Mazkur maqolada o‘smirlarning xulq-atvorida hushyorlik va ogohlik fazilatlarini shakllantirish, oilada va ta’lim sohasida ijobiy ijtimoiy, ma’naviy, psixologik muhitni yaratishning metodik-uslubiy tizimini takomillashtirish bo‘yicha mulohazalar, shu bilan birga, pedagog va pedagogik guruh faoliyatining o‘smirlarga ta’siri borasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham keltirilgan
Tolerantlik tushunchasi ko‘p asrlar davomida shakllangan bo‘lib, bu jarayon hozirgi kungacha davom etmoqda. Turli ma’lumot manbalari bizga ushbu so‘zning turfa ta’riflarini beradi, ba’zida hatto bir-biriga zid keladi. Odamlar orasida bu boradagi fikrlar ham har xil. Ba’zilar bag‘rikenglik dunyo tinchligining kaliti va baxtli kelajak poydevori, deb hisoblaydi. Boshqalar esa bag‘rikenglik faqat befarqlik va vijdonsizlikni yashirish, degan haqiqat tarafdorlari hisoblanadi
Maqolada “qadriyat” tushunchasi inson dunyoqarashining asosi sifatida, uning turli davrlardagi (antik davr, о ‘rta asrlar, uyg ‘onish davri, yangi davr, bozor munosabatlari davri) talqini va mazmuni, “qadriyat” tushunchasining jihatlari, an’anaviy qadriyatlarning jamiyatdagi о ‘rni tahlil qilingan.
Ushbu maqolada oilа vа оilаviy tаrbiyа mаѕаlаlаri, оilаdа bоlа tаrbiyаѕi vа ulаrning bilimi, tаfаkkuri, dunyоqаrаѕhi, krеаtivlik хuѕuѕiyаtlаri ѕhаkllаnib bоriѕhi осhib bеrilаdi. Оilа tаrbiyаѕi аѕоѕidа yоѕh аvlоddа krеаtivlik хuѕuѕiyаtlаrini ѕhаkllаntiriѕhning bir nесhtа јihаtlаrigа urg‘u bеriladi. Yoshlarda kreativlik xususiyatlarini qaror toptirishda xorijiy davlatlar tajribasi, Sharq mutafakkirlarining qarashlari yoritilgan. Shuningdek, yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shaklllantirishda оtа-оnаlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotning ayrim natijalari haqida fikr yuritiladi.
Maqolada XXI asr tezkor axborotlar almashinuvi sifatida uning turli ko‘rinishlari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro biznesning taraqqiyoti, media ta’limning yaxshilanishi bilan birga boshqa ko‘plab sohalardagi jiddiy o‘zgarishlar, bu kabi taraqqiyot haqli ravishda global internet mahsuli ekanligi, global axborot olami o‘zining ijobiy yutuqlari bilan birgalikda keng axborot iste’molchilari sanalmish yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi va madaniyatidagi salbiy o‘zgarishlarning avj olishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalib o‘tilgan.