Maqolalar soni: 10

Ijtimoiy menejment

Ayollarni har tomonlama himoya qilish jamiyatning muhim vazifasiga aylandi
Narbayeva Tanzila Kamalovna

Mazkur maqolada Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan qonunlar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z boradi.

4-9 5 0
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining kompetentligi – faoliyat samaradorligining omili
Aynisa Musurmanova

Ushbu maqolada mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, o‘rinbosarlari va mutaxassislarining kasbiy kompetentligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, ular egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar ilmiy-nazariy jihatdan ochib berilgan

25-34 0 0
Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, Jumanov Sherzod Salayevich

Maqolada fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini о‘rnatish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirishning dolzarb masalalari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash vositalari va ularni takomillashtirish masalalari о‘rin olgan. Maqolada fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishning bir nechta shakllari, ya’ni davlat organlariga murojaatlar va sо‘rovlar; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etishi; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini о‘rganish; fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish kabilar tadqiq etilib, bu boradagi ishlarni samarali amalga oshirish yuzasidan amaliy takliflar va uslubiy tavsiyalar berilgan.

40-54 4 2
Ijtimoiy boshqaruv kontekstida rahbarning korporativ kompetensiyalar matritsasi
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada ijtimoiy boshqaruvning dolzarb muammolari, xususan, globallashuv kontekstida korporativ menejment, zamonaviy rahbarning kasbiy kompetensiyalar matritsasi tahlil qilinadi.

29-39 6 1
Janubiy Koreya Respublikasida mahalliy hokimiyat boshqaruvi
Sodiqov Furqat Fatulloyevich

Ushbu maqolada Koreya Respublikasi boshqaruv organlarining tuzilishi, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlarining bo‘linishi, ta’rifi va vazifalari yoritib berilgan

55-60 16 1
Mahalla va oila institutlarining mustahkamligi jamiyat farovonligi kafolatidir
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Mazkur maqolada oilalar mustahkamligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy, farovon oila va farovon mahallani rivojlantirish borasida mamalakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar batafsil yoritib berilgan. Shu bilan birga, maqolada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida tuzilgan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘z aksini topgan

18-24 4 0
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimini joriy etish
Atamuratov Murat Utepbergenovich

Mazkur maqolada boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish (self development/self improvement) tizimi konsepsiyasi, maqsad va vazifalari yoritilgan. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalar standartlari va modelini ishlab chiqish zaruriyati ilmiy asoslangan. Mazkur sohada xorij tajribasi o‘rganilgan, shuningdek, boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha maxsus elektron o‘quv kurslar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

35-46 1 0
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurash: xalqaro tajriba va yechim
Qodirxonova Malika Akbarovna

Maqolada O‘zbekistonda gender tenglik sohasini takomillashtirish jahon tajribasining chuqur tahlili asosida o‘rganilib, uni mahalliy sharoitlarimizga moslashtirgan holda samarali tatbiq etishning ahamiyati, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

10-17 0 0
Ta’lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlar rolini yanada oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Xonturayev Bobur

Ushbu maqolada xotin-qizlarning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi faoliyati tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha tajribalari o‘rganilgan hamda ulardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

4-14 9 1
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi
Aduramanov Xamid Xudаybergenovich, Zokirov Shuhrat

Maqolada xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik va biznes faoliyatini rivojlantirish, ushbu yо‘nalishda ularni qо‘llab-quvvatlash masalalari bо‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi tadqiq qilingan. Ushbu tajribalar asosida mamlakatimizda xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

15-28 14 7