tarbiyalangan bo‘lish bilan birga odobli va salohiyatli juft tanlash muhimligi, farzand tarbiyasidagi ushbu bosqich to‘g‘ri asosda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi jarayonlar ham ijobiy tomonga qarab ketishiga zamin tayyorlashi e’tirof etilgan.

52-58 0 0
Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy koʻnikmalarini shakllantirishning diagnostikasi va pedagogik vositalari
Ruziyeva Gavhar Abdumalik qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalash diagnostikasi mazmuni, axloq rivojlanishing dastlabki bosqichlarining asosiy ko‘nikmalarini aniqlash, ularni shakllantirishning ayrim usullari mazmunini tizimlashtirish, shuningdek axloqiy rivojlanishda madaniy amaliyotlarning ahamiyati ochib berilgan.

102-106 0 0
Bolalarni ijtimoiy moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zaro ta’sirining nazariy asoslari va maqsadlari
Zohidova Sanoat Rahmonovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirishning dolzarbligi, davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu jarayonda oilaning o‘rni va imkoniyatlari ochib berilgan, mavjud ilmiy-pedagogik tadqiqotlar va muammoni hal qilish bo‘yicha tajriba tahlil qilingan. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi uchun ota-onalar tomonidan qo‘llabquvvatlashning maqbul usullari tadqiq etilgan

40-44 0 0
Nikohdan tashqari munosabatlar va uning psixoprofilaktikasi
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon oʻg‘li

Ushbu maqola nikohdan tashqari munosabatlar oldini olishga qaratilgan. Maqolada jinsiy orientatsiyaning erta buzilishiga sabab bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik omillar ko‘rsatilgan. Nikohdan tashqari munosabatlarni oldini olishning psixoprofilaktikasi yoritilgan.

92-96 0 0
Zo‘ravonlik hozirgi kunda yuzaga kelgan dolzarb muammo
Otajanov Umid Abdullayevich

Har qanday jamiyatning asosi oilalardan tashkil topganligi, oila tinchligi jamiyat farovonligining asosini tashkil etishini inobatga olib, hozirgi kunda butun dunyo bо‘yicha zо‘ravonliklarning juda kо‘p turlari mavjudligi va shulardan eng e’tiborlisi oilalarda sodir bо‘ladigan zо‘ravonlikni kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maqolada davlat ravnaqiga sabab bо‘luvchi eng asosiy omillaridan biri bо‘lgan oilalarda zо‘ravonlikni yuzaga kelish holatlarining ustuvor kо‘rsatkichlarini “smart tahlili” asosida ushbu zanjirning buzilishiga olib keluvchi zо‘ravonlik sabablarini aniqlash hamda uni bartaraf etish chora tadbirlari haqida so‘z borgan.

26-34 0 0
Postindustrial tamaddun kontekstida axborot va bilimlar jamiyatining konseptual determinantalari
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada zamonaviy postindustrial taraqqiyot kontekstida ijtimoiy nazariyalar va konsepsiyalar, xususan, axborot va bilimlar jamiyatining (knowledge society) konseptual determinantalari kontent-tahlil qilinadi hamda bilimlar jamiyatining tamaddun evolyutsiyasi, ta’lim rivoji va shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati forsayt tadqiqotlar asosida ochib beriladi.

71-81 0 0
Inson qadrini ulug‘lash – faravon mahalla poydevori
Musurmanova Aynisa Musurmanovna

Ushbu maqolada 2022-yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”, deb e’lon qilinishining maqsadi, mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyati, mahallada inson qadr-qimmatini namoyon etish mezonlari yuzasidan taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

11-15 0 0
Ota-onaning bolaga munosabati va bolaning hissiy-emotsional xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
Otaxonova Sevaraxon Toʻlkinovna

Mazkur maqolada proyektiv va so‘rovnoma metodlari asosida ota-ona va farzand munosabatlari bilan bolaning emotsional-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jihatlari o‘rganilgan. Ota-ona va bolalarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqot natijalaridan misollar keltirilgan.

122-130 0 0
O‘zbekistonda namunali oila portreti (tadqiqot natijalari)
Alimjanova Dilbar Magribjanovna, Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Ushbu maqolada aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari bo‘yicha aholining zamonaviy namunali oila modelini shakllantirishda respondentlarning fikrlari o‘rganildi va namunali oila portreti shakllantirildi.

59-62 0 0
Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini boshqarishning zamonaviy tendensiyalari
Mustafaqulov Asatulla Asrorovich

Ushbu maqola yildan yilga sifatli ta’lim olishni xohlovchilar sonining keskin oshib borayotganligi, ta’lim oluvchilarning o‘qish ehtiyojlari kengayib borishi, yangi mutaxassisliklarning paydo bo‘lishidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini boshqarish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni takomillashtirishning ayrim masalalariga bag‘ishlangan.

107-113 0 0
Qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning samarali iqtisodiy mexanizmlari va ularning ishsizlikni kamaytirishga ta’siri
Xomitov Komiljon Zoitovich, Ko‘paysinova Laziza Karimovna

Ushbu maqolada qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning samarali iqtisodiy mexanizmlari va ularning ishsizlikni kamaytirishga ta’siri tadqiq etilgan. Shuningdek, samarali iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llash asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning zamonaviy turlari va vositalarini rivojlantirish, ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

45-51 0 0
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashtirishda ota-onalar ishtiroki muhim omil
Shermanova Feruza Djumaboevna

Maqolada bolalarni bolalar bog‘chasiga moslashtirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yangi shaklining mohiyati, tuzilishi va imkoniyatlari ochib berilgan.

97-101 0 0
Namunali oilalarning asosiy mezonlari
Karimova Dildora Mirsabitovna, Safarova Nilufar Ne’matillayevna

Mazkur maqola zamonaviy namunali oila modellari va mezonlarining tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda namunali oila ta’rifi va mezonlari, oilaning kuchli taraflarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy nazariy qarashlar chuqur o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasida namunali oila mezonlarini aniqlash uchun aholi orasida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari mamlakatimizda namunali oilalar turmush tarzida ma’naviy-axloqiy omillar ustunlik qilishini ko‘rsatdi. Oilalarda o‘zaro tushunish va hurmat, oilaviy an’analarga sadoqat, ota-ona va farzandlar o‘zaro ijobiy munosabati, oila a’zolari bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishlari kabi mezonlar muhimligi aniqlandi.

35-39 0 0
Ma’naviy tarbiya – inson shaxsini kamol toptirish omili
Majitov Maxmud Abdimo‘min o‘g‘li

Maqolada inson shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi subyektiv omillardan biri bo‘lmish aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni haqida so‘z boradi. Muallif tomonidan inson shaxsi mutlaqo o‘zgarmas fenomen emasligi ta’kidlanib, uning tarkibidan joy olgan elementlar insonning butun umri davomida shakllanib va takomillashib borishi yoritilgan. Xususan, maqolada inson shaxsining shakllanishi, kamol topishida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat ya’ni tarbiyaning o‘rni ochib berilgan. Jumladan, uzluksiz ma’naviy tarbiya yagona maqsadga bo‘ysundirilganida, har bir subyekt umumiy maqsadning aniq bir qismini mufassal bajarganidagina mazkur subyektiv omilning samarasi baland bo‘lishi ilmiy asosda yoritib berilgan.

82-91 0 0
O‘zbekistonning milliy maqsadlarga erishishida boshqaruv kadrlarining o‘rni va ahamiyati
Atamuratov Murat Utepbergenovich

Maqolada BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida O‘zbekistonning milliy maqsadlarga erishishda boshqaruv kadrlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bugungi kunda rahbar kadrlarga qo‘yiladigan talablar, boshqaruv kadrlarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar tahlil etilgan. Rahbar kadrlarda boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqarilgan.

16-25 0 0
Erta turmush va erta tug‘uruq holatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘llari
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Mazkur maqolada erta nikoh va erta tug‘uruq holatini oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy qonunchilikda qabul qilingan normalar tahlil qilingan. Shuningdek, bu kabi noxush holatlarni bartaraf etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslagan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

63-70 0 0