Ushbu maqolada kitob mutolaasining tarixiy asoslari, bugungi kundagi kitobxonlik ko‘rsatkichlari va uning jahon davlatlari bilan qiyosiy tahlili berilgan. Bundan tashqari, milliy va xorijiy tajribalarga asoslangan holda oila, maktab, mahalla va ommaviy axborot vositalari hamkorligi orqali o‘smir yoshlarda kitobxonlik malakalarini rivojlantirish masalalariga doir metodik tavsiyalar berilgan.