2022-yil. 6-son.

2022-yil. 6-son.
Nashr qilingan: 03-02-2026

Maqolalar

O‘zbekistonda aholining keksayish jarayoni va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Ushbu maqolada aholi keksayishi ko‘rsatkichlari, aholining keksayish darajasi mezoni, qarish shkalasi, keksayish ko‘rsatkichlari, quyidan va yuqoridan keksayish haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.

51-60 0 0
Xorijiy davlatlarda ajralishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
Rabiyev Bobomurod Baxadirovich

Oila jamiyatning o‘zak-negizi hisoblanib, oilalarning buzilishi jamiyatga salbiy tasir etadi. Ajralishning ijtimoiy oqibatlari tug‘ilishning kamayishi, oilada tarbiyani yomonlashishi,mehnat unumdorligining pasayishi, salomatlik ko‘rsatkichlarining yomonlashishi, o‘limning ko‘payishi,
alkogolizmning kuchayishi, qarindoshlik munosabatlariga putur yetishi, o‘z joniga qasd qilishga urinishlarning ko‘payishi, ruhiy kasalliklar xavfining ortishiga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham ajrimlar soni ortib bormoqda. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida xorijiy davlatlarda qilinayotgan ishlarni o‘rganib chiqish va ayrimlarini milliy qadriyatlarga mos holda tatbiq etish maqolani asosiy maqsadi hisoblanadi.

31-39 0 0
Ayollar migratsiyasining oila deformatsiyasiga ta’siri: falsafiy-axloqiy tahlil
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada ayollar migratsiyasi fenomenining oila institutiga ta’siri, migrant oilalarning axloqiy muammolari, xalqaro miqyosda migrant ayollarni qo‘llab-quvvatlash zarurati falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, migrant ayollarning huquqlarini himoya qilish xalqaro munosabatlardagi asosiy muammolardan biri ekanligi, ularning huquqlari BMTning ko‘plab hujjatlari, konvensiya va deklaratsiyalarida e’tirof etilayotganiga e’tibor qaratilgan.

13-23 0 0
Oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari
Qurbonova Buzaynab Nurmuxammadiyevna

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari xususida ma’lumotlar aks ettirilgan. Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy
vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat ekanligi ta’kidlangan. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.

84-93 2 0
Aholining keksayish darajasini xalqaro indekslar bo‘yicha baholash mezonlari
Alijonov Utkirbek Maxamadaliyevich, Satvaldiyev Raximjon Xasanovich

Ushbu maqolada aholining keksayish darajasi, keksayish jarayonlari, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, keksayish jarayonlarini baholovchi metrikalar, qarish indeksi, qarish jarayoni, qarish sabablari, keksa guruhlar va kelajakdagi keksa odamlar ahvolining ko‘rsatkichlari, faol uzoq umr ko‘rish indeksi ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilingan.

61-77 1 1
Oilaviy ajrimlarga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlil
Dusnayev Sherzod Ergashevich, Saxibov Oybek Ko‘yliyevich

Ushbu maqolada oilaviy ajrimlar to‘g‘risidagi panel ma’lumotlardan foydalangan holda, hududlardagi oilaviy ajrimlar, ularning soni, ishsizlar soni, aholi zichligi, real daromadlari, tashqi migratsiya hamda uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bilan o‘zaro ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar “Pooled OLS estimator (POLSE)”, “Fixed effects estimator (FEE)”, “Random effects estimator (REE)” modellari asosida ekonometrik tenglamalar ishlab chiqildi va tahlil qilindi.

40-50 0 0
Kanada xotin-qizlar qadriyatlarining shakllanishi
Zumrad Ilxamova

Maqolada xotin-qizlarning qadriyatlari Kanada davlati misolida o‘rganildi. Kanadada gender tengligining ta’minlanishi, xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi ishtiroki hamda tadbirkorligining qo‘llab-quvvatlanishi yoritib o‘tilgan. Kanadada muvaffaqiyatli
dasturlar tajribasini xotin-qizlar konferensiyalari orqali tarqatish, tadbirkor xotin-qizlar uchun
moliya, biznesni rivojlantirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi, farovonligi, ularga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishi hamda xotin-qizlarning huquqli shaxs sifatida huquqlari mustahkamlanishi o‘rganildi.

24-30 0 0
Virtual makonda yoshlarning ijtimoiy xavfsizligi
Maxammatov Otabek Saydaaliyevich

Maqolada XXI asr tezkor axborotlar almashinuvi sifatida uning turli ko‘rinishlari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro biznesning taraqqiyoti, media ta’limning yaxshilanishi
bilan birga boshqa ko‘plab sohalardagi jiddiy o‘zgarishlar, bu kabi taraqqiyot haqli ravishda global internet mahsuli ekanligi, global axborot olami o‘zining ijobiy yutuqlari bilan birgalikda keng axborot iste’molchilari sanalmish yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi va madaniyatidagi salbiy o‘zgarishlarning avj olishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalib o‘tilgan.

94-100 1 0
Ayollar mehnat migratsiyasini huquqiy tartibga solish
Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna

Ushbu maqolada ayollar mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish, tashqi mehnat migratsiyasi, migrant ayollar bandligi, xorij davlatlari bilan mehnat qonunchiligini inobatga olgan holda imzolangan kelishuvlar, xorijda mehnat faoliyatini qonuniy hamda xavfsiz amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

4-12 0 0
Talaba qizlarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmuni
Voxidova Norposhshaxon Xabibullayevna

Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim-tarbiya tizimini ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishlari zarurligiga asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsadi va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

78-83 1 0