Maqolalar soni: 10

Demografiya

Aholining keksayish darajasini xalqaro indekslar bo‘yicha baholash mezonlari
Alijonov Utkirbek Maxamadaliyevich, Satvaldiyev Raximjon Xasanovich

Ushbu maqolada aholining keksayish darajasi, keksayish jarayonlari, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, keksayish jarayonlarini baholovchi metrikalar, qarish indeksi, qarish jarayoni, qarish sabablari, keksa guruhlar va kelajakdagi keksa odamlar ahvolining ko‘rsatkichlari, faol uzoq umr ko‘rish indeksi ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilingan.

61-77 6 1
Navoiy viloyati aholisining hududiy tashkil etilishining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari
Sherxolov Olimjon Iskandarovich

Ushbu maqolada Navoiy viloyati aholisining zichligi va balandlik bo‘yicha joylashuvi yoritilgan. Aholining hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilgan. Aholining relyefga bog‘liq holda joylashuvida viloyat aholi punktlarining dengiz sathidan balandligi elektron dasturlar asosida aniqlangan. Aholi punktlari balandligiga ko‘ra kichik guruhlarga ajratildi va shu asosda viloyat tumanlari guruhlarga bo‘lindi. Aholi punktlarining balandligi cho‘l-dasht va tog‘oldi mintaqalariga kirishi o‘rganilib, aynan tadqiqotda cho‘l-dasht (0–400 metrgacha) mintaqasining o‘zi yanada kichik uchta guruhga ajratildi. Balandlikning ortishi turli xo‘jalikni yuritishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aniqlandi.

71-80 3 1
Navoiy viloyatida nikoh jarayonining geografik tafovutlari
Muxammedova Nazokat Jurayevna, Ibragimova Zulayxo Sobirovna

Maqolada nikoh jarayonining Navoiy viloyati hududlaridagi holati aks ettirilgan. Unda respublika va viloyat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, geografik omillar ta’siri o‘rganilgan. Shu bilan birga, viloyatda nikohga kirish ko‘rsatkichlarining 2000–2021-yillar dinamikasi aniqlangan hamda uning indeksi ishlab chiqilgan. Viloyatda 16–69 yoshga nisbatan nikohga kirganlar ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan.

87-93 4 0
O'zbekistonda yoshlarning mehnat migratsiyasini tartibga solish yo'nalishlari
Kurbonov Samandar Pulatovich

Mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining inqiroz ostonasida yuzaga keladigan holatdir. Xalqaro mehnat tashkiloti mehnat migratsiyasining quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: shartnoma asosida ishlovchilar, malakali kadrlar migratsiyasi va noqonuniy migratsiya. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Mamlakatda intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi ham migratsiyaning yaxshi tartibga solinmaganligidan kelib chiqadi.

62-70 2 0
O‘zbekiston Respublikasida ko‘p farzandlilikni belgilovchi omillar
Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada reproduktiv yoshdagi ayollar orasida oiladagi farzandlar sonini belgilovchi omillar, oilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va demografik holatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.

94-104 3 0
O‘zbekistonda aholining demografik rivojlanishi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisining hajmi va yosh-jinsiy tarkibidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni baholash uchun davlat organlariga eng samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi aholisi rivojlanishining joriy tendensiyalari tahlili va prognoz hisob-kitoblari keltirilgan.

41-47 4 0
O‘zbekistonda aholining keksayish jarayoni va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Ushbu maqolada aholi keksayishi ko‘rsatkichlari, aholining keksayish darajasi mezoni, qarish shkalasi, keksayish ko‘rsatkichlari, quyidan va yuqoridan keksayish haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.

51-60 0 0
Quyi amudaryo hududining ekologik va demografik transformatsiyasi: kompleks yondashuv
Zaretdinova Nesibeli Kurbanbayevna

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo hududida kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning aholi sog‘ligi, zichligi, urbanizatsiya darajasi, tabiiy ko‘payish va migratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Quyi Amudaryo geodemografik tumanidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslangan, aholi o‘rtasidagi kasallanish, o‘lim va tug‘ilish dinamikasi tahlil qilingan. Mintaqaning iqtisodiy, demografik va ekologik muammolari yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirilgan.

45-59 0 0
Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari
Ismailov Baxit Abdireymovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, mazmuni va mohiyati, sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, xizmatlarning tasnifiy belgilari bo‘yicha turlari va tavsifi hamda xizmatlar sohasini samarali rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va tamoyillari tadqiq qilingan.

81-94 0 0
Yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan oilaviy ajralishlar tahlili
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada nikohdan ajralish holati batafsil tahlil qilingan bo‘lib, yosh oilalarda nikohdan ajralish holatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 30 yoshgacha nikohdan ajrashgan er-xotinlarning yillar kesimida taqsimlanishi, 30 yoshgacha nikohdan ajralganlarning nikoh davomiyligi bo‘yicha taqsimlanishi alohida tahlil qilingan. Yakuniy qismda xulosa, taklif va taviyalar beilgan.

46-53 3 0