• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 24.
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar
Xoliqulova X.Y

Ushbu maqolada nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhitning qulayligi va nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuvi dolzarb masala sanaladi. Chunki nogironlarning huquq va manfaalatlari darajasini oshirish vazifalarini kompleks hal qilish zarurati zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy jihatlaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda taraqqiyotning salbiy demografik tendentsiyalarining zamonaviy sharoitida jamiyatdagi nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Bu kadrlar taqchilligi hamda davlat iste’mol fondlariga bo‘lgan ijtimoiy yukni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu maqolada nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-siyosiy omillar: ularning turmush darajasi, davlat darajasida ijtimoiy himoyaning asosiy muammolari, ularning bandligiga ta’sir etuvchi omillar, nogironlarni turli kasblarga o‘rgatish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari tahlil qilinadi.

18-03-2025
  • PDF
81-89 99 13
Ijtimoiy davlat boshqaruvida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati
Aripova Omila Tulkinbayevna

Ushbu maqolada ijtimoiy davlat konsepsiyasi va uning tuzilmasida mahalla institutining tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan. Mahallaning milliy qadriyatlar asosidagi tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalari, “mahallabay” ishlash tizimi, huquqiy asoslar, amaliy natijalar va davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, mahallaning adolatli va hamjihat jamiyat qurilishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

05-09-2025
  • PDF
12-16 8 3
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya: taraqqiyot, tamoyillar va islohotlar
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida shakllangan ijtimoiy himoya tizimi, uning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari yoritilgan. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilani mustahkamlash, ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshirishda davlat siyosatining roli tahlil qilingan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaning nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy va falsafiy ahamiyati ham ochib berilgan. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadri va ijtimoiy adolat ustuvorligi alohida o‘rin egallashi ko‘rsatilgan.

05-07-2024
  • PDF
17-22 0 0
O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
Daliyev Farruxjon

Mazkur maqolada ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi, rivojlanishi, bu boradagi ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Shu bilan birga, soha tadqiqotchilari tomonidan “ijtimoiy media” tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy medianing hozirgi holati, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarni ishlatishdagi ulushlari statistik ma’lumotlar tahlili berib o‘tiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz ijtimoiy media maydonidagi muammolar, salbiy holatlar tadqiqot doirasida ochib berishga harakat qilingan.

05-09-2022
  • PDF
109-120 1 0
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlari
Qahhorova Feruza Yorqin qizi

Mazkur maqolada ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlarining mazmuni, ahamiyati va qo‘llash xususiyatlari tahlil qilingan. Ishontirish metodlari ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsning qarashlarini shakllantirish, ijobiy ta’sir ko‘rsatish va insonning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu metodlarning nazariy asosi va amaliyotdagi o‘rni yoritilib, samarali qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, pedagogning ishontirish jarayonidagi kompetensiyalari va uslublari xususida fikr yuritilgan. Ishontirish metodlari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan

15-05-2025
  • PDF
60-66 574 49
Muloqot va ulanishni kuchaytirish: uyda til grafik belgilaridan foydalanishning afzalliklari
Komilov Javohir Kozimjon o'gli

Ushbu maqola aloqa va muloqotni yaxshilash uchun til grafik belgilarini uy muhitiga integratsiya qilishning afzalliklarini o‘rganadi. Kengaytirilgan va muqobil aloqa (KMA) tizimlarida keng qo‘llaniladigan til grafik belgilari og‘zaki muloqot muammolariga duch kelgan shaxslar uchun qimmatli vositani taklif qiladi. Uyda bu belgilardan foydalanishning afzalliklari orasida og‘zaki nutqi yaxshi bo‘lmagan shaxslar uchun muloqotni rivojlantirish, inklyuziv muhit yaratish, bolalarda erta til rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, umidsizlikni kamaytirish va boshqalar kiradi. Til grafik belgilarining sozlanishi va moslashuvchan tabiati oilalarga aloqa tizimlarini individual ehtiyojlarga
moslashtirishga imkon beradi, bu esa ko‘proq bog‘langan va kommunikativ oilani rivojlantirishga yordam beradi.

05-09-2023
  • PDF (English)
88-95 1 0
Mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini davlat-xususiy sherikligi asosida rivojlantirishining asosiy yo‘nalishlari
Arabov Nurali Uralovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida investitsiya siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari, xizmat ko‘rsatish sohasida investitsion mablag‘larning shakllanishi, davlat-xususiy sherikligi asosida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirishining investitsion usullari va vositalari, davlat investitsion strategiyasi doirasida xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik subyektlarining tarmoq tarkibi, ularning samaradorligini aniqlash mexanizmlari, ijtimoiy ahamiyatga ega strategik loyihalarni boshqarish va moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash usullari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy etishning ba’zi cheklovlari, davlat risklarini tizimli tartibda aniqlash va tasniflash mezonlari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy qilishning samarali yo‘llari tadqiq qilingan.

05-09-2022
  • PDF
4-17 1 0
Etnopsixologik tadqiqotlar doirasida ijtimoiylashuv va akkulturatsiya muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Bugungi globallashuv jarayonida har qaysi mustaqil davlat, har bir millat oldida oʻz madaniyati, urf-odat, an’analarini asrab-avaylash, uni oʻzidan keyingi avlod vakillariga yetkazish masalasi bilan bir qatorda oʻzga xalq, davlat fuqarolarining madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat bajo keltirish, ularga doʻstona munosabatda boʻlish masalasi ham oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. UNESCOning madaniyatlar xilma-xilligi haqidagi umumiy deklaratsiyasida madaniyat dunyodagi jamiyat va ijtimoiy guruhlarga taalluqli madaniy-moddiy, intellektual-hissiy belgilar yigʻindisi sifatida qaralishi, insonlar hayot tarzi, ularning birgalikda yashash malakasi, qadriyatlar tizimi, an’analari va e’tiqodlarini
oʻz ichiga olishi zarurligi, har bir madaniyatni hurmat qilish, bagʻrikenglik va birdamlik xalqaro tinchlik
va xavfsizlik garovi ekanligi ta’kidlangan.

05-09-2022
  • PDF (English)
45-50 2 0
Oila va mahalla institutlarining OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy rolini kuchaytirish mexanizmlari
Shukurova Sevara Normuminova

Mazkur maqolada oila va mahalla institutlarining xotin-qizlar orasida OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy roli, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy determinantlar, sog‘lik savodxonligi, stigma va gender omillarining profilaktika samaradorligiga ta’siri empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan.

05-11-2025
  • PDF
24-30 0 0
Oilada o‘smirlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari
Ortikova Musallam Jaxongir qizi, Sultonmurodova Mumtoza Zafarjon qizi

Oilalarda bir qator ijtimoiy fazilatlar qatorida tolerantlik ham muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan mazkur maqola oilada tolerantlik fazilatlarini shakllantirishda mahalla tashkilotlarining ahamiyatini yoritib beradi.

05-01-2025
  • PDF
31-36 0 0
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi ijtimoiy profilaktik dasturlar
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda davlat va jamiyat tomonidan qator tadbirlar va dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturlar bolalar, ularning ota-onasi va boshqa oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va ijobiy odatlarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada xorijiy davlatlardagi bir nechta samarali ijtimoiy pedagogik dasturlar tahlil qilingan.

05-07-2024
  • PDF
51-58 1 0
Oiladagi nizolar va ularning oqibatlari
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada oiladagi nizolarning sabablari va ehtimoliy yechimlari ko‘rib chiqiladi, nizolarni hal qilishning eng samarali usullari haqida fikrlar ilgari suriladi. Oila eng muhim ijtimoiy institut bo‘lib, uning mavqeyi, mustahkamligi davlat va butun jamiyat barqarorligini belgilaydi. Har qanday ijtimoiy ziddiyatning asosi – qarashlar va e’tiqodlar to‘qnashuvi. Oila hamjihatligini saqlagan
holda qarama-qarshiliklarni hal qilishni tushunish juda muhimdir

25-07-2025
  • PDF
25-30 126 8
Sanoat tarmog‘ida ishchi kuchidan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish
Doniyorova Shaxnoza Doniyorovna

Maqolada sanoat tarmog‘ida mehnat resurslaridan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish omillari tasniflangan va tizimlashtirilgan. Sanoat tarmog‘i korxonalarida yirik xarajatlarni talab etmaydigan ichki resurslar hisobiga mehnat resurslaridan samarali foydalanishning faollashuvi mamlakat miqyosida o‘tkir ijtimoiy muammo hisoblangan kambag‘allikni kamaytirishning muhim omillaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan.

05-11-2022
  • PDF
45-57 4 0
Quyi amudaryo hududining ekologik va demografik transformatsiyasi: kompleks yondashuv
Zaretdinova Nesibeli Kurbanbayevna

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo hududida kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning aholi sog‘ligi, zichligi, urbanizatsiya darajasi, tabiiy ko‘payish va migratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Quyi Amudaryo geodemografik tumanidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslangan, aholi o‘rtasidagi kasallanish, o‘lim va tug‘ilish dinamikasi tahlil qilingan. Mintaqaning iqtisodiy, demografik va ekologik muammolari yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirilgan.

05-09-2025
  • PDF
45-59 0 0
Koʻp bolali oiladagi o‘smir farzandlarning psixologik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Zamonaviy jamiyatda oila instituti chuqur oʻzgarishlarni boshdan kechirdi, bu, birinchi navbatda, bir nechta farzand koʻrish istagini boshqa, ijtimoiy jihatdan obroʻli istaklar bilan almashtirishda namoyon boʻldi. Jamiyatning demografik siyosati bu vaziyatni oʻzgartirishga qaratilgan. Bir nechta bolalarning tugʻilishi davlat nuqtayi nazaridan ustuvor vazifaga aylanadi. Biroq, ommaviy stereotiplar shundan iboratki, koʻp bolali oilalar bolalarning psixo-ijtimoiy rivojlanishining hodisasi va sharti sifatida noaniq baholanadi. Shu bois, koʻp bolali oilalarda voyaga yetayotgan o‘smir shaxslarning psixologik rivojlanish dinamikasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillarni tadqiq etish dolzarb muammolardan biri sanaladi.

05-11-2024
  • PDF
63-73 4 1
O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori
Ramatov Jumaniyoz Sultanovich

Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va uning jamiyat hayotida tub burilish davrining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, ijtimoiy ahamiyati va inson ma’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilinadi hamda O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy muhokama qilinadi

02-04-2025
  • PDF
15-21 77 16
Turkiston jadidchiligi: ilm va taraqqiyot uchun kurash
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, mintaqadagi siyosiy va ma’rifiy o‘zgarishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Jadidlar Turkistonni ilm-fan, ta’lim va madaniyat orqali rivojlantirishga intilganlar, ularning harakati ma’rifiy ongni yuksaltirish va milliy davlat qurish jarayoniga katta hissa qo‘shgan. Maqolada jadidlarning Turkiston jamiyatidagi siyosiy erkinlik va ijtimoiy adolat uchun kurashlari ham yoritiladi.

05-05-2024
  • PDF
54-58 1 0
Tengsizlik va kambag‘allik: O'zbekistonda muammoni hal qilish tajribasi
Karimova D. M.

Maqolada so‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi va qashshoqlikning global va milliy tendentsiyalari keltirilgan. Tahlil COVID-19 pandemiyasi, iqlim ofatlari hamda mintaqalararo mojarolar sharoitida qashshoqlik va global tengsizlik oʻsishining global tendentsiyalarini aniqladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va manzilli tizimi orqali tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tengsizlikni yumshatish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatining keyingi yo‘nalishlari namoyon qilindi.

05-11-2022
  • PDF (Русский)
25-34 9 0
Pedagogik faoliyatda “yonish sindromi”ning nazariy-psixologik asoslari
Raxmonova Maftunaxon Azamatjon qizi

Maqolada pedagogik faoliyatda “ emotsional yonish sindromi”ning nazariypsixologik asoslari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Hozirgi davrda ta’lim tizimining modernizatsiyasi o‘qituvchidan yuqori kasbiy mahorat, yangicha pedagogik yondashuvlar va doimiy o‘zini rivojlantirib borishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat o‘zining hissiy, aqliy va ijtimoiy jihatdan murakkabligi bilan boshqa kasblardan ajralib turadi.

05-09-2025
  • PDF
29-36 1 6
Navoiy viloyati aholisining hududiy tashkil etilishining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari
Sherxolov Olimjon Iskandarovich

Ushbu maqolada Navoiy viloyati aholisining zichligi va balandlik bo‘yicha joylashuvi yoritilgan. Aholining hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilgan. Aholining relyefga bog‘liq holda joylashuvida viloyat aholi punktlarining dengiz sathidan balandligi elektron dasturlar asosida aniqlangan. Aholi punktlari balandligiga ko‘ra kichik guruhlarga ajratildi va shu asosda viloyat tumanlari guruhlarga bo‘lindi. Aholi punktlarining balandligi cho‘l-dasht va tog‘oldi mintaqalariga kirishi o‘rganilib, aynan tadqiqotda cho‘l-dasht (0–400 metrgacha) mintaqasining o‘zi yanada kichik uchta guruhga ajratildi. Balandlikning ortishi turli xo‘jalikni yuritishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aniqlandi.

05-09-2022
  • PDF
71-80 1 1
Autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalar muammosining chet el psixologlari tomonidan o‘rganilganligi
Vapoyeva Ra’no Raximberganovna

Maqolada erta bolalik autizmining psixologik xususiyatlari, autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalarda hissiy aloqalar, ularning chet el psixologlari tomonidan oʻrganilganligi, klinik belgilari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

05-11-2025
  • PDF
51-56 0 0
Harakatsizlikni motivatsiyaga aylantirish: Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlari
Turayeva Nazira Ibragimovna

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim g‘oyalari va an’anaviy pedagogik qarashlarni uyg‘unlashtirish orqali talabalar befarqligini qanday qilib motivatsiyaga aylantirish mumkinligi haqida amaliy usullar ko‘rib chiqiladi. Jon Dyui, Lev Vygotskiy va Abdulla Avloniy asarlari asosida bu tadqiqot o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, individual yondashuv va qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv muhitining ahamiyatini ta’kidlaydi. Avloniyning axloqiy-falsafiy qarashlari, xususan, uning mashhur “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobiga asoslanib, mehnatsevarlik, o‘zini boshqarish va ongli ta’limning ahamiyatini ko‘rsatadi. Dyui ilgari surgan tajribaviy ta’lim konsepsiyasi faollik, tahliliy fikrlash va demokratik sinf muhitini rag‘batlantiradi. Vygotskiyning “Yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi esa ijtimoiy muloqotning o‘rganishdagi muhim rolini ko‘rsatadi. Maqolada ushbu turli yondashuvlarni birlashtirish orqali talabalarni ilhomlantirish va darsda faol ishtirokni kuchaytirish bo‘yicha kompleks
strategiyalar taklif etiladi.

22-09-2025
  • PDF (English)
37-43 72 11
Maktab o‘quv dasturlarida huquqiy bilimlarning o‘rni va mazmuni
Iskandarova Kamola Tursunqul qizi

Ushbu ishda maktab o‘quv dasturlarida huquqiy bilimlarning o‘rni va mazmuni tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquqiy tarbiyaning uzluksizligi, fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda huquqiy ong, mas’uliyat va ijtimoiy faollikni shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda huquqiy tushunchalarning berilish bosqichlari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishdagi roli ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

05-11-2025
  • PDF
39-44 0 0
O'smirlar o'z joniga qasd qilishning gender xususiyatlari
Sultanova Amina Anvarovna

Maqolada o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq psixologik omillar va ijtimoiy sharoitlardagi farqlar ko‘rib chiqiladi. Muallif o‘smirlar o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqishda gender xususiyatlarini hisobga olish muhimligiga e’tibor qaratadi.

05-06-2023
  • PDF (Русский)
58-65 2 0
1 - 24 from 24

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer