2024-yil. 1-son.

2024-yil. 1-son.
Nashr qilingan: 17-02-2026

Maqolalar

Zamonaviy ayol qadriyatlarining psixologik asoslari
Abdurahmonova Feruza Alisherovna

Zamonaviy jamiyat oʻzining oʻzgaruvchanligi va noaniqligi bilan ayollarga boʻlgan nuqtayi nazarni va undagi mavqeyini oʻzgartirmoqda. Ijtimoiy hayotning ayrim jabhalarida kamsitishlar davom etayotganiga qaramay, ayollar faqat erkaklarga xos boʻlgan ma’lum koʻnikmalarni egallab, tenglikka intilmoqda. Bu koʻnikmalar tufayli ayollar mustaqil qaror qabul qilish, oilasini boqish, yuqori lavozimlarni egallash va erkaklardan mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Hayotiy muammolarni mustaqil ravishda yengib, ayol oʻzining xarakterini, jamiyatdagi xatti-harakatlarini va hayotiy yoʻriqnomalarini shakllantiradigan bir qator fazilatlarga ega boʻladi. Biroq, shunga qaramay, uzatilgan ayol qiyofasi mehribonlik, qoʻllab-quvvatlash, insoniylik, muloyimlik, hamdardlik, sezgirlik, moslashuvchanlik, vazminlik namoyon boʻladi. Biz, shuningdek, zoʻravonlikka salbiy munosabat, qoʻpollik va adolatsizlikning oʻtkir tajribasi, innovatsiyalarga boʻlgan talablarning pasayishi, ta’lim tartib-qoidalarini tezroq oʻrganishi, oila va bolalarga nisbatan oʻz munosabati aniqroq belgilab qoʻyilgani va jinsni baholashda koʻproq oʻzini tutganini qayd etamiz.

Avlodlararo munosabatlar: milliy madaniyatni rivojlantirish tamoyili sifatida
Mamarayemova Guljakhon Farkhodovna

Maqolada avlodlar almashinuvining tarixiy jarayonida madaniyatni saqlash muhimligiga e’tibor qaratiladi. Madaniyat va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ta’kidlangan. Jamiyatning asosiy tarkibiy qismi, oiladagi avlodlararo munosabatlardagi ziddiyatlar, avlodlar o‘rtasidagi qo‘llabquvvatlash
va barqarorlik shartlari ko‘rib chiqiladi. Avlodlararo munosabatlar muammosi oilalar tinchligi, mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq. Avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligi oilani tashkil qiladi, oila birgalikda jamiyat quradi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, jamiyat va oilaning o‘zaro bog‘liqligi ifodalanadi. Barcha ijtimoiy institutlarda avlodlararo munosabatlar va madaniy muhitni tashkil etish muammolari muhokama qilinadi.

20-26 1 0
Professional ta’lim muassasalarida bitiruvchi xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘llari
Bakirova N.B.

Mazkur maqolada professional ta’lim bitiruvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Bitiruvchi xotin-qizlarlarning ishga joylashishdagi qiyinchiliklari, ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga moslashmagani va amaliy tajriba yetishmasligi kabi muammolarga yechim sifatida kasbiy ko‘nikmalarni oshirish, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish va davlat qo‘llab-quvvatlovi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari bitiruvchilar uchun bandlikni oshirishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rsatadi.

69-80 2 0
Raqamli transformatsiya sharoitida raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning zamonaviy metodlari
Mallayev Ravshan Qo‘ziboyevich, Nabiyeva Umidaxon Kayumjon qizi

Ta’lim sohasida raqamli platformalardan foydalanish zarurati tobora oshib bormoqda, ushbu platformalar nafaqat o‘quv jarayonini zamonaviylashtiradi, balki talabalarga va o‘qituvchilarga bilim olish va berishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Ta’limning raqamli vositalarga asoslangan usullari an’anaviy ta’limni boyitish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ammo bu platformalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish uchun metodik yondashuv shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalari haqida so‘z yuritadi.

4-8 2 0
Raqamli pedagogika va ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish tendensiyalari
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqolada raqamli pedagogika tushunchasi, uning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari, jumladan, interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim va evristik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning raqamli pedagogika sohasidagi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli kompetentligini shakllantirish uchun sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalarini joriy etish, kritik fikrlashni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

55-59 1 4
O‘zbekistonda aholining demografik rivojlanishi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisining hajmi va yosh-jinsiy tarkibidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni baholash uchun davlat organlariga eng samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi aholisi rivojlanishining joriy tendensiyalari tahlili va prognoz hisob-kitoblari keltirilgan.

41-47 1 0
G‘arb falsafiy ta’limotlarida murosa tushunchasining o‘ziga xos jihatlari: evolyutsion rivojlanishi
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

O‘rta asrlarda murosa tushunchasi falsafiy, diniy va axloqiy tizimlarda muhim o‘rin tutib, uning mazmuni insonlar o‘rtasida tinchlik, adolat va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Bu davrda murosa tushunchasi, asosan, diniy-falsafiy, axloqiy (ijtimoiy munosabatlardagi muvozanat) hamda siyosiy (kelishmovchiliklarni hal qilish vositasi) sohalarda shakllangan. Mazkur tushunchaning evolyutsion rivojlanishi turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali chuqurlashgan va o‘z davrining ijtimoiy barqarorligida muhim omil bo‘lgan.

27-33 2 0
Iqtisodiy omillarning oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikka ta’siri
Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy

Ushbu maqolada iqtisodiy omillarning oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikka ta’siri namoyon bo‘lishi uning turlari yoritilgan, ijtimoiy-iqtisodiy holatdagi o‘zgarishlar hissiy dinamikaga, aloqa shakllariga va umumiy farovonlikka ta’siri va iqtisodiy omillarning oiladagi bosim va zo‘ravonlikka ta’sirini kamaytirish uchun kompleks yechimlari berilgan.

9-19 1 0
Xotin-qizlar iqtisodiy faolligi va ijtimoiy institutlarda diskriminatsion mе’yorlar: xorij tajribasi
Nurmonova Zebo Alikovna

Ushbu maqolada ijtimoiy institutlar va ulardagi xotin-qizlarga nisbatan diskriminatsiya hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir qiluvchi kamsituvchi ijtimoiy me’yorlarni tartibga solish bo‘yicha xorijiy amaliyotlar haqida so‘z boradi.

60-68 1 0
Iqtisodiy va ekologik manfaatlar muvozanatini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish
Ashurov Abror Uralovich

Ushbu maqola iqtisodiy va ekologik manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni ijtimoiy falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada iqtisodiy va ekologik manfaatlar tushunchalari ta’riflanadi, ularning tarixiy rivojiga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy yondashuvlar o‘rganiladi, mavzuga oid tahlillar qilinadi, u asosida xulosaga kelinadi va tegishli tavsiyalar beriladi. Barqaror rivojlanish va yopiq sikl iqtisodi kabi konseptlar orqali iqtisodiy va ekologik manfaatlarni birlashtirishning ahamiyati bugungi kun nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qisqa muddatli iqtisodiy foydalar va siyosiy iroda yetishmasligi kabi muvozanatga erishishda to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Kelajak perspektivalari sifatida ta’lim va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish zarurligi qayd etiladi. Maqola iqtisodiy farovonlikni saqlash bilan birga atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan kompleks yondashuv zaruriyatini taklif qiladi.

48-54 3 0