2023-yil. 4-son.

2023-yil. 4-son.
Nashr qilingan: 10-09-2023

Maqolalar

Shaxs ma’naviy qiyofasi shakllanishida shahar madaniyatining ahamiyati
Nodirjon Xolmirzayev Nizomjonovich

Maqolada shahar madaniyati, uning tarkibiy qismlari, elementlari, shaxs ma’naviy qiyofasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonidagi muhim omillar, ularni shakllantiradigan mexanizmlar, ular keltirib chiqaradigan natijalar, shu bilan birga, ular bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

65-71 0 0
Ayollar uy xizmati migratsiyasini samarali tashkil etish bo‘yicha Gonkong tajribasi
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Yer yuzi aholisining yirik qismi Osiyo mintaqasiga, eng ko‘p salmog‘i esa Xitoy davlatiga to‘g‘ri keladi. Aholi tarkibining xilma-xilligi, tug‘ilish ko‘pligi, yil sayin qariyalar soni o‘sishi mintaqada ayollar uy xizmati faoliyati shakllanishiga va rivojlanishiga zamin yaratadi. Maqolada Xitoyning yirik megapolislaridan biri hisoblangan Gonkong shahrida uy xizmati kasbining yuzaga kelishi va istiqbollari haqida fikrlar keltirilgan.

49-57 0 0
Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Yaponiya tajribasi
Abdiraimova Sh.A.

Ushbu maqolada eng uzoq umr ko‘ruvchi mamalakatlardan biri sifatida Yaponiya tajribasi o‘rganildi. Mamlakatni o‘rganish tasodifiy ravishda emas, balki geografik joylashuvini ham inobatga olgan holda tanlandi. Shuningdek, uzoq umr ko‘rishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

32-40 0 0
Muloqot va ulanishni kuchaytirish: uyda til grafik belgilaridan foydalanishning afzalliklari
Komilov Javohir Kozimjon o'gli

Ushbu maqola aloqa va muloqotni yaxshilash uchun til grafik belgilarini uy muhitiga integratsiya qilishning afzalliklarini o‘rganadi. Kengaytirilgan va muqobil aloqa (KMA) tizimlarida keng qo‘llaniladigan til grafik belgilari og‘zaki muloqot muammolariga duch kelgan shaxslar uchun qimmatli vositani taklif qiladi. Uyda bu belgilardan foydalanishning afzalliklari orasida og‘zaki nutqi yaxshi bo‘lmagan shaxslar uchun muloqotni rivojlantirish, inklyuziv muhit yaratish, bolalarda erta til rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, umidsizlikni kamaytirish va boshqalar kiradi. Til grafik belgilarining sozlanishi va moslashuvchan tabiati oilalarga aloqa tizimlarini individual ehtiyojlarga
moslashtirishga imkon beradi, bu esa ko‘proq bog‘langan va kommunikativ oilani rivojlantirishga yordam beradi.

88-95 0 0
Xotin-qizlar bandligini oshirishda iqtisodiy islohotlarning ahamiyati: Yaponiya abеnomikasi tajribasi
Rustamov Jaxongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqola Yaponiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Abenomika siyosati doirasida amalga oshirilgan dasturlar, uning mehnat bozoridagi ishtiroki hamda rahbarlik lavozimlarida rivojlanish darajasini tahlil qiladi. Shinzo Abe boshchiligidagi hukumat tomonidan qabul qilingan “Womenomics” siyosatining ayollar uchun ish shart-sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni yengishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Maqolada “Work Style Reform” dasturi orqali ish vaqtini optimallashtirish va masofadan ishlash imkoniyatlarining ayollar uchun ahamiyati hamda ruhiy salomatlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yaponiyada otalarni bola parvarishiga jalb qilishdagi muvaffaqiyatlar ham yoritiladi.

13-18 0 0
Er-xotin rollari va oilaviy munosabatlar bo‘yicha xorij tajribasi
Ro‘zimurodov O‘.F

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar va er-xotin rollari to‘g‘risidagi xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganilgan. Mazkur tadqiqotlar xorijiy mamlakatlardagi turmush tarzi va ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tanlangan. Oilaviy munosabatlarga ta’sir qiluvchi omillar ham qisqacha ko‘rib chiqilgan.

72-79 0 0
Yosh qizlarni oilaga tayyorlashdagi asosiy jihatlar
Rahimova Matluba

Ushbu maqolada sog‘lom oilalarni tarbiyalash, yosh qizlarimizni har tomonlama oilaga tayyorlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, oilalar barqarorligi hamda farovonligi, global miqyosda uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va psixologik o‘lchovlari, yangi oilaning shakllanishi, yosh kelinlarning oilaviy hayotga moslashishiga ta’sir qiluvchi yordamchi omillar ko‘rsatilgan va tahlilga tortilgan.

58-64 0 0
Aholi turmush darajasi va ijtimoiy tabaqalanishni baholash
Ilxamova Zumrad

Ushbu maqolada aholining turmush darajasini o‘rganishda Statistika agentligining ma’lumotlariga asosan aholining umumiy daromadlari, aholi jonboshiga umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar hamda ijtimoiy tabaqalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar: daromadlarning detsil va kvintil darajalari, ularning umumiy daromadlardagi ulushi tahlil qilingan.

41-48 0 0
Talabalarning qiyin vaziyatdardagi koping-xulq atvori
Askarova Gulruh, Abdullayev Raxmonjon

Ushbu maqolada talabalarning koping xulq-atvori ularning hayotidagi muhim jihat sifatida ko‘rib chiqiladi. Qiyinchiliklarni yengish uchun ular qo‘llaydigan koping-xulq-atqor o‘rganiladi. Mualliflar ushbu koping xulq-atvorlarning talabalar muvaffaqiyati va psixologik farovonligiga ta’siriga e’tibor qaratib, talabalarning ta’lim muhitida moslashuvini yaxshilash uchun samarali kurashish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlaydilar.

96-104 0 0
Zamonaviy sotsiologik adabiyоtlarda oila-mehnat muvozanati muammolari
Sadullayev Shaxrux

Mazkur maqolada zamonaviy sotsiologik adabiyotlarda oila mehnat muvozanati muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, “oila-mehnat muvozanati”, “ish-hayot muvozanati”, “oilamehnat” nizosi, qarindoshlik-ota-onalik-nikoh tizimidagi nomutanosiblik, “erkaklar va ayollar oʻrtasidagi mehnat taqsimoti”, “gender tengligi”, “mehnat taqsimotining an’anaviy va tenglik amaliyoti”, ishlovchi ona” “professional ayol” va “ayol uy bekasi” kabi atamalar tahlil qilingan.

19-31 0 0
Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogik texnologiylarning o‘rni
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yildan yilga rivojlanib bormoqda. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasida ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning samarasi yuqoriligi bunga asos bo‘lmoqda. Ushbu maqolada huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etishda ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning tavsifi va ahamiyati yoritib berilgan.

80-87 0 0
Zamonaviy o‘zbek oilasida ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy roli: tendensiyalar va istiqbollar
Boymurodova Zarnigor Xushvaqtovna

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek oilasida ayollarning o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy roli tahlil qilinib, tadqiqot natijalari asosida ularning oiladagi mavqeyi va jamiyatdagi ishtiroki kengayib borayotgani aniqlangan.

4-12 0 0