Maqolalar soni: 38

Sotsiologiya

Aholi turmush darajasi va ijtimoiy tabaqalanishni baholash
Ilxamova Zumrad

Ushbu maqolada aholining turmush darajasini o‘rganishda Statistika agentligining ma’lumotlariga asosan aholining umumiy daromadlari, aholi jonboshiga umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar hamda ijtimoiy tabaqalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar: daromadlarning detsil va kvintil darajalari, ularning umumiy daromadlardagi ulushi tahlil qilingan.

41-48 1 0
Ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari va omillari
Elov Dilshod Abdujabborovich

Ushbu maqolada ayollar tashqi va ichki mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, O‘zbekistonda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari va omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

14-24 2 0
Ayollar jinoyatchiligi: global tahlil va O‘zbekiston sharoitida ayollar jinoyatchiligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarni tatbiq etish masalalari
Esanova Mahliyo Roxatovna

Mazkur maqolada ayollar jinoyatchiligi masalasi global miqyosda tahlil qilinib, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Norvegiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ma’lumotlar hamda siyosiy chora-tadbirlar taqqoslab o‘rganiladi. Jinoyatchilikning asosiy sabablari sifatida ijtimoiy iqtisodiy tengsizlik, oilaviy zo‘ravonlik va ruhiy salomatlik muammolari ko‘rsatiladi. Shuningdek, turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan reabilitatsiya va jamiyatga qayta integratsiya strategiyalariga alohida urg‘u beriladi. O‘zbekiston uchun kasbiy tayyorgarlik, psixologik yordam, huquqiy himoya va muqobil jazo choralarini rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, maqola O‘zbekiston uchun ayollar jinoyatchiligini kamaytirishga oid tizimli va qiyosiy yondashuvni taqdim etadi.

4-16 151 29
Ayollar mehnat migratsiyasini huquqiy tartibga solish
Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna

Ushbu maqolada ayollar mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish, tashqi mehnat migratsiyasi, migrant ayollar bandligi, xorij davlatlari bilan mehnat qonunchiligini inobatga olgan holda imzolangan kelishuvlar, xorijda mehnat faoliyatini qonuniy hamda xavfsiz amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

4-12 1 0
Ayollar mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha Osiyo tajribasi
Kadirova Zulayxo Abduxalimovna

Ushbu maqolada mintaqada migrantlar toifalarga bo‘lib tahlil qilingan, ayol mehnat migrantlari to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlar ko‘rib chiqilgan. Ayollar mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha xorij mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston uchun ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

4-13 10 0
Ayollar migratsiyasining oila deformatsiyasiga ta’siri: falsafiy-axloqiy tahlil
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada ayollar migratsiyasi fenomenining oila institutiga ta’siri, migrant oilalarning axloqiy muammolari, xalqaro miqyosda migrant ayollarni qo‘llab-quvvatlash zarurati falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, migrant ayollarning huquqlarini himoya qilish xalqaro munosabatlardagi asosiy muammolardan biri ekanligi, ularning huquqlari BMTning ko‘plab hujjatlari, konvensiya va deklaratsiyalarida e’tirof etilayotganiga e’tibor qaratilgan.

13-23 2 0
Ayollar uy xizmati migratsiyasini samarali tashkil etish bo‘yicha Gonkong tajribasi
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Yer yuzi aholisining yirik qismi Osiyo mintaqasiga, eng ko‘p salmog‘i esa Xitoy davlatiga to‘g‘ri keladi. Aholi tarkibining xilma-xilligi, tug‘ilish ko‘pligi, yil sayin qariyalar soni o‘sishi mintaqada ayollar uy xizmati faoliyati shakllanishiga va rivojlanishiga zamin yaratadi. Maqolada Xitoyning yirik megapolislaridan biri hisoblangan Gonkong shahrida uy xizmati kasbining yuzaga kelishi va istiqbollari haqida fikrlar keltirilgan.

49-57 0 0
Gender munosabatlarni o‘rganish metodologiyasi va usullari
Nurullayeva U

Mazkur maqolada gender munosabatlarni tadqiq qilish metodologiyasi, jinslararo munosabatlardagi muammolarni tadqiq qilishda qo‘llanadigan usullarning mazmuni hamda ularning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, gender tenglikka amal qilinishini baholashda sifatiy hamda miqdoriy usullardan foydalanishning ahamiyati, ushbu usullarning o‘zaro bir-birini to‘ldirishi,imkoniyat doirasi tahlil qilingan.

14-22 1 0
Gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Xonturayev Bobur

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari о‘rganilgan hamda dunyodagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bо‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

4-13 90 10
Global ijtimoiy-madaniy jarayonlar va ma’naviy-mafkuraviy xavfsizlik
Maxammatov Otabek Saydaaliyevich

Maqolada global ijtimoiy-madaniy jarayonlarning ijobiylik xususiyatlarini inkor etmagan holda uning bir-birini inkor etib turuvchi ayrim omillari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi vositalari biriga aylanib borayotgani, globallashuv markazlari sifatida qaraladigan hududlarning bir joyga jamlanishining ijtimoiy xavfsizligimizga bo‘lgan ta’siri hamda madaniyatlar to‘qnashuviga baho berilgan.

28-32 2 0
Globalizatsiya va milliy qadriyatlar transformatsiyasi jarayonining ilmiy tahlili
Nurullayeva U

Mazkur maqolada iste’molchilik jamiyati xususiyatlari va globalizatsiya jarayonining ta’sirida an’anaviy hisoblangan milliylik va vatanparvarlik qadriyatlarining o‘zgarishga yuz tutishi jarayonining aloqadorligi o‘rganilgan. Shu bilan birgalikda, oila qadriyatlarining transformatsiyasi natijasida ayrim jamiyatlarda oila institutining inqirozi atroflicha tahlil qilingan. Olingan xulosalar natijasida globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida o‘zgarishlarning milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘zlashtirish lozimligi e’tirof etildi.

29-37 1 0
Globallashuv davrida yosh oila sotsiologik tahlil obyekti sifatida
Imomnazarov Hasan Ixtiyor o‘g‘li

Ushbu maqolada sotsiologik tahlilning dolzarb mavzusi – oilaviy qadriyatlarning asosiy masalalari va jihatlari, oila ijtimoiy institutining tarkibiy qismi sifatida yosh oila o‘zining shakllanishi va rivojlanishining turli bosqichlari va muayyan funksiyalari, yosh oilaning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, ularning sabab va oqibatlari hamda ularni hal etish yo‘llari to‘g‘risida so‘z boradi. Bundan tashqari, yosh oilalar misolida zamonaviy jamiyatda nikoh va oila qadriyatlaridagi sezilarli o‘zgarishlar kabi hodisalarning ta’siri va oilaviy muammolarni hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

4-10 3 1
Globallashuv sharoitida migratsion munosabatlarning oilalar barqarorligiga psixologik ta’siri
Jurayeva Shaxnoza Saadmuratovna

Zamonaviy mehnat migratsiyasi migrantlar oqimining koʻpayishi, ayollar va bolalar sonining ortishi, yangi mehnat migratsiyasini qamrab olish kabi jihatlar bilan ajralib turadi. XXI asrda migratsiya va mehnat migratsiyasi masalalari bilan bir qatorda migratsiyaning oilalar farovonligiga ta’siri muammosi ham oʻz dolzarbligini namoyon etmoqda. Maqolada migratsiya jarayoni psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinib, oilalar barqarorligida migratsion munosabatlarning oʻrni boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari havola etiladi

14-21 123 13
Hududlarda ishchi kuchi migrаtsiyasi vа ungа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy оmillаr
Ibrаgimоv Lutfullо Ziyadullаyеvich, Fоzilоv Хаmidullа Хikmаtоvich

Mаqоlаdа ishchi kuchi migrаtsiyasining rаsmiy vа nоrаsmiy ko‘rinishlаri, uning mаvsumiy, vаqtinchаlik vа tаkrоrlаnuvchаn хususiyatlаri, shuningdеk, migrаtsiyagа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy hamda dеmоgrаfik оmillаr tа’siri rеspublikаning аyrim vilоyatlаri misоlidа tаhlil qilingаn.

35-44 2 0
Jamoatchilik ekologik nazorati – mahalla tizimida
Ashurov Abror Uralovich

Ekologik nazorat nazoratning alohida va mustaqil ko‘rinishi sifatida nazorat qiluvchi subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisi hisoblanib, ma’lumotlarni to‘plash, baholash va tegishli qarorlar qabul qilish kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Jamoatchilik ekologik nazorati, asosan, boshqaruvning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (mahallalarda) olib borilishi boshqaruvning nomarkazlashgan prototipini namoyon etadi hamda mahalliy darajada qarorlar qabul qilish uchun zamin yaratadi. Boshqacha aytganda, mahalla – bu kichik boshqaruv organi sifatida barcha yo‘nalishlarda o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini namoyon qiluvchi tuzilmadir.

31-38 1 0
Kanada xotin-qizlar qadriyatlarining shakllanishi
Zumrad Ilxamova

Maqolada xotin-qizlarning qadriyatlari Kanada davlati misolida o‘rganildi. Kanadada gender tengligining ta’minlanishi, xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi ishtiroki hamda tadbirkorligining qo‘llab-quvvatlanishi yoritib o‘tilgan. Kanadada muvaffaqiyatli
dasturlar tajribasini xotin-qizlar konferensiyalari orqali tarqatish, tadbirkor xotin-qizlar uchun
moliya, biznesni rivojlantirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi, farovonligi, ularga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishi hamda xotin-qizlarning huquqli shaxs sifatida huquqlari mustahkamlanishi o‘rganildi.

24-30 1 0
Keksalik sotsiologiyasining dolzarb masalalari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada aholi tarkibida keksa toifadagi aholi sonining ko‘payishi, insonlarning keksa yosh toifasiga o‘tishi bilan bog‘liq muammolar sotsiologiya va gerontologiya fanlari nuqtayi nazaridan nazariy tahlil qilingan. Unda, shuningdek, keksalik va qarilik tushunchalari hamda ularga qo‘yilgan mezonlar masalasi turli yondashuvlar asosida batafsil yoritilgan.

4-13 1 0
Mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish (sotsiologik tadqiqot natijalari)
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna, Tleuova Gulmira Ospanovna

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilayotganiga qaramay, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan gender kamsitish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlar oilada, ish joyida, ko‘chada, ta’lim tashkilotlarida kuzatilmoqda. Qolaversa, zo‘ravonlik holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni to‘plash va yaxlit tarzda tahlil qilish imkoniyatlari yetarli darajada emasligi, turli yoshdagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish tizimini boshqarishda, huquqiy qo‘llab-quvvatlashda bu sohada profilaktika tizimi subyektlarining o‘zaro hamkorlik qoidalari va texnologiyalarida kamchiliklar mavjudligi, mazkur muammoga kompleks tarzda yondashuvning samaradorligiga oid muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida ish joyi va ta’lim muassasasida sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari kam tadqiq etilgan bo‘lib, bu borada xotin-qizlar orasida muammoni yashirish kuzatiladi. Ushbu muammo bo‘yicha xotin-qizlarning fikrini o‘rganish, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining sabablari va omillarini aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Shuningdek, maqolada o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlili keltiriladi va mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, gender kamsitish holatlari va uning turlaridan biri hisoblangan xarassment tushunchasiga atroflicha to‘xtab o‘tiladi hamda xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

16-28 1 0
Oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning sotsiologik jihatlari
Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim oʻgʻli

Ushbu maqolada oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni keng yoritilgan. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar tizimida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarning ahamiyati ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

17-23 0 0
Oilada er-xotin munosabatlariga ijtimoiy stereotiplarning ta’siri
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Ushbu maqolada ijtimoiy stereotiplarning er-xotin munosabatlariga ta’siri keng tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy stereotiplarning munosabatlarda gender tengsizliklarini kuchaytirishi, kommunikatsiya muammolariga sabab bo‘lishi va ruhiy bosimni oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

4-14 1 0
Oiladagi zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan omillar
Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy

Oiladagi zo‘ravonlik nafaqat jismoniy tajovuz, balki ruhiy jihatdan ham insonga ma’naviy zarar beruvchi holat hisoblanadi. Oiladagi zo‘ravonlik ayniqsa, ayollar va bolalarga ta’sir qiladi. Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan omillar va sabablar ochib berilgan, shuningdek, Yevropada oilaviy zo‘ravonlik holatlari yoritilgan.

23-30 1 0
Oilaviy nizolarni bartaraf etish yo‘llari
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada dunyoning aksariyat mamlakatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqayotgan oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar va ajrashishlar asosidagi ijtimoiy-psixologik deviant xulq-atvor dolzarb muammo sifatida tahlil qilingan. Jahon ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida oila institutini mustahkamlashda erkak va ayolning oiladagi mavqeyi, ayollarning oiladagi o‘rni, er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi, hissiy yaqinligi va shaxslararo munosabatlarining oilaviy munosabatlarga ta’sir darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

17-22 161 37
O‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha xorijiy tajriba
Nurmonova Zebo

Maqolada Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Global observatoriyasi ma’lumotlari hamda Yevropa mintaqaviy byurosining “O‘z joniga qasd qilishning oldini olish: global imperativ” nomli hisobotidan foydalangan holda, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida samarali natijalarga erishgan davlatlarning tajribalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

38-51 1 0
O‘zbekistonda gender statistikasi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Mazkur maqolada gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollarning holatini aks ettiradi. Maqolada demografiya, ta’lim, bandlik va siyosiy hayotdagi gender bo‘yicha ishtirok ma’lumotlari keltirilgan bo‘lib, ular gender tengsizligini aniqlash, uni kamaytirish choralarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilayotgan gender siyosatining samaradorligini baholash imkonini beradi.

23-27 115 22
O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini kamaytirishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlili
Usmonova R.M.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini ta’minlashning iqtisodiy va huquqiy jihatlari sotsilogik tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlar norasmiy bandlikning asosiy xususiyatlari, xotin-qizlar norasmiy bandigini ijobiy va salbiy jihatlari, sabablari, tadbirlar, mexanizmlar yoritilgan. Yakuniy qismda xulosa va taklif, tavsiyalar berilgan

4-16 136 18