2024-yil. 3-son.

2024-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 17-02-2026

Maqolalar

Оilаninng ijtimоiy bаrqаrоrligini tа’minlаshning huquqiy, psixоlоgik, sоtsiоlоgik, pedаgоgik аsоslаri
Yulchiyeva Dildora

Ushbu maqolada oila borasidagi qarashlar keltirilgan bo‘lib, xususan, oila barqaroligini ta’minlashning huquqiy, pedagogik, psixologik va sotsiologik asoslarining o‘rganilganlik darajasi, mamlakatimiz olimlarining qarashlari tahlilga tortilgan.

41-50 1 0
Sharq mutafakkirlari asarlarida bikaryer oilalarda ota-ona va bola munosabatlari talqini
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Maqola ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga bagʻishlangan. Oilada bola va ota-onalar oʻrtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi, ikki tur vakillarining muloqot masalalari, yuzasida Sharq mutafakkirlari fikrlari va qarashlari, bikaryer oilalarda ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Bugungi kunda oiladek ta’sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy-axloqiy munosabatlarni hosil qilish kabi dolzarb masalalar tahlil qilinadi.

23-30 1 0
Jamiyat hayotida xotin-qizlar sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar
Nazarova Muharram Yunus qizi

Ayollar huquqlarini maxsus himoya qilishga qaratilgan xalqaro va milliy huquqiy asos hamda mexanizmlar, bugungi kunda ayollar huquqlari tushunchasi vujudga kelganini hamda bu tushuncha asosida inson huquqlarining alohida sohasi shakllanganini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ijtimoiy va siyosiy hayotda xotin-qizlar huquqlarining shakllanish bosqichlari hamda ayollarning jamiyatda teng huquqlilikka erishishining onuniy tarixi haqida so‘z yuritiladi.

80-90 3 0
O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini kamaytirishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlili
Usmonova R.M

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini ta’minlashning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlar norasmiy bandligining asosiy xususiyatlari, xotin-qizlar norasmiy bandigining ijobiy va salbiy jihatlari, sabablari, tadbirlar, mexanizmlar yoritilgan. Yakuniy qismda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

4-16 1 0
Migrаnt vа migrаnt bo‘lmаgаn оilаlаrda nikоhdаn qоniqqаnlik dаrаjаsining psixоlоgik xususiyаtlаri
Bo'riyeva Mahbuba

Ushbu maqolada migrant va migrant bo‘lmagan oilalarda nikohdan tashqari qoniqqanlik darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil etilgan. Shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha xorij va mamlakatimiz olimlarining fikrlari ham keltirib o‘tilgan va tahlilga tortilgan.

65-71 1 0
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi ijtimoiy profilaktik dasturlar
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda davlat va jamiyat tomonidan qator tadbirlar va dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturlar bolalar, ularning ota-onasi va boshqa oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va ijobiy odatlarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada xorijiy davlatlardagi bir nechta samarali ijtimoiy pedagogik dasturlar tahlil qilingan.

51-58 1 0
Nikohga qadar tibbiy kо‘riklar tо‘g‘risida xorij tajribasi
Ro‘zimurodov O'.F

Ushbu maqolada nikohgacha tibbiy ko‘riklarning dunyo miqyosidagi tajribalari tahlil qilingan. AQSh, Yevropa, Arab mamlakatlari, Osiyo va Afrika davlatlarida nikohgacha tibbiy ko‘riklarning o‘ziga xos jihatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada irsiy va yuqumli kasalliklarni aniqlash, genetik maslahatlar va sog‘lom oilalar shakllantirishdagi muhim yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, xorij tajribasi asosida O‘zbekistonda nikohgacha tibbiy ko‘riklarning milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

31-40 0 0
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya: taraqqiyot, tamoyillar va islohotlar
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida shakllangan ijtimoiy himoya tizimi, uning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari yoritilgan. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilani mustahkamlash, ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshirishda davlat siyosatining roli tahlil qilingan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaning nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy va falsafiy ahamiyati ham ochib berilgan. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadri va ijtimoiy adolat ustuvorligi alohida o‘rin egallashi ko‘rsatilgan.

17-22 0 0
Ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy va nazariy asoslari
Qayimova Maftuna Tursunovna

Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biri – mehnat migratsiyasi haqida so‘z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy kelib chiqishi, zamonaviy ko‘rinishlari, va rivojlanishiga ta’sir etgan omillar tahlil etilgan.

3 0
Oilaviy muloqot – ijtimoiy pedagogika obyekti sifatida
Nomozova O‘g‘iloy

Oilaviy muloqot hamisha oilaviy munosabatlar ichida eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada ham muloqotning, muloqot madaniyatining ijitmoiy-pdeagogik jihatlariga e’tibor qaratilgan. Bu borada mamalakatimiz olimlarining fikrlari ham tahlilga tortilgan.

2 0