Maqolada “qadriyat” tushunchasi inson dunyoqarashining asosi sifatida, uning turli davrlardagi (antik davr, о ‘rta asrlar, uyg ‘onish davri, yangi davr, bozor munosabatlari davri) talqini va mazmuni, “qadriyat” tushunchasining jihatlari, an’anaviy qadriyatlarning jamiyatdagi о ‘rni tahlil qilingan.
Ushbu maqolada oilaviy munosabatlarning sharqona qadriyatlar va islom ta’limoti bilan bog‘liqligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Din, oila, qadriyat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Avlodlar almashuvida oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu maqolada oila borasidagi qarashlar keltirilgan bo‘lib, xususan, oila barqaroligini ta’minlashning huquqiy, pedagogik, psixologik va sotsiologik asoslarining o‘rganilganlik darajasi, mamlakatimiz olimlarining qarashlari tahlilga tortilgan.
Мaqolada keyingi yillarda gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar hamda gender madaniyat yuzasidan ma’lumotlar berilgan