2023-yil. 5-son.

2023-yil. 5-son.
Nashr qilingan: 08-11-2023

Maqolalar

Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda oilaviy mediatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda oilaviy mediatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya davlatlarining tajribalari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar haqida so‘z boradi.

72-83 0 0
Hozirgi zamon oilalarda farzandlar o‘rtasidagi hasad va havas namoyon bo‘lishi hamda rivojlanishining psixologik omillarini o‘rganish
Главный Редактор

Jahonda rivojlanish davrida oilaning mustahkamligi, farovonligi doiraviy muhokamalarda avj olmoqda. Yurtimizda ham keng ko‘lamda oila mustahkamligi yo‘lida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mahallalarda xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari oilalarda “sog‘lom oila” shiori ostida turli ishlar olib borishmoqda.

58-66 0 0
Oila farovonligini ta’minlashda er-xotinlarning muloqot madaniyatini oshirishning ijtimoiy-pedagogik tamoyillari
Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Ushbu maqolada muloqotning umumiy xususiyatlari yuzasidan xorij olimlarining fikrlari tahlilga tortilgan. Shuningdek, maqola bo‘yicha o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijalariga asosan oilada er va xotin muloqot madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi muloqotning umumiy tamoyillari keltiriladi.

37-42 0 0
Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvori masalalarining o‘rganilishi
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li

Ilmiy maqolada Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvoriga oid qarashlarining tahlili to‘liq ochib berilgan. Bundan tashqari, shaxs xulq-atvoriga o‘qtuvchi ta’siri, muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari, odob-axloq qoidalari, tushunchalari tahlil etilgan.

15-23 0 0
О‘spirin qizlarda kreativ tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish yо‘llari
Tо‘laganova Nigora Rahmonali qizi

Maqolada о‘smir qizlarda kreativ tadbirkorlik kо‘nikmalarining mohiyati, mazmuni, mezonlari va kо‘rsatkichlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, о‘quvchilarning asosiy kompetensiyalarini shakllantirishning turli jihatlari va ulardagi biznes va tadbirkorlik kompetensiyalarini farqlash imkoniyati xususida bir qancha olimlarning fikrlari keltirilib о‘tilgan.

84-88 0 0
Ayollar uchun fitnes mashg'ulotlarining psixologik ahamiyati.
Dehqonboyeva Zulayho Dilshod qizi

Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘zlarining hayoti va sog‘lig‘iga e’tibor berishlari tobora ommalashib bormoqda. Bugungi kunda ayollar o‘rtasida fitnes jadal rivojlanmoqda. Ushbu sport bilan shug‘ullanish nafaqat tanaga, balki ayollarning motivatsiyasini oshirishga va sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu maqolada biz fitnesning ayollar hayotidagi ahamiyatini, uning salomatlik va motivatsiyaga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqamiz.

Shaxs hayotiy strategiyalarini o‘rganishning metodologik jihatlari
Norqo‘ziyev Doniyorbek Baxtiyorovich

Maqolada hayotiy strategiyalarni shakllantirish muammosini keng ko‘lamda yoritishga bag‘ishlangan falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlarning nazariy tahlillari haqida fikr yuritilgan. Yoshlarning hayot strategiyasini shakllantirish muammosi, ayniqsa, hayotning barcha sohalarida yangilanish jarayonlari bilan ajralib turadigan, jamiyatning zamonaviy rivojlanish bosqichida o‘ta dolzarb bo‘lib, ayni damda ularning individual hayot yo‘li jamiyatga ta’sir ko‘rsatayotgani bilan dolzarblik kasb etishi haqida so‘z boradi.

43-57 0 0
Masofaviy o‘qitishning umumiy va xususiy tamoyillari
Norqo‘ziyeva Shaxnoza Ismoiljonovna

Mazkur maqolada masofadan o‘qitishning metod, texnologiya va vositalari batafsil bayon etilgan. Oliy adabiy ta’limda masofadan o‘qitish metodikasi yuzasidan tajriba-sinov ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan holda ijobiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan.

24-36 0 0
O‘qituvchining gender madaniyati: mohiyati va shakllantirish usullari
Nurbayeva Xolniso Uralovna

Jamiyatda jinslararo munosabatlarni tushunish va tartibga solishda gender tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gender madaniyati tushunchasi ushbu tadqiqotlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, maqolada ushbu tushuncha mohiyati, tarkibiy qismlari va darajalari yoritilgan, gender madaniyatni shakllantirish usullari bayon qilingan.

89-94 0 0
Oilada er-xotin munosabatlariga ijtimoiy stereotiplarning ta’siri
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Ushbu maqolada ijtimoiy stereotiplarning er-xotin munosabatlariga ta’siri keng tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy stereotiplarning munosabatlarda gender tengsizliklarini kuchaytirishi, kommunikatsiya muammolariga sabab bo‘lishi va ruhiy bosimni oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

4-14 0 0