Maqolalar soni: 25

Sotsiologiya

Autizm spektrining buzilishi diagnostikasida gender farqlar
Musayeva Mexribon Ikrom kizi

Maqolada autizm spektrining buzilishi (ASB) tashxisida gender farqlari masalasi ko‘rib chiqiladi. Garchi autizm spektrining buzilishi keng miqyosda o‘rganilgan bo‘lsa-da, tadqiqotlar o‘g‘il va qizlar o‘rtasida simptomlarni aniqlash va tashxislash yondashuvlarida sezilarli farqlarni namoyon etadi. Maqolada ushbu nomutanosiblikka ta’sir etuvchi omillar, masalan, ijtimoiy stereotiplar, turli jinsdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalar va muloqot xususiyatlaridagi farqlar tahlil qilinadi

Ekologik sivilizatsiya rivojida inson-tabiat munosabatlarining o‘zgarib borishi
Samanova Shaxlo Boxtiyarovna

Inson intellekti ishlab chiqarish, fan va ta’lim sohasida mislsiz yutuqlarga erishdi. Ammo bugungi taraqqiyot darajasiga xavf solib turgan bir qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ular ichida ekologik xavf-xatarlar nihoyatda keskinlashmoqda. Insoniyatning kelajak avlodga mushkul va ayanchli muammoni voris qilishi bilan masalani yanada dolzarblashtirish ehtimoli yuqoridir.
Ushbu maqolada insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lgan ekologik sivilizatsiyaning global muhitga ta’siri, ishlab chiqarish jarayonlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy qarashlar tahlil qilingan hamda amaliy taklif-tavsiyalar berilgan.

53-58 3 0
Gender institutlari bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Xonturayev Bobur

Gender institutlari jamiyatlarda jinslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ijtimoiy-iqtisodiy dinamikaga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab tizimlar, standartlar va xatti-harakatlardir. Ushbu maqola gender institutlarining ilmiy-nazariy asoslari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganadi. Sotsiologiya, iqtisod va gender tadqiqotlaridagi fanlararo tadqiqotlardan foydalanib, biz gender institutlarining murakkab xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz, ularning hukumat, madaniyat hamda iqtisodiy tizimlar bilan kesishishini o‘rganamiz.


Muallif gender institutlarining odamlarning resurslar, imkoniyatlar va huquqlardan foydalanishiga ta’sirini tahlil qilgan va bu, o‘z navbatida, ularning hayotiy natijalariga ta’sir qiladi, ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, iqtisod, institutsional nazariya va tanqidiy nazariya kabi nazariy asoslar gender institutlari faoliyat yuritadigan va nomutanosibliklarni davom ettiradigan murakkab jarayonlarni tushunish uchun qimmatli istiqbollarni taqdim etadi. Bundan tashqari, muallif turli ijtimoiy-iqtisodiy muhitda gender institutlarining turfa shakllari va ta’sirini aniqlashtirish uchun turli kontekstlardagi empirik ma’lumotlarni ko‘rib chiqqan. Ushbu maqola ilmiy tushunchalar va nazariy qarashlarni uyg‘unlashtirib, gender institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqidagi bilimimizni oshiradi. Unda ushbu institutlarning inklyuziv rivojlanishiga ko‘maklashish va gender tengligi kun tartibiga erishishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Bu adolatli va barqaror jamiyatlarni rivojlantirish uchun gender tuzilmalarini o‘zgartirishga intiladigan multidisipliner tadqiqotlar va siyosiy harakatlar zarurligini ta’kidlaydi.

16-24 12 1
Gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim institutining o‘rni: avlodlararo ijtimoiy tahli
Vaxidova Sofiya Asratulloyevna

Ushbu maqolada gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim instituti o‘rnining avlodlararo ijtimoiy tahlili tadqiqotlari olib borilgan. Tadqiqot doirasida bebi-bumerlar X, Y (milleniallar), Z va Alfa avlodlari vakillarining ta’lim olish imkoniyatlari va erishgan ta’lim darajalari tarixiy va qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Shuningdek, har bir avlodda ta’limga bo‘lgan imkoniyatlarning kengayishi gender rollarining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro statistikalar va ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirildi hamda bu orqali ta’lim institutining gender tengligini ta’minlashdagi institutsional ahamiyati ochib berildi.

26-36 12 1
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari
Hashimova Gulsina Ismoilovna

Ushbu maqolada harbiy ijtimoiy ishning huquqiy asoslari, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning faol shakllari hamda ijtimoiy huquqlarining asosiy kafolatlari ochib berilgan. “Kafolatlar” tushunchasi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan obyektiv va subyektiv omillar, shartlar va vositalarning yig‘indisi sifatida tavsiflanadi

32-36 18 1
Ijtimoiy kayfiyat fenomeni sotsionomika nazariyasi yondashuvi talqinida
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

Sotsionomika zamonaviy G‘arb jamiyatida mashhur bo‘lib borayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ko‘p jihatdan aholi va ma’lum toifalarning ijtimoiy kayfiyatiga nisbatan sezuvchan bo‘lgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarni, jumladan, moliyaviy bozordagi xulq-atvor harakatlarini va ularning o‘zaro aloqadorligini tadqiq qiladi. Mazkur maqolada yuqorida sotsionomika nazariyasining kelib chiqishi hamda ijtimoiy kayfiyat sotsionomika nazariyasi yondashuvida qay tarzda tahlil qilinishi, sotsiometrlar sifatida qabul qilingan ko‘rsatkichlar borasida fikr yuritilgan.

13-18 1 0
Intellektual migratsiyani tadqiq etishning konseptual asoslari
Kadirova Zulayxo Abduxalimovna, Gaziyeva Sulxiya Saidmashrafovna

Ushbu maqolada intellektual migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari, shuningdek, intellektual migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Intellektual migratsiyaning barcha jihatlari ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi

14-20 11 8
Mehnat migratsiyasi feminizatsiyalashuvi: xotin-qizlar psixologiyasi va ijtimoiy identifikatsiya
Axmedova Dildora Olimjonovna

Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, ya’ni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining oʻziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu koʻp jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Bandlik tuzilmasida xizmat koʻrsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat koʻrsatish sohasida malakasiz mehnatda band boʻlgan migrant ayollarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi

19-25 1 1
Mehnat munosabatlarida kamsitish holatlarining oldini olish va gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy huquqiy jihatlari
Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna, Kadirova Tulunoy Juratovna

Mazkur maqolada xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat munosabatlarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashning ahamiyati hamda ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, xalqaro huquq talablari va xorijiy mamlakatlar tajribalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar ulushining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rsatilib, ular orasida ish joyida kamsitish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi

4-11 5 0
Migratsiya jarayonining globallashuvi: ijobiy va salbiy oqibatlar
Saipova Maloxat

Mazkur maqolada muallif olimlarning tadqiqotlari asosida mehnat migratsiyasi haqida qisqacha to‘xtab o‘tiladi. Shuningdek, mehnat migrantlarining farzandlari bilan o‘tkazgan amaliy tadqiqoti natijalarini bayon qilgan holda mehnat migratsiyasining mamlakatimiz uchun ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qiladi

10-15 16 2
Oilaviy munosabatlarda yuksak ideallar – adolat, muhabbat, do‘stlik, birodarlik, o‘zaro hurmat-izzat tamoyillari
Muxamedjanova Lalixon

Ushbu maqolada oila ijtimoiy institut sifatida qaralib, uning barqarorligi va rivojlanishida adolat, muhabbat, do‘stlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatida shaxsni ijtimoiylashtirishda katta rol o‘ynaydi. Muallif oilaviy munosabatlarning nazariy va metodologik tahlillariga asoslanib, Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Jorj Gerbert Mid va Platon kabi mutafakkirlarning qarashlarini yoritadi.

12-18 9 0
Oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xorij tajribasining о‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Jahongir qizi

Zamonaviy davrda har bir davlat о‘zining milliy borligini, uning mavjudligini belgilab beruvchi oila modelini globallashuvning ommaviy madaniy kо‘rinishlarining salbiy ta’siridan himoya qilish uchun bor kuchini sarflaydi. Ayni paytda, ayniqsa, Yevropa davlatlarida oila institutining zaiflashishi, ayrim hollarda hatto barbod bо‘lishi borasidagi tashvishlarning kuchayishi masalaning hayotiy ahamiyati va dolzarbligini yana bir karra namoyon etmoqda

17-23 5 0
O‘smir yoshlarda kitobxonlik tushunchasi va kitob o‘qishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari tahlili
Xudoyberdiyeva Marhabo

Maqolada o‘smir yoshlarning kitobxonlik haqidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘smir yoshdagi bolalarning kitob o‘qishida tengdoshlari va oila a’zolarining ta’siri yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘smirlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

42-46 2 0
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari
Yuldosheva Umida

Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishning samarali vositalaridan biriga aylandi. Biznes prinsiplarini ijtimoiy va atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadlari bilan birlashtirgan holda kambag‘allik, ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish kabi ijtimoiy muammolarni hal etish orqali ijtimoiy tadbirkorlik innovatsiyalarini yaratish, barqaror rivojlanish, shuningdek, zaif guruhlar va butun jamiyat uchun hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada muallif sotsiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari va ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda gender masalalarni inobatga olish resurslarini tahlil qilgan

O‘zbekistonda mahalla institutining mustaqillik yillaridagi rivojlanishi
Zaitov Elyor Xolmamatovich

Maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla institutining rivojlanishi, uning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi noyob roli hamda ijtimoiy barqarorlik va demokratiyani ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Mahalla ananaviy qadriyatlar boshqaruvining zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashtirgan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqa rolini o‘taydigan noyob ijtimoiy institut sifatida taqdim etilgan

4-8 7 0
O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi: hududlar va jinslar bo‘yichа fаrqlаr, ulаrning sаbаblаri
Zokirov Sayidfozil, Xusanova Sevara

Maqolada so‘nggi 10 yil (2013–2022-yillar) mobaynida O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar hududlar va jinslar kesimida tahlil qilingan. Kutilayotgan ta’lim davomiyligini inson kamoloti yuqori davlatlar darajasiga yetkazish, shu jumladan, xotin-qizlarning ta’limdagi qamrovini oshirish hamda ta’limdagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

29-34 5 0
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki
Ilxamova Zumrad

Ushbu maqolada statistika agentligining ma’lumotlariga asosan xotin-qizlarning mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi statistik tahlil qilingan, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirish, ularni iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi hamda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni yoritib berilgan

24-28 4 3
Talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlarni hisobga olishning nazariy asoslari
Norboyeva Sarvinoz Mengaliyevna

Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida rivojlanganiga emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz. Maqolada talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlar tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tahlil qilingan

21-25 9 0
Uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, keksalarning huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus departamentlar faoliyati, ularga beriladigan “ijtimoiy kafolat”, ijtimoiy yordam, uy sharoitida yordam ko‘rsatish, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tahlil qilingan

22-28 6 0
Xalqaro gender indeks reytinglarida O‘zbekiston o‘rnini mustahkamlash masalalari
Bobur Xonturayev

Ushbu maqolada gender tengligini ta’minlash sohasida xalqaro shartnomalar, gender jihatlarni hisobga olgan indekslar va ularning turkumlanishi, reyting, indeks, indikatorlar, gender indikatorlariga miqdoriy va sifatiy yondashuvlar, “ayollar, biznes va qonun”, “global ayollar, tinchlik va xavfsizlik”, “gender tengsizlik”, “gender ijtimoiy normalar”, “gender rivojlanish”, “inklyuziv internet”, “global gender gap”, “ijtimoiy institutlar va gender” kabi indekslar o‘rganilgan.

4-12 1 0
Xotin-qizlar ilmiy tatqiqotchilik faoliyatining sotsiologik tahlili
Komilova Xurshida Toxirovna

Davlat va jamiyat ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammolarga ilm-fan orqali yechim izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning hayotida ta’lim va ilm-fanning o‘rni, ijtimoiylashuviga ta’siri hamda mazkur sohadagi xotin-qizlarning ijtimoiy qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlash asosida aniqlangan asosiy jihatlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

37-41 9 4
Xotin-qizlarning norasmiy bandligini ijtimoiy jihatdan tadqiq etishdagi ilmiy yondashuvlar
Usmonova Rohila Mardonkulovna

Maqolada aholi bandligi tushunchasi, rivojlangan mamlakatlarda bandlik va mehnat bozorini tartibga solishning modellari o‘rganib chiqilgan. Mazkur davlatlar tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha imkoniyatlar yoritilgan

15-21 7 0
Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilaviy bolalar uyi sharoitiga moslashtirishning sotsiologik xususiyatlari
Butayeva Xurshida Yuldashovna

Maqolada yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning oilaviy bolalar uyiga moslashishi jarayonidagi sotsiologik xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ushbu jarayonning asosiy jihatlari, bolalarning ijtimoiy muhitga moslashishdagi qiyinchiliklari va tarbiyachilarning roli yoritilgan. Tadqiqotda hissiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiyaning moslashuvga ta’siri tahlil qilindi

10-13 31 2
Yosh oilalarda ijtimoiy munosabatlar: muammolar va ularning yechimi
Imomnazarov Hasan Ixtiyor o‘g‘li

Ushbu maqolada yosh oilalarda oilaviy munosabatlar, oila institutiga oid muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalar, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan muammolar va ularning yechimi oʻrganilgan. Shuningdek, yosh oilalarda rollarga moslashuv, ota-onalar bilan munosabatlarni shakllantirishning dolzarb masalalari hamda yosh oila a’zolarining farzand tarbiyasiga doir tartib, odob-axloq qoidalarni, muloqot va kelishuv madaniyatini rivojlantirish faoliyati tahlil etilgan

9-14 9 0
О‘zbekistonning oila va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash strategiyasi (ijtimoiy-falsafiy yondashuv)
Viktor Aleksandrovich Alimasov

Ushbu maqolada О‘zbekistonning oila instituti va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlari, strategik vazifalari ochib beriladi.

47-52 10 0