Mallayev Ravshanov, Ro‘zimova Shohsanam Ixtiyor qizi
Bugungi raqamli transformatsiya davri ta’lim sohasiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Ta’lim oluvchilarni mehnat bozorining zamonaviy talablari asosida kasbga yo‘naltirish jarayoni ijtimoiypedagogik yondashuvni takomillashtirishni talab qiladi. Bu jarayonda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim jarayonini mehnat bozoriga moslashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-pedagogik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillar tahlil qilinadi.