• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 7.
Mahalla va oila institutlarining mustahkamligi jamiyat farovonligi kafolatidir
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Mazkur maqolada oilalar mustahkamligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy, farovon oila va farovon mahallani rivojlantirish borasida mamalakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar batafsil yoritib berilgan. Shu bilan birga, maqolada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida tuzilgan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘z aksini topgan

17-03-2025
  • PDF
18-24 5 0
Oilada ta’lim muhitini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari
Matkarimov Akramjon Muxtorovich

Maqolada milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda oila va undagi ta’lim muhitining rivojlanganligi ijtimoiy-pedagogik zarurat ekanligi bayon qilingan. Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila, oiladagi ta’lim muhiti kabi ijtimoiy-pedagogik jihatlarga keng e‘tibor qaratilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida oiladagi ta’lim muhitining shakllangani hamda ota-onalarning ta’limga bo‘lgan ijobiy munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, oilada ta’lim muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan

15-05-2025
  • PDF
46-52 16 2
Oiladagi ijtimoiy-ma'naviy muhitnisoglomlashtirishda qaynonalarning roli
Oiladagi ijtimoiy-ma'naviy muhitnisoglomlashtirishda qaynonalarning roli
Dildora Yulchiyeva

Ushbu maqolada bugungi kunda oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog'lomlashtirishda qaynona va kelin munosabatlarini yaxshilash, ular orasidagi o‘zaro nizolarni bartaraf etish, diniy qarashlarda oila muqaddasligi va uning barqarorligini saqlashda, avvalombor, uning ijtimoiy-ma ’naviy muhitiga ta ’sir etuvchi buzg ‘unchi qarashlardan xalos bo ‘lish xususidafikrlar misollar asosida bayon etilgan.

30-01-2024
  • PDF (Русский)
15-26 47 32
Oilaviy tarbiyaning shaxsning hissiy holatini shakllantirishga ta’siri
Abduganiyeva Diyora Abdurashid qizi

Maqola o‘smirlarning emotsional rivojlanishiga va agressivlikka moyilligiga oilaviy munosabatlar va ota-onalar tarbiya uslublarining ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada sog‘lom emotsional va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun oiladagi muhit, tarbiyaviy, shuningdek, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Muallif oilaviy tarbiyaning avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘r, sheriklik va boshqa turli uslublari va ularning bola xatti-harakatlariga ta’sirini izohlaydi. Shuningdek, u emotsional yaqinlik va suiste’mollikning yetishmasligi o‘smirlarda agressiv va deviant xatti-harakatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydi. Maqolada oilaviy vaziyat, tarbiya turlari va ularning bolaning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga moslashishiga ta’siri bilan bog‘liq asosiy jihatlar yoritilgan. Agressiyaning oldini olish va oilada uyg‘un o‘zaro munosabatlarni yaratish uchun kompleks yondashuv taklif etilgan

15-05-2025
  • PDF (Русский)
100-108 14 5
Oila instituti mustahkamligiga turmush o‘rtoq intellekt darajasining ta’siri
Bo‘riуeva Mahbuba

Ushbu maqola erkaklar va ayollarda intellekt hamda nikohdan qoniqishni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu yеrda erkaklar va ayollarning emotsional intellekti hamda IQ darajasi ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar aniqlangani ko‘rsatib o‘tilgan

02-04-2025
  • PDF
37-44 12 2
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlari
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Ushbu maqolada qarindoshlik tushunchasining mohiyati yoritilgan va qarindoshlar toifalari tasniflangan, qarindoshlar o‘rtasida nikohning asosiy sabablari va salbiy oqibatlari keltirilgan hamda O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

14-03-2025
  • PDF
59-70 8 0
Ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Xasanboy Abdusamatov

Ushbu maqolada ajrim yoqasiga kelib qolish sabablarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Jahonda va O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar taxlil qilingan. Maqolada ajralishlarning oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan

14-03-2025
  • PDF
121-130 16 0
1 - 7 from 7

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2025 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer