Maqolada autizm sindromli bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarining psixologik omillari hamda uning amaliy jihatlari keltiriladi. Autizm sindromli bolalar hayotiy faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar psixologik tahlil qilinib, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini amalga oshirish, tizimda ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu ilmiy muammo bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari beriladi