Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim boshqaruvida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, afzalliklari va qo‘llanilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Maktab direktorlarining raqamli kompetentligini oshirish yo‘llari va innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari tavsiya etilgan