2022-yil. 2-son.

2022-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 20-03-2025

Maqolalar

Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari: sabab va oqibatlar, yechim yo‘llari
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

Maqolada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlari ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarida salbiy ko‘rinishda mavjud bo‘lishi ehtimolini ilmiy jihatdan konseptual o‘rganish lozimligi keltirilgan. Oiladagi zo‘ravonlik va tazyiqdan, asosan, ayollar jabr ko‘rishi aniqlanib, uning asosiy shakllari, sabablari va oqibatlari o‘rganish asosida tasniflangan. Oiladagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilishning milliy tajribasi o‘rganilgan

22-33 0 0
Mamlakatimizda tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan jabrlangan ayollarga yordam berish tizimining huquqiy tahlili
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy integratsiyasi va reabilitatsiyasi bilan bog‘liq mamlakatimizdagi tizim huquqiy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda mazkur sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda amaliy ishlarning ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirilgan. Muallif tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surgan

92-98 0 0
Gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Xonturayev Bobur

Ushbu maqolada mualliflar tomonidan gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari о‘rganilgan hamda dunyodagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bо‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

4-13 0 0
Turmush o‘rtog‘i bedarak yo‘qolgan ayollar bilan ishlash bo‘yicha psixologik tavsiyalar
Abduraxmonova Feruza Alisherovna

Mazkur maqola turmush o‘rtog‘i bedarak yo‘qolgan ayollarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish, duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarining oldini olish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha metodik tavsiyalar berishga bag‘ishlangan

74-83 0 0
Uy bekasi sindromining oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, Sharapova Dildoraxon Baxtiyarovna

Mazkur maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish, muammolarining oldini olish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha metodik tavsiyalar berishga bag‘ishlangan

53-64 0 0
Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarning nazariy-siyosiy evolyutsiyasi
Kurbanov Eldar Ermamatovich

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2016-yildan keyin yuz berayotgan katta o‘zgarishlar, davlat boshqaruv jarayonidagi “milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasi natijasi tahlil qilingan. Bundan tashqari, xalq hokimiyati tamoyili Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilanganining konseptual asoslari yoritilgan

34-43 0 0
Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Maqolada ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyasi vositalaridan foydalanishning zamonaviy usullari ahamiyati atroflicha yoritilgan

99-106 0 0
Globallashuv sharoitida migratsion munosabatlarning oilalar barqarorligiga psixologik ta’siri
Jurayeva Shaxnoza Saadmuratovna

Zamonaviy mehnat migratsiyasi migrantlar oqimining koʻpayishi, ayollar va bolalar sonining ortishi, yangi mehnat migratsiyasini qamrab olish kabi jihatlar bilan ajralib turadi. XXI asrda migratsiya va mehnat migratsiyasi masalalari bilan bir qatorda migratsiyaning oilalar farovonligiga ta’siri muammosi ham oʻz dolzarbligini namoyon etmoqda. Maqolada migratsiya jarayoni psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinib, oilalar barqarorligida migratsion munosabatlarning oʻrni boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari havola etiladi

14-21 0 0
Turmush o‘rtog‘i jazo muddatini o‘tash muassasasidagi ayollar bilan ishlashda psixologik tavsiyalar
Sa’dullayeva Jamilaxon Ibodilla qizi

Mazkur ilmiy maqolada turmush o‘rtog‘i ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarning ruhiy holatini yaxshilash hamda jamiyatga qayta moslashishida psixologik reablitatsion ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilgan

84-91 0 0
Turmush o‘rtogʻi vafot etgan ayollar bilan psixologik ishlash mexanizmlari
Odilbekov Mansurbek Maxmudjon o‘g‘li

Mazkur maqola turmush o‘rtog‘i vafot etgan ayollar bilan ishlashda psixologik hamda psixoprofilaktik ishlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berishga bag‘ishlangan

65-73 0 0
Turmush o‘rtog‘i nogiron yoki ruhiy kasal bo‘lgan ayollar bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar
Tashkenbayeva Dilafruz Baxtiyor qizi

Ushbu mаqоlаda turmush o‘rtog‘i nogiron yoki ruhiy kasal bo‘lgan аyоllаr bilаn psixologik ishlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan

44-52 0 0