2022-yil. 5-son.

2022-yil. 5-son.
Nashr qilingan: 02-02-2026

Maqolalar

Qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish
Ko‘paysinova Laziza Karimovna

Ushbu maqolada respublikamizning qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish,ishsiz yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

74-86 1 0
Qadimgi zamon ayollar maktablaridagi ta’lim-tarbiyaning rivojlanish tendensiyalari
Saidova Barno Narzullayevna, Erkinova Dilyora Davron qizi

Ushbu maqolada ayollarning jamiyatdagi o‘rni, pedagogika tarixida xotinqizlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati haqida ilmiy asosga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar tarixiy manbalarni hamda adabiyotlarni chuqur o‘rganib, tahlil qilingan. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta, ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati hamda ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi.

58-66 2 0
Hududlarda ishchi kuchi migrаtsiyasi vа ungа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy оmillаr
Ibrаgimоv Lutfullо Ziyadullаyеvich, Fоzilоv Хаmidullа Хikmаtоvich

Mаqоlаdа ishchi kuchi migrаtsiyasining rаsmiy vа nоrаsmiy ko‘rinishlаri, uning mаvsumiy, vаqtinchаlik vа tаkrоrlаnuvchаn хususiyatlаri, shuningdеk, migrаtsiyagа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy hamda dеmоgrаfik оmillаr tа’siri rеspublikаning аyrim vilоyatlаri misоlidа tаhlil qilingаn.

35-44 1 0
Gender stereotyping and issues of psychological adaptation of youth
Ahmedova Malika Ibrohimjonovna

Maqola mualllifi shaxs adaptatsiyasi muammolari psixologiya fanining asosiy muammolaridan ekanligini asoslab o‘tadi. Shuningdek, gender stereotipizatsiyasining yoshlarning psixologik adaptatsiya/dezadaptatsiyasiga ta’siri o‘rganiladi.

Ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari va omillari
Elov Dilshod Abdujabborovich

Ushbu maqolada ayollar tashqi va ichki mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, O‘zbekistonda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari va omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

14-24 1 0
Navoiy viloyatida nikoh jarayonining geografik tafovutlari
Muxammedova Nazokat Jurayevna, Ibragimova Zulayxo Sobirovna

Maqolada nikoh jarayonining Navoiy viloyati hududlaridagi holati aks ettirilgan. Unda respublika va viloyat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, geografik omillar ta’siri o‘rganilgan. Shu bilan birga, viloyatda nikohga kirish ko‘rsatkichlarining 2000–2021-yillar dinamikasi aniqlangan hamda uning indeksi ishlab chiqilgan. Viloyatda 16–69 yoshga nisbatan nikohga kirganlar ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan.

87-93 1 0
O‘zbekistonda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining ijtimoiy-pedagogik hamkorligini takomillashtirish tendensiyalari
Abirova Umida Nazarovna

Maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining ijtimoiy-pedagogik hamkorligi masalasi xorijiy mamlakatlar tajribalari bilan qiyosiy tahliliy
o‘rganildi hamda O‘zbekiston Respublikasida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviyaxloqiy
fazilatlarini rivojlantirish borasida o‘zlarining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlarimiz ilmiy tadqiqot ishlarini qiyosiy o‘rganish natijalari aks ettirilgan. Shunigdek, maqolada oila, mahalla va
ta’lim muassasalarining ijtimoiy-pedagogik hamkorligini takomillashtirish yo‘llari, olib borilgan
tajriba-sinov natijalari, tashkil etilgan seminar-trening natijalari, taklif, tavsiya va xulosalar yoritilgan.

67-73 2 0
Sanoat tarmog‘ida ishchi kuchidan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish
Doniyorova Shaxnoza Doniyorovna

Maqolada sanoat tarmog‘ida mehnat resurslaridan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish omillari tasniflangan va tizimlashtirilgan. Sanoat tarmog‘i korxonalarida yirik xarajatlarni talab etmaydigan ichki resurslar hisobiga mehnat resurslaridan samarali foydalanishning faollashuvi mamlakat miqyosida o‘tkir ijtimoiy muammo hisoblangan kambag‘allikni kamaytirishning muhim omillaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan.

45-57 1 0
Tengsizlik va kambag‘allik: O'zbekistonda muammoni hal qilish tajribasi
Karimova D. M.

Maqolada so‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi va qashshoqlikning global va milliy tendentsiyalari keltirilgan. Tahlil COVID-19 pandemiyasi, iqlim ofatlari hamda mintaqalararo mojarolar sharoitida qashshoqlik va global tengsizlik oʻsishining global tendentsiyalarini aniqladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va manzilli tizimi orqali tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tengsizlikni yumshatish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatining keyingi yo‘nalishlari namoyon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida ko‘p farzandlilikni belgilovchi omillar
Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada reproduktiv yoshdagi ayollar orasida oiladagi farzandlar sonini belgilovchi omillar, oilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va demografik holatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.

94-104 1 0
Ayollar mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha Osiyo tajribasi
Kadirova Zulayxo Abduxalimovna

Ushbu maqolada mintaqada migrantlar toifalarga bo‘lib tahlil qilingan, ayol mehnat migrantlari to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlar ko‘rib chiqilgan. Ayollar mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha xorij mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston uchun ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

4-13 1 0