2023-yil. 6-son.

2023-yil. 6-son.
Nashr qilingan: 11-01-2024

Maqolalar

O‘smirlarning psixologik salomatligiga ota-ona tarbiya uslublarining ta’siri
Yusupxodjayeva Umida

Ushbu maqolada ota-ona munosabatlarining o‘smirlar psixologik salomatligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. Unda ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatning bolalar ruhiy rivojlanishiga ta’siri qisqa muddatli va uzoq muddatli turlar bo‘yicha tavsiflangan. Xususan, ota-onalar tomonidan tanlangan tarbiya usullari bolalarning o‘z-o‘ziga baho berishi, qadrlashi, boshqalar bilan munosabatlar o‘rnatishi, hissiy va psixologik shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

62-67 0 0
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida katta oilalarda shaxslararo munosabatlar muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

XX asrning oxiriga kelib jamiyatni modernizatsiya qilish tendensiyalari dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida koʻp bolali oilalarning yoʻq qilinishiga yordam berdi va oilaviy sivilizatsiya inqirozi boshlandi. Oila iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy xavfsizlikni va uning a’zolari uchun murakkab ijtimoiy-madaniy hodisani ifodalaydi. Oilaning oʻziga xosligi shundaki, u inson hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi va ijtimoiy amaliyotning barcha darajalariga etadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida koʻp bolali oila ijtimoiy institut sifatida oilaga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, qadriyatlar va ustuvorliklarning oʻzgarishi natijasida yuzaga
kelgan inqiroz holatida ekanligi haqidagi qarashlar mavjud.

46-53 0 0
Bolalarda estetik tarbiyani rivojlantirishda oilaning o‘rni
Atajanova Rabbina Raximovna

Ushbu maqolada estetik tarbiya, kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish, balki ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish kabi tushunchalar yoritib beriladi. Bundan tashqari maqolada san’atga nisbatan mehr va muhabbat, qadirlash va e’zozlash, go‘zallikni ko‘ra olish va his qilishni o‘rganish, avloddan avlodga yetkazish haqida so‘z boradi. Estetik tarbiya ham tarbiyaning asosiy qismi bo‘lib, o‘quvchining axloqiga, xulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg‘aklikdan boshlab tarbiya qilishga chaqiradi.

32-36 0 0
Jadidchilarning o‘smir-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid pedagogik qarashlari
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich

Maqolada jadidlarning ma’rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo‘lganligi, unda hozirgi kunda ham jamiyatni to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tarixiy vazifa va masalalar keltirilganligi, shuningdek, jadidlar ijodida ham o‘smirlarni oilaviy hayotga tayyorlash juda muhim ahamiyatga ega ekanligi aks ettirilgan.

15-21 0 0
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda xotin-qizlar mehnatining rolini oshirish va gender tenglikka erishish
Nurmonova Zebo

Ushbu maqolada xotin-qizlar mehnatining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, xususan, bandlik sohasida jinslar imkoniyatining tengsizligida kuzatilayotgan nomutanosibliklarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ijtimoiy me’yorlarni gender teng huquqli me’yorlarga aylantirish, mavjud gender tafovutlari va tengsizliklarini bartaraf etishda ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

68-76 0 0
O‘smir shaxsining shakllanishida sotsial status va ijtimoiy omillar
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Ushbu maqolada o‘smirlar ijtimoiy rolining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot bayon etilgan. Sotsial status termini keng yoritilgan. O‘smirlarning oilada egallab turgan status-roliga alohida urg‘u berilgan.

54-61 0 0
Ikki martabali oilalarda shaxslararo munosabatlarga ta'sir qiluvchi psixologik jihatlar
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Ushbu maqolada oila va undagi shaxslararo munosabatlar, oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirishning psixologik shartlari, munosabatlar tizimida muloqotning inson ehtiyojlaridagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarning turlari, bolalar xulq-atvorini shakllantirishda ota-ona munosabatlarining ta’siri, bolaning hissiy muvozanati va ruhiy salomatligining muhim ahamiyatli tomonlari, oilaviy muhitning barqarorligi, shuningdek, zamonaviy ota-onalar bolani moddiy farovonlik bilan ta’minlashdagi harakatlarining qay darajada afzalliklari (ota-onalar bolalarni moddiy qoʻllabquvvatlashlari) hozirgi kunda bu muammolarning xususiyatlari psixologik tomonlari oʻrganiladi va dolzarb masalalar sifatida tahlil qilinadi.

34-45 0 0
Oilaviy nizolarni mediatsiya usulida hal qilishda MDH davlatlarining tajribalari
Tleuvova Gulmira Ospanovna

Ushbu maqolada oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya usulidan foydalanishning afzal tomonlari MDH mamlakatlari misolida ochib berilgan. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf etishning alternativ yo‘llarini amaliyotda qo‘llash borasida e’tibor qaratilishi hamda mamlakatimiz qonunchiligi tizimiga implementatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlar xususida ham so‘z yuritiladi.

22-31 0 0
O‘zbekistonda oilani muhofaza qilishning huquqiy tartiblari
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda oilani muhofaza qilishning huquqiy tartiblari O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiaysi va qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda tahlil qilingan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan oila isntitutini muhofaza qilish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilgan.

4-14 0 0