Maqolada oilaviy munosabatlar va tarbiya uslublarining bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishda oilaviy muhit, tarbiyaviy yondashuvlar hamda ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati tahlil qilinadi. Oilaviy tarbiyaning turli xil uslublari – avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘rlik (giperg‘amxo‘rlik), hamkorlik va boshqalar, shuningdek, ularning bola xulq-atvoriga ta’siri tasvirlanadi. Hissiy yaqinlikning yetishmasligi va shafqatsiz munosabatning salbiy oqibatlari, jumladan, tajovuzkor xatti-harakatlar va ijodiy fikrlash darajasining pasayishiga alohida e’tibor qaratiladi.