2023-yil. 3-son.

2023-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 09-02-2026

Maqolalar

Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, Sharipov Abror Islomovich

Mazkur maqolada jamoatchilik nazorati jamiyatning turli sohalari rivojini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etishda olib boriladigan amaliy xatti-harakatlar majmuyi ekanligi, uning turli ko‘rinishlari tarixning turli davrlarida muayyan bosqichlarni bosib o‘tayotganligi, har qanday demokratik qadriyatlar ustuvor bo‘lgan jamiyatda mavjud jarayonlar, islohotlar bevosita jamoatchilik ishtirokisiz amalga oshmasligi kabi masalalari keltirilgan. 


Jamoatchilik ekologik nazoratni tashkil etish, birinchi navbatda, qonunchilik asoslariga tayanishga, uni amalga oshiruvchi mexanizmlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga, qolaversa, nazorat
subyektlarining ongli harakati, nodavlat tashkilotlari, yoshlar uyushmalari, ko‘ngilli fuqarolarning hamjihatlikdagi faoliyati tizimning barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda ekologik nazorat va uning huquqiy asoslari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishda muhim masala ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.

87-100 0 0
Keksalik sotsiologiyasining dolzarb masalalari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada aholi tarkibida keksa toifadagi aholi sonining ko‘payishi, insonlarning keksa yosh toifasiga o‘tishi bilan bog‘liq muammolar sotsiologiya va gerontologiya fanlari nuqtayi nazaridan nazariy tahlil qilingan. Unda, shuningdek, keksalik va qarilik tushunchalari hamda ularga qo‘yilgan mezonlar masalasi turli yondashuvlar asosida batafsil yoritilgan.

4-13 0 0
Zamonaviy ta'lim tizimida psixologiya talabalarining kommunikativ kompetensiyasi
Asqarova Gulrux, Agzamxo'jaeva Risolatxon

Maqolada faol ishlab chiqilgan muammolardan biri – zamonaviy ta’lim tizimida psixologiya talabalari o‘rtasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, shuningdek, ushbu masalaga oid psixologik adabiyotlar tahlili ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy muammolar va kasbiy
faoliyatga qo‘yiladigan talablar sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb jihatlarini qamrab oladi.

Ta’lim muassasasi xodimlarining motivatsiya tizimini takomillashtirish
Qayimova Maftuna Tursunovna

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim sohasining faolligini kuchaytirish maqsadida xalqaro standartlar asosida xodimlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ish samaradorligini oshirish uchun motivatsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Zamonaviy boshqaruvda zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish inobatga olingan.

45-57 0 0
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash Gruziya tajribasi misolida
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada Gruziya Respublikasida inson huquqlari, oila va xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash,
gender tengligi siyosati borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shu bilan
bir qatorda, inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tiladi. Muallif maqolada bevosita o‘zi borib ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan tashkilotlarning tajribalaridan misollar keltiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida inobatga olinishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar berildi.

113-122 0 0
Jamoatchilik ekologik nazorati – mahalla tizimida
Ashurov Abror Uralovich

Ekologik nazorat nazoratning alohida va mustaqil ko‘rinishi sifatida nazorat qiluvchi subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisi hisoblanib, ma’lumotlarni to‘plash, baholash va tegishli qarorlar qabul qilish kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Jamoatchilik ekologik nazorati, asosan, boshqaruvning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (mahallalarda) olib borilishi boshqaruvning nomarkazlashgan prototipini namoyon etadi hamda mahalliy darajada qarorlar qabul qilish uchun zamin yaratadi. Boshqacha aytganda, mahalla – bu kichik boshqaruv organi sifatida barcha yo‘nalishlarda o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini namoyon qiluvchi tuzilmadir.

31-38 0 0
Falsafada oila barqarorligining ijtimoiy mohiyati
Dusmatov Nodir Muxtorovich

Oila jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim manbasi hioblanadi, oilaviy nizolarni bartaraf etish, uning ma’naviy saviyasini mustahkamlash, asrab-avaylash, barqarorligini ta’minlash, oilada xotin-qizlarning rolini rivojlantirish hamisha dolzarb masalalardan bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada ham oila barqarorligining ijtimoiy mohiyati falasafiy jihatdan tahlilga tortilgan.

101-106 0 0
Gender munosabatlarni o‘rganish metodologiyasi va usullari
Nurullayeva U

Mazkur maqolada gender munosabatlarni tadqiq qilish metodologiyasi, jinslararo munosabatlardagi muammolarni tadqiq qilishda qo‘llanadigan usullarning mazmuni hamda ularning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, gender tenglikka amal qilinishini baholashda sifatiy hamda miqdoriy usullardan foydalanishning ahamiyati, ushbu usullarning o‘zaro bir-birini to‘ldirishi,imkoniyat doirasi tahlil qilingan.

14-22 0 0
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda innovatsion metodlardan foydalanish
Muxammadjonova Muxlisa Maxmudjon qizi

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda foydalaniladigan innovatsion metodlarning umumiy tahlili yoritiladi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda xorijiy mamlakatlarda qo‘llanadigan innovatsion uslubiy vositalar hamda ularning qiyosiy tahlili keltirilgan. Bugungi kunda o‘quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda turli innovatsion metodlardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini olib borishning zamonaviy tendensiyalari yoritib berilgan.

76-86 0 0
O'smirlar o'z joniga qasd qilishning gender xususiyatlari
Sultanova Amina Anvarovna

Maqolada o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq psixologik omillar va ijtimoiy sharoitlardagi farqlar ko‘rib chiqiladi. Muallif o‘smirlar o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqishda gender xususiyatlarini hisobga olish muhimligiga e’tibor qaratadi.

Umumta'lim maktabida Asperger sindromi bo'lgan bolalarni ijtimoiylashtirish tajribasi
Musaeva Mehribon Ikrom qizi

Bugungi kunda bolalardagi autizm spektrining buzilishi biologik sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi va miya rivojlanishidagi buzilishlar natijasi hisoblanadi. Mutaxassis bolaning rivojlanishiga yordam berishni qancha erta boshlasa, kelajakda bolaning jamiyatga moslashishi shuncha oson bo‘ladi. Maqolada, shuningdek, maktab yoshidagi bolalarga yordam berish muhimligi ta’kidlangan.

Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish (tadqiqot natijalari)
Zumrad Ilxamova

Ushbu maqolada mavzu yuzasidan sotsiologik tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, unda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mexanizmlari, fuqarolik jamiyati qurilishida ularning faol ishtirokini ta’minlash, partiya a’zolari bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy bilimlarini oshirish, huquq va erkinliklaridan foydalanishlarini ta’minlash, ularda faol fuqarolik qarashlarini rivojlantirish, shaxs sifatida shakllanishlari va o‘zlarining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlariga keng imkoniyatlar yaratilish aspektlari yoritib berilgan.

107-112 0 0
Oiladagi zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan omillar
Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy

Oiladagi zo‘ravonlik nafaqat jismoniy tajovuz, balki ruhiy jihatdan ham insonga ma’naviy zarar beruvchi holat hisoblanadi. Oiladagi zo‘ravonlik ayniqsa, ayollar va bolalarga ta’sir qiladi. Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan omillar va sabablar ochib berilgan, shuningdek, Yevropada oilaviy zo‘ravonlik holatlari yoritilgan.

23-30 0 0