• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 94.
Oilada ta’lim muhitini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari
Matkarimov Akramjon Muxtorovich

Maqolada milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda oila va undagi ta’lim muhitining rivojlanganligi ijtimoiy-pedagogik zarurat ekanligi bayon qilingan. Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila, oiladagi ta’lim muhiti kabi ijtimoiy-pedagogik jihatlarga keng e‘tibor qaratilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida oiladagi ta’lim muhitining shakllangani hamda ota-onalarning ta’limga bo‘lgan ijobiy munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, oilada ta’lim muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan

15-05-2025
  • PDF
46-52 215 12
Yosh oila va unda yuzaga keladigan ziddiyatlar ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida
Ikramova Kamola Shavkatovna

Maqolada yosh oilalarda yuzaga keladigan nizolar ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqilib, mojarolarni hal qilishning sabablari, turlari va usullari tahlil qilinadi. Yosh oilaning munosabatlari va barqarorligini mustahkamlash uchun samarali muloqot va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.

05-09-2024
  • PDF
45-50 47 0
Sharq mutafakkirlari asarlarida bikaryer oilalarda ota-ona va bola munosabatlari talqini
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Maqola ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga bagʻishlangan. Oilada bola va ota-onalar oʻrtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi, ikki tur vakillarining muloqot masalalari, yuzasida Sharq mutafakkirlari fikrlari va qarashlari, bikaryer oilalarda ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Bugungi kunda oiladek ta’sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy-axloqiy munosabatlarni hosil qilish kabi dolzarb masalalar tahlil qilinadi.

05-07-2024
  • PDF
23-30 43 1
G‘arb falsafiy ta’limotlarida murosa tushunchasining o‘ziga xos jihatlari: evolyutsion rivojlanishi
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

O‘rta asrlarda murosa tushunchasi falsafiy, diniy va axloqiy tizimlarda muhim o‘rin tutib, uning mazmuni insonlar o‘rtasida tinchlik, adolat va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Bu davrda murosa tushunchasi, asosan, diniy-falsafiy, axloqiy (ijtimoiy munosabatlardagi muvozanat) hamda siyosiy (kelishmovchiliklarni hal qilish vositasi) sohalarda shakllangan. Mazkur tushunchaning evolyutsion rivojlanishi turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali chuqurlashgan va o‘z davrining ijtimoiy barqarorligida muhim omil bo‘lgan.

05-03-2024
  • PDF
27-33 10 2
Oilaviy nizolarning oldini olishda oila boshlig‘ining ahamiyati
Sobirov Fayzullo Azim o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining tutgan o‘rni va mas’uliyati yoritiladi. Oilada sog‘lom muhitni ta’minlash, nizolarni bartaraf etish va farovonlikni mustahkamlashda erkakning hissasi beqiyos ekani ta’kidlanadi. Maqolada erkakning rahbarlik, sabrtoqat, muloqot madaniyati va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishdagi roli psixologik, ijtimoiy va axloqiy
jihatdan tahlil etiladi. Muallif tomonidan oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining roli haqida nazariy ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lib, bu mavzuga oid asosiy tushunchalar, ilmiy yondashuvlar va o‘zbek olimlarining qarashlari keltiriladi. Shuningdek, oilaviy barqarorlikni ta’minlashda erkaklarning faol ishtiroki zarurligi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslab beriladi.

22-09-2025
  • PDF
31-36 145 12
Bikaryer oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda ijodiy qobiliyatlar namoyon boʻlishining psixologik xususiyatlari
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Bikaryer oilalarda tarbiyalanayotgan oʻsmirning hayoti davomida egallagan bilim, koʻnikma va malakalar, u bilan yuz bergan barcha ahamiyatli va ta’sirli boʻlgan holatlar aynan ijodkorlikning rivojlanishi darajasida, deb aytib o‘tish mumkin. Shu tariqa oʻsmir hayoti uchun ta’sir etuvchi, uni yoʻnaltiruvchi, harakatlantiruvchi, motivatsiya beruvchi yoki buning aksi boʻlgan, ya’ni uni toʻxtatuvchi, maqsadga erishishiga toʻsqinlik qiluvchi tushunchalar, streotiplar, ustanovkalar va assotsiativ bogʻliqliklar mustahkamlanadi. Ushbu maqolada aynan oʻsmir davridagi ijodkorlik xususiyatlarini tadqiq qilish va bu holat ustida ish olib borish atrof-muhit va vositalarning ta’sir qilishini ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, oʻrganiladi.

05-11-2024
  • PDF
50-62 7 5
Oila farovonligini ta’minlashda er-xotinlarning muloqot madaniyatini oshirishning ijtimoiy-pedagogik tamoyillari
Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Ushbu maqolada muloqotning umumiy xususiyatlari yuzasidan xorij olimlarining fikrlari tahlilga tortilgan. Shuningdek, maqola bo‘yicha o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijalariga asosan oilada er va xotin muloqot madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi muloqotning umumiy tamoyillari keltiriladi.

05-11-2023
  • PDF
37-42 53 1
Ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy va nazariy asoslari
Qayimova Maftuna Tursunovna

Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biri – mehnat migratsiyasi haqida so‘z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy kelib chiqishi, zamonaviy ko‘rinishlari, va rivojlanishiga ta’sir etgan omillar tahlil etilgan.

17-02-2026
  • PDF
28 2
Farzand tarbiyasiga oid xorij olimlarining qarashlari
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Farzand tarbiyasi pedagogik, psixologik, tibbiy jixatdan juda murakkab va muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Maqolada xorij olimlarining farzand tarbiyasiga oid yondoshuvlari tahlil qilinadi. Farzandni to‘g‘ri tarbiyalash, ma’naviy, aqliy, ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘lom shaxs sifatida shakllanishida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

05-05-2024
  • PDF
20-25 34 1
Oilaviy tarbiya sharoitida o‘smirlarning ijodiy tafakkurini shakllantirish
Saidvaliyeva Madina Fazliddinovna

Maqolada oilaviy munosabatlar va tarbiya uslublarining bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishda oilaviy muhit, tarbiyaviy yondashuvlar hamda ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati tahlil qilinadi. Oilaviy tarbiyaning turli xil uslublari – avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘rlik (giperg‘amxo‘rlik), hamkorlik va boshqalar, shuningdek, ularning bola xulq-atvoriga ta’siri tasvirlanadi. Hissiy yaqinlikning yetishmasligi va shafqatsiz munosabatning salbiy oqibatlari, jumladan, tajovuzkor xatti-harakatlar va ijodiy fikrlash darajasining pasayishiga alohida e’tibor qaratiladi.

10-08-2025
  • PDF (Русский)
46-55 213 20
Turli madaniyat va davrlarda ayollarning ijtimoiy o‘rni va ularga bo‘lgan munosabatlar tarixi
Nazarova Muharram Yunus qizi

Ayollarning erkaklar bilan tengligiga erishish borasidagi muayyan yutuqlarga qaramasdan, ba’zi jamiyatlardagi ayollar uchun haqiqiy tenglik hali-hamon orzuligicha qolib kelmoqda. Ushbu maqolada ayollarga nisbatan ijtimoiy munosabatlarning tarixiy ildizlari haqida haqida fikr yuritiladi.

05-01-2025
  • PDF
83-90 0 1
Oila va mahalla institutlarining OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy rolini kuchaytirish mexanizmlari
Shukurova Sevara Normuminova

Mazkur maqolada oila va mahalla institutlarining xotin-qizlar orasida OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy roli, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy determinantlar, sog‘lik savodxonligi, stigma va gender omillarining profilaktika samaradorligiga ta’siri empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan.

05-11-2025
  • PDF
24-30 2 1
Ota-onalarning infantilligi ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
Qoryog‘diyev Sherzod Shuhrat o'g'li

Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlari kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlar o‘zgarishiga olib keladi. Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Bu esa ota-onalarda infantillikni ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tadqiq etish zaruratini tug‘diradi.

05-01-2025
  • PDF (English)
62-73 4 1
Ayollar uy xizmati migratsiyasini samarali tashkil etish bo‘yicha Gonkong tajribasi
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Yer yuzi aholisining yirik qismi Osiyo mintaqasiga, eng ko‘p salmog‘i esa Xitoy davlatiga to‘g‘ri keladi. Aholi tarkibining xilma-xilligi, tug‘ilish ko‘pligi, yil sayin qariyalar soni o‘sishi mintaqada ayollar uy xizmati faoliyati shakllanishiga va rivojlanishiga zamin yaratadi. Maqolada Xitoyning yirik megapolislaridan biri hisoblangan Gonkong shahrida uy xizmati kasbining yuzaga kelishi va istiqbollari haqida fikrlar keltirilgan.

05-09-2023
  • PDF
49-57 5 1
Er-xotin munosabatlarida nizolar kelib chiqishining psixologik xususiyatlari
Ergasheva Moxina Narzulla qizi

Ushbu maqolada yosh oilalarda er-xotin munosabatlaridagi nizolarning psixologik xususiyatlari, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari atroflicha yoritiladi. K.Tomasning shaxslararo munosabatlar metodikasi asosida Jizzax viloyatida o‘tkazilgan empirik tadqiqot yordamida shahar va qishloq respondentlari o‘rtasidagi qator tafovutlar aniqlandi. Natijalar urbanizatsiya va jinsiy rol ziddiyatlarining nizolarni kuchaytirishini ko‘rsatib, uning yechimi sifatida oilaviy psixologiya markazlari, treninglar va profilaktik maslahatlar orqali bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatiladi.

05-09-2025
  • PDF
37-44 12 1
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida katta oilalarda shaxslararo munosabatlar muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

XX asrning oxiriga kelib jamiyatni modernizatsiya qilish tendensiyalari dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida koʻp bolali oilalarning yoʻq qilinishiga yordam berdi va oilaviy sivilizatsiya inqirozi boshlandi. Oila iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy xavfsizlikni va uning a’zolari uchun murakkab ijtimoiy-madaniy hodisani ifodalaydi. Oilaning oʻziga xosligi shundaki, u inson hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi va ijtimoiy amaliyotning barcha darajalariga etadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida koʻp bolali oila ijtimoiy institut sifatida oilaga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, qadriyatlar va ustuvorliklarning oʻzgarishi natijasida yuzaga
kelgan inqiroz holatida ekanligi haqidagi qarashlar mavjud.

05-01-2024
  • PDF (English)
46-53 51 0
O‘zbekistonda aholining demografik rivojlanishi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisining hajmi va yosh-jinsiy tarkibidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni baholash uchun davlat organlariga eng samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi aholisi rivojlanishining joriy tendensiyalari tahlili va prognoz hisob-kitoblari keltirilgan.

05-03-2024
  • PDF
41-47 30 2
Ikki martabali oilalarda shaxslararo munosabatlarga ta'sir qiluvchi psixologik jihatlar
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Ushbu maqolada oila va undagi shaxslararo munosabatlar, oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirishning psixologik shartlari, munosabatlar tizimida muloqotning inson ehtiyojlaridagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarning turlari, bolalar xulq-atvorini shakllantirishda ota-ona munosabatlarining ta’siri, bolaning hissiy muvozanati va ruhiy salomatligining muhim ahamiyatli tomonlari, oilaviy muhitning barqarorligi, shuningdek, zamonaviy ota-onalar bolani moddiy farovonlik bilan ta’minlashdagi harakatlarining qay darajada afzalliklari (ota-onalar bolalarni moddiy qoʻllabquvvatlashlari) hozirgi kunda bu muammolarning xususiyatlari psixologik tomonlari oʻrganiladi va dolzarb masalalar sifatida tahlil qilinadi.

05-01-2024
  • PDF (English)
34-45 2 2
Zamonaviy ayol qadriyatlarining psixologik asoslari
Abdurahmonova Feruza Alisherovna

Zamonaviy jamiyat oʻzining oʻzgaruvchanligi va noaniqligi bilan ayollarga boʻlgan nuqtayi nazarni va undagi mavqeyini oʻzgartirmoqda. Ijtimoiy hayotning ayrim jabhalarida kamsitishlar davom etayotganiga qaramay, ayollar faqat erkaklarga xos boʻlgan ma’lum koʻnikmalarni egallab, tenglikka intilmoqda. Bu koʻnikmalar tufayli ayollar mustaqil qaror qabul qilish, oilasini boqish, yuqori lavozimlarni egallash va erkaklardan mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Hayotiy muammolarni mustaqil ravishda yengib, ayol oʻzining xarakterini, jamiyatdagi xatti-harakatlarini va hayotiy yoʻriqnomalarini shakllantiradigan bir qator fazilatlarga ega boʻladi. Biroq, shunga qaramay, uzatilgan ayol qiyofasi mehribonlik, qoʻllab-quvvatlash, insoniylik, muloyimlik, hamdardlik, sezgirlik, moslashuvchanlik, vazminlik namoyon boʻladi. Biz, shuningdek, zoʻravonlikka salbiy munosabat, qoʻpollik va adolatsizlikning oʻtkir tajribasi, innovatsiyalarga boʻlgan talablarning pasayishi, ta’lim tartib-qoidalarini tezroq oʻrganishi, oila va bolalarga nisbatan oʻz munosabati aniqroq belgilab qoʻyilgani va jinsni baholashda koʻproq oʻzini tutganini qayd etamiz.

05-03-2024
  • PDF (Русский)
34-40 28 1
76 - 94 from 94 << < 1 2 3 4 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer