• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 15.
Globallashuv davrida yosh oila sotsiologik tahlil obyekti sifatida
Imomnazarov Hasan Ixtiyor o‘g‘li

Ushbu maqolada sotsiologik tahlilning dolzarb mavzusi – oilaviy qadriyatlarning asosiy masalalari va jihatlari, oila ijtimoiy institutining tarkibiy qismi sifatida yosh oila o‘zining shakllanishi va rivojlanishining turli bosqichlari va muayyan funksiyalari, yosh oilaning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, ularning sabab va oqibatlari hamda ularni hal etish yo‘llari to‘g‘risida so‘z boradi. Bundan tashqari, yosh oilalar misolida zamonaviy jamiyatda nikoh va oila qadriyatlaridagi sezilarli o‘zgarishlar kabi hodisalarning ta’siri va oilaviy muammolarni hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

05-11-2024
  • PDF
4-10 83 3
O‘zbekistonda oilani muhofaza qilishning huquqiy tartiblari
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda oilani muhofaza qilishning huquqiy tartiblari O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiaysi va qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda tahlil qilingan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan oila isntitutini muhofaza qilish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilgan.

05-01-2024
  • PDF
4-14 69 2
Oilaviy nizolarni bartaraf etish yo‘llari
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada dunyoning aksariyat mamlakatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqayotgan oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar va ajrashishlar asosidagi ijtimoiy-psixologik deviant xulq-atvor dolzarb muammo sifatida tahlil qilingan. Jahon ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida oila institutini mustahkamlashda erkak va ayolning oiladagi mavqeyi, ayollarning oiladagi o‘rni, er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi, hissiy yaqinligi va shaxslararo munosabatlarining oilaviy munosabatlarga ta’sir darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

10-08-2025
  • PDF
17-22 218 39
Oiladagi nizolar va ularning oqibatlari
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada oiladagi nizolarning sabablari va ehtimoliy yechimlari ko‘rib chiqiladi, nizolarni hal qilishning eng samarali usullari haqida fikrlar ilgari suriladi. Oila eng muhim ijtimoiy institut bo‘lib, uning mavqeyi, mustahkamligi davlat va butun jamiyat barqarorligini belgilaydi. Har qanday ijtimoiy ziddiyatning asosi – qarashlar va e’tiqodlar to‘qnashuvi. Oila hamjihatligini saqlagan
holda qarama-qarshiliklarni hal qilishni tushunish juda muhimdir

25-07-2025
  • PDF
25-30 195 9
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida katta oilalarda shaxslararo munosabatlar muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

XX asrning oxiriga kelib jamiyatni modernizatsiya qilish tendensiyalari dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida koʻp bolali oilalarning yoʻq qilinishiga yordam berdi va oilaviy sivilizatsiya inqirozi boshlandi. Oila iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy xavfsizlikni va uning a’zolari uchun murakkab ijtimoiy-madaniy hodisani ifodalaydi. Oilaning oʻziga xosligi shundaki, u inson hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi va ijtimoiy amaliyotning barcha darajalariga etadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida koʻp bolali oila ijtimoiy institut sifatida oilaga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, qadriyatlar va ustuvorliklarning oʻzgarishi natijasida yuzaga
kelgan inqiroz holatida ekanligi haqidagi qarashlar mavjud.

05-01-2024
  • PDF (English)
46-53 80 2
Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda oilaviy mediatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda oilaviy mediatsiya institutini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya davlatlarining tajribalari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar haqida so‘z boradi.

05-11-2023
  • PDF
72-83 57 2
Mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish (sotsiologik tadqiqot natijalari)
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna, Tleuova Gulmira Ospanovna

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilayotganiga qaramay, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan gender kamsitish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlar oilada, ish joyida, ko‘chada, ta’lim tashkilotlarida kuzatilmoqda. Qolaversa, zo‘ravonlik holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni to‘plash va yaxlit tarzda tahlil qilish imkoniyatlari yetarli darajada emasligi, turli yoshdagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish tizimini boshqarishda, huquqiy qo‘llab-quvvatlashda bu sohada profilaktika tizimi subyektlarining o‘zaro hamkorlik qoidalari va texnologiyalarida kamchiliklar mavjudligi, mazkur muammoga kompleks tarzda yondashuvning samaradorligiga oid muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida ish joyi va ta’lim muassasasida sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari kam tadqiq etilgan bo‘lib, bu borada xotin-qizlar orasida muammoni yashirish kuzatiladi. Ushbu muammo bo‘yicha xotin-qizlarning fikrini o‘rganish, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining sabablari va omillarini aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Shuningdek, maqolada o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlili keltiriladi va mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, gender kamsitish holatlari va uning turlaridan biri hisoblangan xarassment tushunchasiga atroflicha to‘xtab o‘tiladi hamda xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

05-05-2023
  • PDF
16-28 58 4
Sharq mutafakkirlari asarlarida bikaryer oilalarda ota-ona va bola munosabatlari talqini
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Maqola ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga bagʻishlangan. Oilada bola va ota-onalar oʻrtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi, ikki tur vakillarining muloqot masalalari, yuzasida Sharq mutafakkirlari fikrlari va qarashlari, bikaryer oilalarda ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Bugungi kunda oiladek ta’sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy-axloqiy munosabatlarni hosil qilish kabi dolzarb masalalar tahlil qilinadi.

05-07-2024
  • PDF
23-30 71 2
Oilа vа mаktаb hаmkorligi asosida о‘smirlаrning hushуorlik vа ogohlik fаzilаtlаrini rivojlаntirish asoslari
Mavlonov Bahodir Biloljonovich

Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya borasidagi pedagog va psixoloh olimlarning nazariy qarashlari tahlilga tortilgan, shuningdek, o‘smir yoshdagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishda ta’lim muassasi va oila hamkorligi, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi batafsil yoritib berilgan.

05-09-2024
  • PDF
33-37 79 4
Ayollar migratsiyasining oila deformatsiyasiga ta’siri: falsafiy-axloqiy tahlil
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada ayollar migratsiyasi fenomenining oila institutiga ta’siri, migrant oilalarning axloqiy muammolari, xalqaro miqyosda migrant ayollarni qo‘llab-quvvatlash zarurati falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, migrant ayollarning huquqlarini himoya qilish xalqaro munosabatlardagi asosiy muammolardan biri ekanligi, ularning huquqlari BMTning ko‘plab hujjatlari, konvensiya va deklaratsiyalarida e’tirof etilayotganiga e’tibor qaratilgan.

05-01-2023
  • PDF
13-23 66 2
Koʻp bolali oiladagi o‘smir farzandlarning psixologik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Zamonaviy jamiyatda oila instituti chuqur oʻzgarishlarni boshdan kechirdi, bu, birinchi navbatda, bir nechta farzand koʻrish istagini boshqa, ijtimoiy jihatdan obroʻli istaklar bilan almashtirishda namoyon boʻldi. Jamiyatning demografik siyosati bu vaziyatni oʻzgartirishga qaratilgan. Bir nechta bolalarning tugʻilishi davlat nuqtayi nazaridan ustuvor vazifaga aylanadi. Biroq, ommaviy stereotiplar shundan iboratki, koʻp bolali oilalar bolalarning psixo-ijtimoiy rivojlanishining hodisasi va sharti sifatida noaniq baholanadi. Shu bois, koʻp bolali oilalarda voyaga yetayotgan o‘smir shaxslarning psixologik rivojlanish dinamikasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillarni tadqiq etish dolzarb muammolardan biri sanaladi.

05-11-2024
  • PDF
63-73 64 6
Ijtimoiy davlat boshqaruvida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati
Aripova Omila Tulkinbayevna

Ushbu maqolada ijtimoiy davlat konsepsiyasi va uning tuzilmasida mahalla institutining tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan. Mahallaning milliy qadriyatlar asosidagi tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalari, “mahallabay” ishlash tizimi, huquqiy asoslar, amaliy natijalar va davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, mahallaning adolatli va hamjihat jamiyat qurilishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

05-09-2025
  • PDF
12-16 61 5
Chet tillarni o‘qitishda oila, mahalla va talim muassasalari hamkorligi
Atamuxamedova R.F

Maqola chet tillarini o‘qitish jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada nazariy asoslar va empirik ma’lumotlarni tahlil qilinib, talabalarning til muhiti va motivatsiyasini shakllantirishga yordam beradigan asosiy omillar aniqlandi. Chet tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish uchun barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning innovasion modeli taklif etiladi.

05-11-2024
  • PDF
36-41 87 4
Ta’lim muassasasi xodimlarining motivatsiya tizimini takomillashtirish
Qayimova Maftuna Tursunovna

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim sohasining faolligini kuchaytirish maqsadida xalqaro standartlar asosida xodimlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ish samaradorligini oshirish uchun motivatsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Zamonaviy boshqaruvda zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish inobatga olingan.

05-06-2023
  • PDF
45-57 22 3
Oila instituti mustahkamligiga turmush o‘rtoq intellekt darajasining ta’siri
Bo‘riуeva Mahbuba

Ushbu maqola erkaklar va ayollarda intellekt hamda nikohdan qoniqishni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu yеrda erkaklar va ayollarning emotsional intellekti hamda IQ darajasi ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar aniqlangani ko‘rsatib o‘tilgan

02-04-2025
  • PDF
37-44 96 19
1 - 15 from 15

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer