• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 44.
Oilaning tizim sifatida faoliyat ko‘rsatish shakllari
Babadjanova Nargis

Maqola muallifi oilani tahlil qilishning yetakchi yondashuvlaridan biriga, ya’ni oilaning tizim sifatidagi nuqtayi nazariga murojaat qiladi. Ushbu yondashuvning asosiy qoidalari ikkita asosiy bayonotdir: 1) butun boshli, uning qismlari yig‘indisidan kattaroqdir; 2) butunning barcha qismlari va jarayonlari bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi va o‘zaro shartlashadi. Maqolada, shuningdek, yakuniy malakaviy ish doirasida amalga oshirilgan mintaqamizdagi oila tizimlarining uyg‘unligi va moslashuvchanligi parametrlarini o‘rganish natijalari e’lon qilingan.

18-03-2025
  • PDF
71-80 96 9
Oilaviy hayot tsiklidagi ota-ona va bola munosabatlarining psixologik jihatlari
Xudayberdiyeva S.

Oila siklidagi doira diagramasi – bu shaxslarga o‘z oila tizimining sxematik diagrammasini chizish imkonini beruvchi jarayon. U oila tizimlari nazariyasi va oilaviy tibbiyot falsafasi bilan chambarchas bog‘liq. Qisqacha ko‘rsatmalar bilan shaxslar ikki yoki uch daqiqada oilaviy doira chizmasini yaratishi mumkin. Ko‘rsatmalar berilgandan so‘ng chizish paytida shifokor mavjudligi talab qilinmaydi. Oilaviy doiralar rasmlari ko‘pincha grafik shaklda yaqinlik va masofa, kuch va qaror qabul qilish, oilaviy va chegaralarni aks ettiradi. Chizmalar bir qarashda chizilgan odam ko‘rgan oilaviy tizim haqida umumiy ma’lumot beradi. Chizmalar oila dinamikasiga oid boy ma’lumot manbayi bo‘lib, oila tizimidagi o‘zgarishlar uchun maqsadlarni belgilashda foydalidir.

05-01-2025
  • PDF (English)
74-82 0 0
Mamlakatimizda tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan jabrlangan ayollarga yordam berish tizimining huquqiy tahlili
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy integratsiyasi va reabilitatsiyasi bilan bog‘liq mamlakatimizdagi tizim huquqiy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda mazkur sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda amaliy ishlarning ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirilgan. Muallif tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surgan

20-03-2025
  • PDF
92-98 87 8
AQSHda kasbga yoʻnaltirish tizimining tuzilishi va mazmuni
Shohsanam Baratova, Nodira Zohitova

Maqolada AQSH maktab tizimida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tavsifi berilgan. O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirish jarayoni dastlabki bosqichda. Muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohada muayyan qiyinchiliklar mavjud. Shu maqsadda xorij tajribasining ilg‘or tajribasi bilan tanishish, uni tahlil qilish va O‘zbekiston sharoitiga mos ravishda qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.

28-12-2021
  • PDF (English)
140-146 121 9
Ijtimoiy davlat boshqaruvida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati
Aripova Omila Tulkinbayevna

Ushbu maqolada ijtimoiy davlat konsepsiyasi va uning tuzilmasida mahalla institutining tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan. Mahallaning milliy qadriyatlar asosidagi tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalari, “mahallabay” ishlash tizimi, huquqiy asoslar, amaliy natijalar va davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, mahallaning adolatli va hamjihat jamiyat qurilishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

05-09-2025
  • PDF
12-16 8 3
Ta’lim muassasasi xodimlarining motivatsiya tizimini takomillashtirish
Qayimova Maftuna Tursunovna

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim sohasining faolligini kuchaytirish maqsadida xalqaro standartlar asosida xodimlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ish samaradorligini oshirish uchun motivatsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Zamonaviy boshqaruvda zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish inobatga olingan.

05-06-2023
  • PDF
45-57 1 0
Oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot ishlari metodikasi mazmunini tahlil qilish
Rustamova Navbaxor Yaxshiboyevna

Respublikamizda so‘ngi yillarda kitobxonlik vositasi orqali oilalarda ma’naviy boyliklarini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha alohida pedagogik tizimni ishlab chiqish orqali bugungi kundagi oilalar madaniyatining o‘zgarib ketishiga sababchi bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bir qancha ilmiytadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqolada oilaviy kitobxonlikning pedagogik ahamiyatini o‘rganish, oilaviy kitobxonlikni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari ochib berilgan. Maqolada oilalarda kitoxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiypedagogik tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

05-11-2024
  • PDF
17-30 2 1
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimini joriy etish
Atamuratov Murat Utepbergenovich

Mazkur maqolada boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish (self development/self improvement) tizimi konsepsiyasi, maqsad va vazifalari yoritilgan. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalar standartlari va modelini ishlab chiqish zaruriyati ilmiy asoslangan. Mazkur sohada xorij tajribasi o‘rganilgan, shuningdek, boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha maxsus elektron o‘quv kurslar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

17-03-2025
  • PDF
35-46 84 10
Mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish (sotsiologik tadqiqot natijalari)
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna, Tleuova Gulmira Ospanovna

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilayotganiga qaramay, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan gender kamsitish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlar oilada, ish joyida, ko‘chada, ta’lim tashkilotlarida kuzatilmoqda. Qolaversa, zo‘ravonlik holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni to‘plash va yaxlit tarzda tahlil qilish imkoniyatlari yetarli darajada emasligi, turli yoshdagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish tizimini boshqarishda, huquqiy qo‘llab-quvvatlashda bu sohada profilaktika tizimi subyektlarining o‘zaro hamkorlik qoidalari va texnologiyalarida kamchiliklar mavjudligi, mazkur muammoga kompleks tarzda yondashuvning samaradorligiga oid muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida ish joyi va ta’lim muassasasida sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari kam tadqiq etilgan bo‘lib, bu borada xotin-qizlar orasida muammoni yashirish kuzatiladi. Ushbu muammo bo‘yicha xotin-qizlarning fikrini o‘rganish, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining sabablari va omillarini aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Shuningdek, maqolada o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlili keltiriladi va mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, gender kamsitish holatlari va uning turlaridan biri hisoblangan xarassment tushunchasiga atroflicha to‘xtab o‘tiladi hamda xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

05-05-2023
  • PDF
16-28 1 0
Zamonaviy ilmiy paradigma konteksti hamda XXI asr kompetensiyalari tizimida gender sensitivlik
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada barqaror rivojlanish va inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan “gender tengligi” tushunchasi; zamonaviy ilmiy paradigma kontekstida hamda XXI asr kompetensiyalari tizimida gender sensitivlik; tamaddunlar konvergensiyasi sharoitida gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, maqoladan davlat xizmati tizimi rahbar va mutaxassislarining gender sensitivlik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari hamda sohani takomillashtirishga oid takliflar o‘rin olgan.

14-03-2025
  • PDF
80-93 105 14
Talaba qizlarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmuni
Voxidova Norposhshaxon Xabibullayevna

Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim-tarbiya tizimini ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishlari zarurligiga asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsadi va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

05-01-2023
  • PDF
78-83 3 1
Zamonaviy ta'lim tizimida psixologiya talabalarining kommunikativ kompetensiyasi
Asqarova Gulrux, Agzamxo'jaeva Risolatxon

Maqolada faol ishlab chiqilgan muammolardan biri – zamonaviy ta’lim tizimida psixologiya talabalari o‘rtasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, shuningdek, ushbu masalaga oid psixologik adabiyotlar tahlili ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy muammolar va kasbiy
faoliyatga qo‘yiladigan talablar sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb jihatlarini qamrab oladi.

05-06-2023
  • PDF (Русский)
66-75 1 0
Mehnat bozori ehtiyojlari asosida yoshlarni zamonaviy va sifatli kasb-hunarga o‘qitish
Meliboyev Aziz Rozaqovich, Masharipov Farrux O‘tkirovich

Maqolada jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida professional ta’lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va sifatli kasbga o‘qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek, professional ta’lim muassasalari mehnat bozorida yoshlarni davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida zamonaviy kasblarga sifatli tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

02-04-2025
  • PDF
98-108 91 20
Raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlari va qiyosiy tahlili
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqola raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlarini tahlil qiladi va turli mamlakatlarning ta’lim tizimlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishni ko‘rib chiqadi. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Singapur, Xitoy, Hindiston va O‘zbekistonda raqamli kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va strategiyalar tahlil qilinadi. Har bir mamlakatning raqamli ta’lim siyosatining xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqliklar ko‘rsatiladi. O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan sa’yharakatlar
va raqamli ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvlar ham alohida ta’kidlanadi.

05-05-2024
  • PDF
59-64 0 2
Jamiyatdagiqadriyatlarni organishning nazariy-uslubiy jihatlari
Jamiyatdagiqadriyatlarni organishning nazariy-uslubiy jihatlari
Sobir Xodjayev, Shuhrat Ermatov

Maqolada “qadriyat” tushunchasi inson dunyoqarashining asosi sifatida, uning turli davrlardagi (antik davr, о ‘rta asrlar, uyg ‘onish davri, yangi davr, bozor munosabatlari davri) talqini va mazmuni, “qadriyat” tushunchasining jihatlari, an’anaviy qadriyatlarning jamiyatdagi о ‘rni tahlil qilingan.

30-01-2024
  • PDF
4-14 125 54
Qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish
Ko‘paysinova Laziza Karimovna

Ushbu maqolada respublikamizning qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish,ishsiz yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

05-11-2022
  • PDF
74-86 1 0
O‘smir yoshdagi bolalarning fazilatlarini rivojlantirishda atrof-muhit va pedagogik guruh faoliyatining ta’siri
Mavlonov Boxodir Biloljonovich

Mazkur maqolada o‘smirlarning xulq-atvorida hushyorlik va ogohlik fazilatlarini shakllantirish, oilada va ta’lim sohasida ijobiy ijtimoiy, ma’naviy, psixologik muhitni yaratishning metodik-uslubiy tizimini takomillashtirish bo‘yicha mulohazalar, shu bilan birga, pedagog va pedagogik guruh faoliyatining o‘smirlarga ta’siri borasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham keltirilgan

02-04-2025
  • PDF
61-74 101 19
Raqamli pedagogika va ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish tendensiyalari
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqolada raqamli pedagogika tushunchasi, uning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari, jumladan, interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim va evristik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning raqamli pedagogika sohasidagi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli kompetentligini shakllantirish uchun sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalarini joriy etish, kritik fikrlashni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

05-03-2024
  • PDF
55-59 1 4
Qadimgi zamon ayollar maktablaridagi ta’lim-tarbiyaning rivojlanish tendensiyalari
Saidova Barno Narzullayevna, Erkinova Dilyora Davron qizi

Ushbu maqolada ayollarning jamiyatdagi o‘rni, pedagogika tarixida xotinqizlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati haqida ilmiy asosga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar tarixiy manbalarni hamda adabiyotlarni chuqur o‘rganib, tahlil qilingan. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta, ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati hamda ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi.

05-11-2022
  • PDF
58-66 12 0
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurash: xalqaro tajriba va yechim
Qodirxonova Malika Akbarovna

Maqolada O‘zbekistonda gender tenglik sohasini takomillashtirish jahon tajribasining chuqur tahlili asosida o‘rganilib, uni mahalliy sharoitlarimizga moslashtirgan holda samarali tatbiq etishning ahamiyati, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

17-03-2025
  • PDF
10-17 73 8
Jamoatchilik ekologik nazorati – mahalla tizimida
Ashurov Abror Uralovich

Ekologik nazorat nazoratning alohida va mustaqil ko‘rinishi sifatida nazorat qiluvchi subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisi hisoblanib, ma’lumotlarni to‘plash, baholash va tegishli qarorlar qabul qilish kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Jamoatchilik ekologik nazorati, asosan, boshqaruvning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (mahallalarda) olib borilishi boshqaruvning nomarkazlashgan prototipini namoyon etadi hamda mahalliy darajada qarorlar qabul qilish uchun zamin yaratadi. Boshqacha aytganda, mahalla – bu kichik boshqaruv organi sifatida barcha yo‘nalishlarda o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini namoyon qiluvchi tuzilmadir.

05-06-2023
  • PDF
31-38 1 0
Bo‘lajak pedagoglarning kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishda neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati
Hikmatova Jamila Fatoh qizi

Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarning kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishda neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada neyropedagogika va pedagogika fanlari asosida kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy asoslari, amaliy metodlari va interaktiv yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, pedagoglarning jamiyat va ta’lim tizimiga ijobiy ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

05-11-2025
  • PDF
31-38 0 0
Ikki martabali oilalarda shaxslararo munosabatlarga ta'sir qiluvchi psixologik jihatlar
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Ushbu maqolada oila va undagi shaxslararo munosabatlar, oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirishning psixologik shartlari, munosabatlar tizimida muloqotning inson ehtiyojlaridagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarning turlari, bolalar xulq-atvorini shakllantirishda ota-ona munosabatlarining ta’siri, bolaning hissiy muvozanati va ruhiy salomatligining muhim ahamiyatli tomonlari, oilaviy muhitning barqarorligi, shuningdek, zamonaviy ota-onalar bolani moddiy farovonlik bilan ta’minlashdagi harakatlarining qay darajada afzalliklari (ota-onalar bolalarni moddiy qoʻllabquvvatlashlari) hozirgi kunda bu muammolarning xususiyatlari psixologik tomonlari oʻrganiladi va dolzarb masalalar sifatida tahlil qilinadi.

05-01-2024
  • PDF (English)
34-45 1 0
Tengsizlik va kambag‘allik: O'zbekistonda muammoni hal qilish tajribasi
Karimova D. M.

Maqolada so‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi va qashshoqlikning global va milliy tendentsiyalari keltirilgan. Tahlil COVID-19 pandemiyasi, iqlim ofatlari hamda mintaqalararo mojarolar sharoitida qashshoqlik va global tengsizlik oʻsishining global tendentsiyalarini aniqladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va manzilli tizimi orqali tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tengsizlikni yumshatish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatining keyingi yo‘nalishlari namoyon qilindi.

05-11-2022
  • PDF (Русский)
25-34 9 0
Oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning sotsiologik jihatlari
Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim oʻgʻli

Ushbu maqolada oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni keng yoritilgan. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar tizimida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarning ahamiyati ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

05-11-2025
  • PDF
17-23 0 0
1 - 25 from 44 1 2 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer