2024-yil. 4-son.

2024-yil. 4-son.
Nashr qilingan: 17-02-2026

Maqolalar

Oilа vа mаktаb hаmkorligi asosida о‘smirlаrning hushуorlik vа ogohlik fаzilаtlаrini rivojlаntirish asoslari
Mavlonov Bahodir Biloljonovich

Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya borasidagi pedagog va psixoloh olimlarning nazariy qarashlari tahlilga tortilgan, shuningdek, o‘smir yoshdagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishda ta’lim muassasi va oila hamkorligi, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi batafsil yoritib berilgan.

33-37 1 0
Hamkorlik qobiliyatini rivojlantirishda og'zaki va yozma muloqotga ijro etuvchi yondashuv
Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovna

Ushbu maqolada performativ yondashuv tushunchasi, performativ yondashuv asosida samaradorlikni oshirish, ilmiy nutqda og‘zaki va yozma performativ yondashuvning ahamiyati, xotin-qizlar bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi muhim omil ekanligi aniq bayon etiladi.

20-26 1 0
Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi
Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar tarixiy va madaniy jihatdan turli mamlakatlar kesimida keng tahlil qilingan. Bunday nikohlar ijtimoiy birlik va oilaviy mulkni saqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, zamonaviy genetika sohasidagi tadqiqotlar ularning jiddiy irsiy xatarlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan. Butun dunyoda bunday nikohlarga nisbatan yondashuvlar genetik xavflarni kamaytirish va kelgusi avlod salomatligini himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli, bu masala ko‘plab davlatlarda huquqiy va ijtimoiy jihatdan jiddiy ko‘rib chiqiladigan mavzulardan biriga aylangan.

4-13 1 0
Oʻsmirlik davri inqirozida oilaviy xavfsiz muhitning oʻrni
G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon ugli

O‘smirlik davri inqirozida oilaviy xavfsiz muhit shaxsni psixik rivojlanishda yangi bosqichga olib chiqadi. Ushbu maqolada o‘smirlik davri inqirozi va uning kechishidagi jins tafovutlari, ota-onalik uslublarini tadqiq etishga qaratilgan qiyosiy adabiyotlar tahlili va muallifning fikrlari bayon etiladi.

51-60 1 0
Oilaviy zo‘ravonlikning ijtimoiy-psixologik omillari
Ismaylova Ra’no

Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlik tushunchalarining talqini, xorijiy olimlarning oiladagi zo‘ravonlik omillarini o‘rganishdagi yondashuvlar tizimi tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlik omillari va sabablarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va yondashuvlar tasnifi tavsiflangan.

38-44 1 0
Sharq allomalari asarlarida farzand tarbiyasiga oid fikrlarning ijtimoiy pedagogik mohiyati
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Maqolada sharq allomalari asarlarida yoritilgan farzand tarbiyasiga oid fikrlar tahlil qilingan. Farzand tarbiyasi jamiyatning maʼnaviy-axloqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun asosiy vosita ekanligi haqida soʻz yuritilgan. Bolada halollik, toʻgʻrilik, adolat, mehribonlik kabi goʻzal sifatlar shakllanishida ota-ona unga beradigan tarbiyaning ahamiyati haqida soʻz boradi.

27-32 4 1
Ziddiyatlarni bartaraf etishda ijtimoiy va madaniy omillar
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Ushbu maqolada er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishda ijtimoiy va madaniy omillarning o‘rni, ularning o‘zaro aloqalari va ziddiyatlarini qanday hal qilishda qanday rol o‘ynashi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu omillarning o‘zaro ta’siri va ziddiyatlarini qanday hal qilishda qanday samarali usullarni qo‘llash mumkinligi tahlil qilinadi.

14-19 2 0
Jins omillarida mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining xususiyatlari
Xusanov Samariddin

Ushbu maqolada mehnat motivatsiyasi tushunchasining turli ko‘rinishlarining asoslari yoritilgan. Xususan, erkalar va ayollarning turli xildagi mehnat motivatsiyasi ko‘rsatkichlaridagi o‘xshash va farqli statistik farqli ko‘rinishlari tahlil qilingan.

52-68 1 0
Yosh oila va unda yuzaga keladigan ziddiyatlar ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida
Ikramova Kamola Shavkatovna

Maqolada yosh oilalarda yuzaga keladigan nizolar ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqilib, mojarolarni hal qilishning sabablari, turlari va usullari tahlil qilinadi. Yosh oilaning munosabatlari va barqarorligini mustahkamlash uchun samarali muloqot va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.

45-50 1 0