Mazkur maqolada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish jarayonida zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar zarurati nazariy tahlil qilngan. Shuningdek, kasbiy muloqotni psixologik bilimlar asosida takomillashtirish yo‘llari, faoliyatda turli toifadagi fuqarolar bilan munosabatga kirishishda muloqotning kommunikativ vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishning psixologik usullarini egallash hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda zarur bo‘ladigan kasbiy fazilatlarni rivojlantirish xususida fikr yuritilgan
Maqolada autizm sindromli bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarining psixologik omillari hamda uning amaliy jihatlari keltiriladi. Autizm sindromli bolalar hayotiy faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar psixologik tahlil qilinib, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini amalga oshirish, tizimda ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu ilmiy muammo bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari beriladi
Ushbu maqolada ajrim yoqasiga kelib qolish sabablarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Jahonda va O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar taxlil qilingan. Maqolada ajralishlarning oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan
Mazkur maqolada shaxsning muvaffaqiyatga intilish motivi va uning mehnat motivlari bilan o‘zaro bog‘liqligi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada nazariy manbalar tahlili va empirik kuzatuv natijalariga asoslangan holda muvaffaqiyatga intilish motivining mehnat motivatsiyasini shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
Oiladagi zo‘ravonlik nafaqat jismoniy tajovuz, balki ruhiy jihatdan ham insonga ma’naviy zarar beruvchi holat hisoblanadi. Oiladagi zo‘ravonlik ayniqsa, ayollar va bolalarga ta’sir qiladi. Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan omillar va sabablar ochib berilgan, shuningdek, Yevropada oilaviy zo‘ravonlik holatlari yoritilgan.