2023-yil. 1-son.

2023-yil. 1-son.
Nashr qilingan: 21-01-2026

Maqolalar

O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishning integrativ tuzilmasi va komponentlari
Muxsiyeva Aziza Shamsitdinovna

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari muassasalarida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikmalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy kompetensiyalar tizimini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

62-67 0 0
Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xalqaro standartlarning roli
Yulchiyeva Dildora Xabibullayevna

Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xalqaro tajribalar va standartlar asosida ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda tajribalarni tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

16-20 0 0
Gender tengligini ta’minlashda psixologik yondashuvning muhim omillari
Akbarova Zarnigor Akbarjon qizi

Bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, qolaversa, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilmoqda. Maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollar soni aniqlanib, atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘rganilgan, xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

101-106 0 0
Lingvistik kommunikativ qobiliyatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari
Usmanaliyeva Gavxar Akbarali qizi

“Chet tilining kommunikativ qobiliyati” tushunchasining batafsil tahlili, shuningdek, psixologiya va kompetentsiyaga yo‘naltirilgan pedagogikada ko‘rib chiqilayotgan tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish hamda ushbu metodik tekisliklarni fanlararo muammo sohasida birlashtirish. Kompleksda ko‘rib chiqilayotgan qobiliyatlarni rivojlantirishdagi muayyan didaktik va uslubiy imkoniyatlar va qiyinchiliklarni aniqlagan holda lingvistik ta’lim jarayoni ushbu ishning yangiligini tashkil etadi.

Dunyoda o‘z joniga qasd qilish epidemiologiyasi: xavf omillari va gender paradokslar
Norqulov Xusniddin, Nurmonova Zebo

Ushbu maqolada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining global observatoriyasi va PubMed elektron kutubxona resursi ma’lumotlaridan foydalangan holda, 20 yil davomida dunyoda o‘z joniga qasd qilish epidemiologiyasi, shuningdek, o‘z joniga qasd qilish xavfi omillari bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, keltirilgan ma’lumotlar jins va yosh farqlari hisobga olingan va dunyo hamda Yevropa mintaqasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq o‘lim holatlari haqida umumiy fikrni shakllantirishga imkon yaratib, profilaktika choralari uchun aholi toifalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

4-10 0 0
Migrant ayollar muammolarining xorij tajribasida o‘rganilganligi
Sadullayeva Jamila Ibodilla qizi

Mazkur ilmiy maqola hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan migratsiya masalasiga bag‘ishlangan. Migrant ayollarning muammolari, ayollarning migratsiyaga undovchi sabablar ochib berilgan hamda migrant ayollarda uchraydigan psixologik holatlar tahlil qilingan.

90-94 0 0
Oliy o‘quv yurtlarida kimyoviy qaramlikning oldini olishning kontseptual g‘oyasi
Markendudi Marina Anatolyevna

Ushbu maqola oliy o‘quv yurtlarida kimyoviy qaramlikning oldini olishga bag‘ishlangan. Ta’lim va profilaktika dasturi – bu amaliy psixologiya, zamonaviy pedagogika va tibbiy profilaktika g‘oyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan pedagogik faoliyat sohasi. Hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish dasturi xavf va himoya omillarining keng doirasini ko‘rib chiqadi va umumiy shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga qarshi turish qobiliyatini o‘rgatish orqali amalga oshiriladi.

Bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini kompyuter modellashtirishga tayyorlash
Dadaboyeva Zulxumor Mamatkarim qizi

Ushbu maqolada kasb ta’limi mutaxassislari faoliyatida kompyuterdan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati yoritilgan. Bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini kompyuter modellashtirishga tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

77-82 0 0
Gender yondashuvlar ijtimoiy psixologiya predmetining bir sohasi sifatida shakllanishi
Saribayeva Umida Sattarovna

Ushbu maqolada jinslararo tenglik, biologik hamda jinsga bog‘liq farqlar haqidagi tasavvurlar, bu borada alohida ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruratining paydo bo‘lishi, gender muammolarini o‘rganuvchi nazariyalarning shakllanishi haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

31-36 0 0
Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qo‘yilayotgan talablar
Mirzayeva Farog‘at Odiljonovna

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qo‘yilayotgan talablar, oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonidagi islohotlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishini o‘z ichiga oladi.

68-72 0 0
Jamiyatda ayollar faolligining ijtimoiy-psixologik muammolari
Sultanova Shaxnoza Gayratovna

Maqolada xotin-qizlarning jamiyatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga nisbatan moslashuvchanligi jarayonida yuz beradigan psixologik o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Asosiy e’tibor hozirgi kungacha turli soha vakillarining bahs mavzusiga aylangan xotin-qizlarning ijtimoiy faollik tushunchasi borasidagi turlicha qarashlar, keltirilgan asoslar va talqinlarga qaratilgan. Shunga muvofiq, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq psixologik xususiyatlar, unga ta’sir qiluvchi omillar, qadriyatlar va hayotiy strategiyalari nazariy, amaliy jihatdan muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan.

21-25 0 0
Akkulturatsiya jarayonida talaba yoshlarda qadriyatlar tizimining etnopsixologik oʻziga xosligi masalalari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Oʻtgan oʻn yilliklarda etnik oʻziga xoslik muammolari boʻyicha olib borilgan intensiv tadqiqotlar natijasida psixologiyada nazariy va amaliy butunlay yangi yoʻnalish paydo boʻldi. Oʻziga xoslikning shakllanishi va rivojlanishining xususiyatlari, uning funksiyalari, tuzilishi hamda oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan elementlarini hisobga oladigan yondashuvlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Yuqorida keltirilgan omillar hozirgi kun yoshlarini milliy madaniyat va qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni jamoatchilik oldiga qoʻymoqda. Maqolada akkulturatsiya jarayoni psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinib, talaba yoshlarning qadriyatlar tizimining oʻziga xos etnopsixologik xususiyatlari doirasida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari havola etiladi.

55-61 0 0
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda xorijiy tajribaning ahamiyati
Maxmudova Malika Anvarovna

Maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy qarorlarni qabul qilishda ayollar ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatlar hamda dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda qo‘llanayotgan ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil etilgan.

11-15 0 0
Xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati sotsiologik tahlil obyekti sifatida
Nurullayeva U.N.

Mazkur maqolada xotin-qizlar ijtimoiy kayfiyatini sotsiologik jihatdan o‘rganish va uning metodologiyasini yaratishning dolzarbligi, mahalliy va xorijiy olimlar ishlarida ko‘rib chiqilgan o‘ziga xos tomonlari atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy kayfiyat tushunchasining mohiyati, xotin-qizlar kayfiyatini o‘rganishning asosiy jihatlaridan kelib chiqqan holda uni baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosalar berilgan.

95-100 0 0
Maktablarda ayol o‘qituvchilarga nisbatan tazyiq namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik jihatlari
Abdullayev Akobir Shokir o‘g‘li

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ayol o‘qituvchilarga nisbatan bulling holatlari namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, mazkur holatlarning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar keltirilgan.

Oliy ta’lim muassasasi talabalari koping-strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
Abdug‘aniyeva Diyora Abdurashid qizi

Hayot davomida yoshlar turli qiyin, stressli vaziyatlarga duch kelishadi. Ko‘p jihatdan bu holatlarning barchasi talabalarga yuqori talablar qo‘yiladigan oliy ta’lim muassasalarida sodir bo‘lishi kuzatilgan. Bu shaxsga mavjud muammoli vaziyat haqida to‘liq ma’lumot olishga, uni tahlil qilishga va to‘g‘ri yechimni topishga yordam beradigan metodlar hisoblanadi. Psixologiyada yengish strategiyalari odatda shaxs tomonidan ongli ravishda qo‘llanadigan qiyin vaziyatlar, sharoitlar bilan kurashish usullari, turli xulq-atvor strategiyalari to‘plami, kognitiv va xulq-atvor sohalarida baholanadigan muayyan tashqi yoki ichki talablarni yengish uchun urinishlar deb tushuniladi va haddan ortiq shaxs resurslari sifatida baholanadi. Turli murakkab hayotiy vaziyatlarda talabalar tomonidan tanlanuvchi koping-strategiyalar ular tahsil oluvchi oliy ta’lim muassasasi, ular tanlagan mutaxassislik yo‘nalishi va diniy e’tiqod darajasiga qaysidir darajada bog‘liq. Maqolada oliy ta’lim muassasasi talabalari foydalanadigan koping-strategiyalari yuzasidan tadqiqot natijalari keltirib oʻtilgan.

83-89 0 0
О‘smir farzand va ona o‘rtasidagi munosabatlar psixologiyasi
Abdullayeva Dilbar Ubaydullayevna

Mazkur maqolada ona va о‘smir farzandning о‘zaro munosabat xususiyatlari haqidagi tasavvurlari mutanosibligining psixologik ahamiyatini empirik о‘rganish natijalari bayon etilgan.

37-41 0 0
Oilada gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari
Bayjonov Furqat Baxramovich

Ushbu maqolada oilada gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari hamda gender madaniyatning zamonaviy shakllarini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-pedagogik omillar tahlil qilingan bo‘lib, unda o‘smir yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarning har birida jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan jinsga xos rollar, munosabatlar va muomala madaniyatini oila mahalla va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda shakllantirish zarurligi ta’kidlangan.

73-76 0 0
Sharq allomalari asarlarida nutq odobi haqidagi qarashlar va ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni
Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Mazkur maqolada oila, oilaviy nizolar va oilaviy munosabatlarda muloqot madaniyatining dolzarbligi hamda oila mustahkamligiga ta’sir qiluvchi omillar asoslangan bo‘lib, maqolada ayrim Sharq allomalarining aynan so‘z va nutq odobi xususidagi fikrlaridan parchalar keltirib o‘tilgan. Jumladan, Alisher, Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarning bu xususdagi qarashlari va ularni oilaviy hayotga tatbiq etish tahlilga tortilgan.

26-30 0 0