• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 58.
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar
Xoliqulova X.Y

Ushbu maqolada nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhitning qulayligi va nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuvi dolzarb masala sanaladi. Chunki nogironlarning huquq va manfaalatlari darajasini oshirish vazifalarini kompleks hal qilish zarurati zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy jihatlaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda taraqqiyotning salbiy demografik tendentsiyalarining zamonaviy sharoitida jamiyatdagi nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Bu kadrlar taqchilligi hamda davlat iste’mol fondlariga bo‘lgan ijtimoiy yukni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu maqolada nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-siyosiy omillar: ularning turmush darajasi, davlat darajasida ijtimoiy himoyaning asosiy muammolari, ularning bandligiga ta’sir etuvchi omillar, nogironlarni turli kasblarga o‘rgatish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari tahlil qilinadi.

18-03-2025
  • PDF
81-89 84 12
O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
Daliyev Farruxjon

Mazkur maqolada ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi, rivojlanishi, bu boradagi ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Shu bilan birga, soha tadqiqotchilari tomonidan “ijtimoiy media” tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy medianing hozirgi holati, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarni ishlatishdagi ulushlari statistik ma’lumotlar tahlili berib o‘tiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz ijtimoiy media maydonidagi muammolar, salbiy holatlar tadqiqot doirasida ochib berishga harakat qilingan.

05-09-2022
  • PDF
109-120 0 0
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlari
Qahhorova Feruza Yorqin qizi

Mazkur maqolada ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlarining mazmuni, ahamiyati va qo‘llash xususiyatlari tahlil qilingan. Ishontirish metodlari ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsning qarashlarini shakllantirish, ijobiy ta’sir ko‘rsatish va insonning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu metodlarning nazariy asosi va amaliyotdagi o‘rni yoritilib, samarali qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, pedagogning ishontirish jarayonidagi kompetensiyalari va uslublari xususida fikr yuritilgan. Ishontirish metodlari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan

15-05-2025
  • PDF
60-66 560 48
O‘smir shaxsining shakllanishida sotsial status va ijtimoiy omillar
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Ushbu maqolada o‘smirlar ijtimoiy rolining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot bayon etilgan. Sotsial status termini keng yoritilgan. O‘smirlarning oilada egallab turgan status-roliga alohida urg‘u berilgan.

05-01-2024
  • PDF
54-61 0 0
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida katta oilalarda shaxslararo munosabatlar muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

XX asrning oxiriga kelib jamiyatni modernizatsiya qilish tendensiyalari dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida koʻp bolali oilalarning yoʻq qilinishiga yordam berdi va oilaviy sivilizatsiya inqirozi boshlandi. Oila iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy xavfsizlikni va uning a’zolari uchun murakkab ijtimoiy-madaniy hodisani ifodalaydi. Oilaning oʻziga xosligi shundaki, u inson hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi va ijtimoiy amaliyotning barcha darajalariga etadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida koʻp bolali oila ijtimoiy institut sifatida oilaga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, qadriyatlar va ustuvorliklarning oʻzgarishi natijasida yuzaga
kelgan inqiroz holatida ekanligi haqidagi qarashlar mavjud.

05-01-2024
  • PDF (English)
46-53 0 0
Oilada er-xotin munosabatlariga ijtimoiy stereotiplarning ta’siri
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Ushbu maqolada ijtimoiy stereotiplarning er-xotin munosabatlariga ta’siri keng tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy stereotiplarning munosabatlarda gender tengsizliklarini kuchaytirishi, kommunikatsiya muammolariga sabab bo‘lishi va ruhiy bosimni oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

05-11-2023
  • PDF
4-14 0 0
Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogik texnologiylarning o‘rni
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yildan yilga rivojlanib bormoqda. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasida ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning samarasi yuqoriligi bunga asos bo‘lmoqda. Ushbu maqolada huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etishda ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning tavsifi va ahamiyati yoritib berilgan.

05-09-2023
  • PDF
80-87 0 0
Aholi turmush darajasi va ijtimoiy tabaqalanishni baholash
Ilxamova Zumrad

Ushbu maqolada aholining turmush darajasini o‘rganishda Statistika agentligining ma’lumotlariga asosan aholining umumiy daromadlari, aholi jonboshiga umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar hamda ijtimoiy tabaqalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar: daromadlarning detsil va kvintil darajalari, ularning umumiy daromadlardagi ulushi tahlil qilingan.

05-09-2023
  • PDF
41-48 0 0
Xorijiy davlatlarda ajralishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
Rabiyev Bobomurod Baxadirovich

Oila jamiyatning o‘zak-negizi hisoblanib, oilalarning buzilishi jamiyatga salbiy tasir etadi. Ajralishning ijtimoiy oqibatlari tug‘ilishning kamayishi, oilada tarbiyani yomonlashishi,mehnat unumdorligining pasayishi, salomatlik ko‘rsatkichlarining yomonlashishi, o‘limning ko‘payishi,
alkogolizmning kuchayishi, qarindoshlik munosabatlariga putur yetishi, o‘z joniga qasd qilishga urinishlarning ko‘payishi, ruhiy kasalliklar xavfining ortishiga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham ajrimlar soni ortib bormoqda. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida xorijiy davlatlarda qilinayotgan ishlarni o‘rganib chiqish va ayrimlarini milliy qadriyatlarga mos holda tatbiq etish maqolani asosiy maqsadi hisoblanadi.

05-01-2023
  • PDF
31-39 0 0
Oiladagi nizolar va ularning oqibatlari
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada oiladagi nizolarning sabablari va ehtimoliy yechimlari ko‘rib chiqiladi, nizolarni hal qilishning eng samarali usullari haqida fikrlar ilgari suriladi. Oila eng muhim ijtimoiy institut bo‘lib, uning mavqeyi, mustahkamligi davlat va butun jamiyat barqarorligini belgilaydi. Har qanday ijtimoiy ziddiyatning asosi – qarashlar va e’tiqodlar to‘qnashuvi. Oila hamjihatligini saqlagan
holda qarama-qarshiliklarni hal qilishni tushunish juda muhimdir

25-07-2025
  • PDF
25-30 107 7
Falsafada oila barqarorligining ijtimoiy mohiyati
Dusmatov Nodir Muxtorovich

Oila jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim manbasi hioblanadi, oilaviy nizolarni bartaraf etish, uning ma’naviy saviyasini mustahkamlash, asrab-avaylash, barqarorligini ta’minlash, oilada xotin-qizlarning rolini rivojlantirish hamisha dolzarb masalalardan bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada ham oila barqarorligining ijtimoiy mohiyati falasafiy jihatdan tahlilga tortilgan.

05-06-2023
  • PDF
101-106 0 0
Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, muammolarini hal etish
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada xotin-qizlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, bandligi, tadbirkorligi, ta’lim olish imkoniyati, ijtimoiy faolligi hamda ijtimoiy-huquqiy himoyalanganlik darajasi ilmiy-nazariy o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan.

22-09-2025
  • PDF
4-16 111 10
Etnopsixologik tadqiqotlar doirasida ijtimoiylashuv va akkulturatsiya muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Bugungi globallashuv jarayonida har qaysi mustaqil davlat, har bir millat oldida oʻz madaniyati, urf-odat, an’analarini asrab-avaylash, uni oʻzidan keyingi avlod vakillariga yetkazish masalasi bilan bir qatorda oʻzga xalq, davlat fuqarolarining madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat bajo keltirish, ularga doʻstona munosabatda boʻlish masalasi ham oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. UNESCOning madaniyatlar xilma-xilligi haqidagi umumiy deklaratsiyasida madaniyat dunyodagi jamiyat va ijtimoiy guruhlarga taalluqli madaniy-moddiy, intellektual-hissiy belgilar yigʻindisi sifatida qaralishi, insonlar hayot tarzi, ularning birgalikda yashash malakasi, qadriyatlar tizimi, an’analari va e’tiqodlarini
oʻz ichiga olishi zarurligi, har bir madaniyatni hurmat qilish, bagʻrikenglik va birdamlik xalqaro tinchlik
va xavfsizlik garovi ekanligi ta’kidlangan.

05-09-2022
  • PDF (English)
45-50 0 0
Oʻsmirlik davrida shaxsiy xususiyatlar muammosi boʻyicha psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Ushbu maqolada o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. O‘smirlik davrida shaxsiy xususiyatlar muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlil qilingan. O‘smirlik davridagi shaxsiy xususiyatlarni o‘rgangan olimlar va ularning nazariyalariga alohida urg‘u berilgan.

20-07-2025
  • PDF
60-69 78 9
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mohiyati
Yulchiyeva Dildora

Maqolada oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim omili ekanligi ta’kidlanadi. Oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada oila a’zolari o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, maqsadi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari yoritib beriladi. Oila bilan ishlashda ijtimoiy pedagoglarning roli, qo‘llanadigan metod va texnologiyalar ko‘rib chiqiladi

19-05-2025
  • PDF
26-35 178 20
Gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
Bayjonov Furqat Baxramovich

Мaqolada keyingi yillarda gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar hamda gender madaniyat yuzasidan ma’lumotlar berilgan

19-03-2025
  • PDF
104-107 120 12
Zamonaviy oila sharoitida farzand tarbiyasining falsafiy-psixologik jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Oila masalasi har bir davrda barcha xalq va davlatlar ijtimoiy siyosatining asosiy masalalaridan hisoblanadi. Zero, har bir millat va davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy strategik jihati oilaning qandayligi, poydevori nimaga qurilgani va farzandlar tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning bardavom va mangu yashashi aynan sog‘lom oilaviy munosabatlarga chambarchas bog‘liq.

20-07-2025
  • PDF
52-59 49 13
Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish mexanizmlari
Mambetjanov Qahramon Qurbandurdiyevich, Ibragimov Lutfullo Ziyodullayevich

Ushbu maqolada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan, ishsiz ayollar bandligini ta’minlashning yangi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida о‘tkazilgan sotsiologik sо‘rov natijalari keltirilgan hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

19-03-2025
  • PDF
90-97 55 5
Xotin-qizlar bandligini oshirishda iqtisodiy islohotlarning ahamiyati: Yaponiya abеnomikasi tajribasi
Rustamov Jaxongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqola Yaponiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Abenomika siyosati doirasida amalga oshirilgan dasturlar, uning mehnat bozoridagi ishtiroki hamda rahbarlik lavozimlarida rivojlanish darajasini tahlil qiladi. Shinzo Abe boshchiligidagi hukumat tomonidan qabul qilingan “Womenomics” siyosatining ayollar uchun ish shart-sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni yengishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Maqolada “Work Style Reform” dasturi orqali ish vaqtini optimallashtirish va masofadan ishlash imkoniyatlarining ayollar uchun ahamiyati hamda ruhiy salomatlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yaponiyada otalarni bola parvarishiga jalb qilishdagi muvaffaqiyatlar ham yoritiladi.

05-09-2023
  • PDF
13-18 0 0
Talaba qizlarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmuni
Voxidova Norposhshaxon Xabibullayevna

Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim-tarbiya tizimini ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishlari zarurligiga asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsadi va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

05-01-2023
  • PDF
78-83 1 0
Oilaviy nizolarning oldini olishda oila boshlig‘ining ahamiyati
Sobirov Fayzullo Azim o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining tutgan o‘rni va mas’uliyati yoritiladi. Oilada sog‘lom muhitni ta’minlash, nizolarni bartaraf etish va farovonlikni mustahkamlashda erkakning hissasi beqiyos ekani ta’kidlanadi. Maqolada erkakning rahbarlik, sabrtoqat, muloqot madaniyati va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishdagi roli psixologik, ijtimoiy va axloqiy
jihatdan tahlil etiladi. Muallif tomonidan oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining roli haqida nazariy ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lib, bu mavzuga oid asosiy tushunchalar, ilmiy yondashuvlar va o‘zbek olimlarining qarashlari keltiriladi. Shuningdek, oilaviy barqarorlikni ta’minlashda erkaklarning faol ishtiroki zarurligi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslab beriladi.

22-09-2025
  • PDF
31-36 80 11
Mamlakatimizda tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan jabrlangan ayollarga yordam berish tizimining huquqiy tahlili
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy integratsiyasi va reabilitatsiyasi bilan bog‘liq mamlakatimizdagi tizim huquqiy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda mazkur sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda amaliy ishlarning ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirilgan. Muallif tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surgan

20-03-2025
  • PDF
92-98 68 7
Oila tarkibidagi o‘zgarishlarning bola psixologik farovonligiga ta’siri
O‘rinboyev Humoyun Muhammadjon o‘g‘li

Mazkur maqolada oila tarkibining o‘zgarishi bola psixologik farovonligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi ochib beriladi. Xususan, er-xotin ajrashishi va ajrashgan juftliklarning boshqa odamlar bilan nikohga kirishishi farzandlarga salbiy ta’sir qiladi hamda bu ta’sir iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega. Masalan, er-xotin ajrashganidan keyin bola moliyaviy, hissiy va vaqt kabi resurslardan mahrum bo‘ladi.

10-08-2025
  • PDF
56-62 166 27
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish (tadqiqot natijalari)
Zumrad Ilxamova

Ushbu maqolada mavzu yuzasidan sotsiologik tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, unda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlari, fuqarolik jamiyati qurilishida ularning faol ishtirokini ta’minlash, partiya a’zolari bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy bilimlarini oshirish, huquq va erkinliklaridan foydalanishlarini ta’minlash, ularda faol fuqarolik qarashlarini rivojlantirish, shaxs sifatida shakllanishlari va o‘zlarining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlariga keng imkoniyatlar yaratilish aspektlari yoritib berilgan.

05-06-2023
  • PDF
107-112 0 0
Mutaxassislar shaxsiy-kasbiy sifatlarini shakllantirishning axloqiy-psixologik omillari
Arzikulov Dilshod Ne’matovich

Mazkur maqolada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish jarayonida zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar zarurati nazariy tahlil qilngan. Shuningdek, kasbiy muloqotni psixologik bilimlar asosida takomillashtirish yo‘llari, faoliyatda turli toifadagi fuqarolar bilan munosabatga kirishishda muloqotning kommunikativ vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishning psixologik usullarini egallash hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda zarur bo‘ladigan kasbiy fazilatlarni rivojlantirish xususida fikr yuritilgan

15-05-2025
  • PDF
89-93 118 12
1 - 25 from 58 1 2 3 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer