Maqolalar soni: 54

Sotsiologiya

Autizm spektrining buzilishi diagnostikasida gender farqlar
Musayeva Mexribon Ikrom kizi

Maqolada autizm spektrining buzilishi (ASB) tashxisida gender farqlari masalasi ko‘rib chiqiladi. Garchi autizm spektrining buzilishi keng miqyosda o‘rganilgan bo‘lsa-da, tadqiqotlar o‘g‘il va qizlar o‘rtasida simptomlarni aniqlash va tashxislash yondashuvlarida sezilarli farqlarni namoyon etadi. Maqolada ushbu nomutanosiblikka ta’sir etuvchi omillar, masalan, ijtimoiy stereotiplar, turli jinsdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalar va muloqot xususiyatlaridagi farqlar tahlil qilinadi

Biznesda gender assimetriyasi: O'zbekistonning milliy xususiyatlari
Karimova Dildora Mirsabitovna

В статье проанализировано состояние женского предпринимательства в Узбекистане через призму существующей гендерной асимметрии в бизнесе и выявлены присущие для страны национальные особенности. С использованием мирового опыта определены основные приоритеты развития женского предпринимательства в Узбекистане.

Ekologik sivilizatsiya rivojida inson-tabiat munosabatlarining o‘zgarib borishi
Samanova Shaxlo Boxtiyarovna

Inson intellekti ishlab chiqarish, fan va ta’lim sohasida mislsiz yutuqlarga erishdi. Ammo bugungi taraqqiyot darajasiga xavf solib turgan bir qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ular ichida ekologik xavf-xatarlar nihoyatda keskinlashmoqda. Insoniyatning kelajak avlodga mushkul va ayanchli muammoni voris qilishi bilan masalani yanada dolzarblashtirish ehtimoli yuqoridir.
Ushbu maqolada insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lgan ekologik sivilizatsiyaning global muhitga ta’siri, ishlab chiqarish jarayonlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy qarashlar tahlil qilingan hamda amaliy taklif-tavsiyalar berilgan.

53-58 63 0
Gender institutlari bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Xonturayev Bobur

Gender institutlari jamiyatlarda jinslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ijtimoiy-iqtisodiy dinamikaga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab tizimlar, standartlar va xatti-harakatlardir. Ushbu maqola gender institutlarining ilmiy-nazariy asoslari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganadi. Sotsiologiya, iqtisod va gender tadqiqotlaridagi fanlararo tadqiqotlardan foydalanib, biz gender institutlarining murakkab xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz, ularning hukumat, madaniyat hamda iqtisodiy tizimlar bilan kesishishini o‘rganamiz.


Muallif gender institutlarining odamlarning resurslar, imkoniyatlar va huquqlardan foydalanishiga ta’sirini tahlil qilgan va bu, o‘z navbatida, ularning hayotiy natijalariga ta’sir qiladi, ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, iqtisod, institutsional nazariya va tanqidiy nazariya kabi nazariy asoslar gender institutlari faoliyat yuritadigan va nomutanosibliklarni davom ettiradigan murakkab jarayonlarni tushunish uchun qimmatli istiqbollarni taqdim etadi. Bundan tashqari, muallif turli ijtimoiy-iqtisodiy muhitda gender institutlarining turfa shakllari va ta’sirini aniqlashtirish uchun turli kontekstlardagi empirik ma’lumotlarni ko‘rib chiqqan. Ushbu maqola ilmiy tushunchalar va nazariy qarashlarni uyg‘unlashtirib, gender institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqidagi bilimimizni oshiradi. Unda ushbu institutlarning inklyuziv rivojlanishiga ko‘maklashish va gender tengligi kun tartibiga erishishdagi ahamiyati ta’kidlangan. Bu adolatli va barqaror jamiyatlarni rivojlantirish uchun gender tuzilmalarini o‘zgartirishga intiladigan multidisipliner tadqiqotlar va siyosiy harakatlar zarurligini ta’kidlaydi.

16-24 207 28
Gender madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy tahlili
Davronova Feruza Rahmonovna

Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va uning gender siyosatiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy-tarixiy, struktur va gender yondashuvlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va ommalashtirish, bir tomondan, davlatning gender siyosatiga ijobiy ta’sir qilib, ikkinchi tomondan, jamiyatda gender munosabatlarining transformatsiyasiga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda, egalitar xususiyat kasb etishi borasida so‘z boradi. Tizimli tarzda amalga oshirilgan gender strategiyasi jamoatchilik ongiga ta’sir etib, gender stereotiplarining egalitar xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarga o‘rnini almashishi, zamonaviy jamiyatda erkak va xotin-qizlarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi borasida xulosalar bayon etiladi

11-15 95 27
Gender munosabatlar sotsiologik va psixologik yondashuvlar talqinida
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada gender munosabatlar tushunchasi mazmuni sotsiologik va psixologik yondashuv asosida ochib berilgan. Unda tadqiqotlarda gender yo‘nalishidagi ilmiy ishlarni tahlil qilish orqali gender munosabatlari bo‘yicha asosiy tendensiyalar va istiqbollarni belgilash masalalari ko‘tarilgan.

11-17 1 0
Gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim institutining o‘rni: avlodlararo ijtimoiy tahli
Vaxidova Sofiya Asratulloyevna

Ushbu maqolada gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim instituti o‘rnining avlodlararo ijtimoiy tahlili tadqiqotlari olib borilgan. Tadqiqot doirasida bebi-bumerlar X, Y (milleniallar), Z va Alfa avlodlari vakillarining ta’lim olish imkoniyatlari va erishgan ta’lim darajalari tarixiy va qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Shuningdek, har bir avlodda ta’limga bo‘lgan imkoniyatlarning kengayishi gender rollarining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro statistikalar va ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirildi hamda bu orqali ta’lim institutining gender tengligini ta’minlashdagi institutsional ahamiyati ochib berildi.

26-36 299 41
Gender tengligi va gender statistikasi: Moldova tajribasi
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan gender tengligining ijtimoiy-huquqiy jihatlari, gender tengligiga erishishda uchrayotgan muammolar, bu borada olib borilayotgan ishlar, gender tahlili, statistikasi borasida Moldova tajribasi tahlil qilinadi.

30-34 1 1
Harbiy rahbar-komandirlar faoliyatida imijning ijtimoiy-psixologik tamoyillari
Ravshanov Lochinbek Urinovich

Ushbu maqola komandir imijini shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa tizimidagi harbiy xizmatchilarning kasbiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola mazmunida asosli manbalar orqali shaxsning individual qiyofasi, shaxsning psixologik qiyofasi, obrazning ijtimoiy-madaniy funksiyalarini psixologik tadqiq etish keng yoritilgan.

42-48 1 0
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari
Hashimova Gulsina Ismoilovna

Ushbu maqolada harbiy ijtimoiy ishning huquqiy asoslari, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning faol shakllari hamda ijtimoiy huquqlarining asosiy kafolatlari ochib berilgan. “Kafolatlar” tushunchasi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan obyektiv va subyektiv omillar, shartlar va vositalarning yig‘indisi sifatida tavsiflanadi

32-36 218 35
Ijtimoiy gerontologiya muammmolarini tadqiq qilishda sotsiologik yondashuvlar va ularning talqini
Xodjayev Sobir Djumayevich

Ushbu maqolada gerontologiya muammolarini o‘rganishda keksalik va qarish jarayonlari bo‘yicha asosiy sotsiologik nazariyalar, ularning asosiy ilmiy g‘oyalari va asoslari ochib berilgan. Shu bilan birga, bu sotsiologik qarashlarning ustun tomonlari va kamchiliklari ilmiy mushohada asosida tahlil qilingan, ularning yondashuvlaridagi o‘zgarishlar davriylik nuqtayi-nazaridan asoslangan hamda bu nazariyalar asosida empirik tadqiqotlarning fanlararo umumiy metodologiyasini yaratish zaruriyati ko‘rsatilgan.

35-41 3 0
Ijtimoiy kayfiyat fenomeni sotsionomika nazariyasi yondashuvi talqinida
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

Sotsionomika zamonaviy G‘arb jamiyatida mashhur bo‘lib borayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ko‘p jihatdan aholi va ma’lum toifalarning ijtimoiy kayfiyatiga nisbatan sezuvchan bo‘lgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarni, jumladan, moliyaviy bozordagi xulq-atvor harakatlarini va ularning o‘zaro aloqadorligini tadqiq qiladi. Mazkur maqolada yuqorida sotsionomika nazariyasining kelib chiqishi hamda ijtimoiy kayfiyat sotsionomika nazariyasi yondashuvida qay tarzda tahlil qilinishi, sotsiometrlar sifatida qabul qilingan ko‘rsatkichlar borasida fikr yuritilgan.

13-18 220 26
Intellektual migratsiyani tadqiq etishning konseptual asoslari
Kadirova Zulayxo Abduxalimovna, Gaziyeva Sulxiya Saidmashrafovna

Ushbu maqolada intellektual migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari, shuningdek, intellektual migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Intellektual migratsiyaning barcha jihatlari ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi

14-20 183 31
Jamiyatda o‘smir onalarning ijtimoiy mavqeyi va unga ta’sir etuvchi omillar
Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada jamiyatda o‘smir onalarning ijtimoiy mavqeyining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan, ularning ijtimoiy mavqeyiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilgan.

64-67 2 0
Kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender aspektlari integratsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna

Kadrlar zaxirasi boʻyicha rahbar kadrlarni qayta ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatsizliklarning sababi faqat kadrlar ishi subyektlarining kamchiliklari yoki zaxiradagilar orasida oʻzini oʻzi rivojlantirish uchun motivatsiyaning yoʻqligi deb hisoblamaslik kerak. Koʻpgina muammolar kadrlar zaxirasini tayyorlashning psixologik jihatlari bilan bog‘liq. Psixologik jihatlar kadrlar zaxirasi bilan ishlashning barcha bosqichlariga tom ma’noda kiradi. Agar kadrlar bilan ishlash subyektlaridan zaxiradagilarga nisbatan ijobiy impulslar kelib chiqsa, ularga malaka oshirish uchun maksimal imkoniyatlar berilsa, kadrlar zaxirasi tashkilotchilari zaxiradagilardan ijobiy fikr olish ehtimoli katta. Bu hodisa simbioz fenomeni bilan bogʻliq boʻlib, bir tomonning ijobiy harakatlari boshqa tomonning ijobiy reaksiyasi bilan birga keladi. Kadrlar zaxirasini rivojlantirishning ijobiy yoʻnalishda mustahkamlanishi samarali boʻladi. Shuningdek, kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender aspektlari integratsiyasini ham inobatga olish muhim hisoblanib, maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

49-54 1 0
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda davlat, jamiyat va inson omilining o‘zaro uyg‘unligi
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Maqolada O‘zbekiston sharoitida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi, mazkur yo‘nalishda davlat siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari va alohida shaxslarning o‘zaro munosabatlari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif davlatning kafolatchilik roli, jamiyatning axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi hamjihatligi hamda ijtimoiy tenglik, adolat, imkoniyatlar yaratuvchanligi, ijtimoiy himoya mexanizmlarining innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan rivojlanish zarurati ta’kidlangan. Maqola zamonaviy O‘zbekiston tajribasini nazariy asoslar bilan uyg‘un holda ko‘rsatishga urinishdir.

38-43 266 34
Ma’naviy tarbiya – inson shaxsini kamol toptirish omili
Majitov Maxmud Abdimo‘min o‘g‘li

Maqolada inson shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi subyektiv omillardan biri bo‘lmish aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni haqida so‘z boradi. Muallif tomonidan inson shaxsi mutlaqo o‘zgarmas fenomen emasligi ta’kidlanib, uning tarkibidan joy olgan elementlar insonning butun umri davomida shakllanib va takomillashib borishi yoritilgan. Xususan, maqolada inson shaxsining shakllanishi, kamol topishida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat ya’ni tarbiyaning o‘rni ochib berilgan. Jumladan, uzluksiz ma’naviy tarbiya yagona maqsadga bo‘ysundirilganida, har bir subyekt umumiy maqsadning aniq bir qismini mufassal bajarganidagina mazkur subyektiv omilning samarasi baland bo‘lishi ilmiy asosda yoritib berilgan.

82-91 0 0
Mehnat migratsiyasi feminizatsiyalashuvi: xotin-qizlar psixologiyasi va ijtimoiy identifikatsiya
Axmedova Dildora Olimjonovna

Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, ya’ni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining oʻziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu koʻp jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Bandlik tuzilmasida xizmat koʻrsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat koʻrsatish sohasida malakasiz mehnatda band boʻlgan migrant ayollarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi

19-25 98 28
Mehnat munosabatlarida kamsitish holatlarining oldini olish va gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy huquqiy jihatlari
Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna, Kadirova Tulunoy Juratovna

Mazkur maqolada xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat munosabatlarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashning ahamiyati hamda ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, xalqaro huquq talablari va xorijiy mamlakatlar tajribalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar ulushining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rsatilib, ular orasida ish joyida kamsitish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi

4-11 235 18
Migratsiya jarayonining globallashuvi: ijobiy va salbiy oqibatlar
Saipova Maloxat

Mazkur maqolada muallif olimlarning tadqiqotlari asosida mehnat migratsiyasi haqida qisqacha to‘xtab o‘tiladi. Shuningdek, mehnat migrantlarining farzandlari bilan o‘tkazgan amaliy tadqiqoti natijalarini bayon qilgan holda mehnat migratsiyasining mamlakatimiz uchun ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qiladi

10-15 255 35
Oilalar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda ayollar uy xizmati migratsiyasining o‘rni
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Xorijga uy xizmati faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan ayollar, asosan, oilalarning daromadini oshirish, farzandlar ta’limi va sog‘ligiga mablag‘ yo‘naltirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashda muhim iqtisodiy manba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayollar migratsiyasi oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar va gender rollariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ayollarning migratsion faoliyati kambag‘allikni qisqartirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ijtimoiy muammolar: oilaviy ajralishlar, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar va psixologik bosim kabi salbiy oqibatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari ayollarning uy xizmati migratsiyasini samarali boshqarish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

22-27 62 18
Oilaviy hayotdagi zo‘ravonlikning sotsiologik tahlili
Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy

Maqolada oiladagi zo‘ravonlik muammosi, uning sabablari, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi hamda xorijiy tajriba o‘rganilgan.

59-63 1 0
Oilaviy munosabatlar transformatsiyalashuvining nazariy-metodologik asoslari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Jamiyat patriarxal tizimining o‘zgarishi, zamonaviy oilaviy qadriyatlar va munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq individual-subyektiv jarayonlar, sivilizatsiya, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, huquqiy globallashuv va boshqa omillar ta’siri natijasida jamiyatda oila rivojlanishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tubdan o‘zgardi. Transformatsiyaning asosiy vektori va uning tipologik xilma-xilligi oiladagi munosabatlarning egalitarizatsiya (ijtimoiy maqomlarning tengligi) darajasiga o‘tishi sifatida ifodalanadi.

18-22 158 30
Oilaviy munosabatlarda yuksak ideallar – adolat, muhabbat, do‘stlik, birodarlik, o‘zaro hurmat-izzat tamoyillari
Muxamedjanova Lalixon

Ushbu maqolada oila ijtimoiy institut sifatida qaralib, uning barqarorligi va rivojlanishida adolat, muhabbat, do‘stlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatida shaxsni ijtimoiylashtirishda katta rol o‘ynaydi. Muallif oilaviy munosabatlarning nazariy va metodologik tahlillariga asoslanib, Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Jorj Gerbert Mid va Platon kabi mutafakkirlarning qarashlarini yoritadi.

12-18 296 23
Oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xorij tajribasining о‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Jahongir qizi

Zamonaviy davrda har bir davlat о‘zining milliy borligini, uning mavjudligini belgilab beruvchi oila modelini globallashuvning ommaviy madaniy kо‘rinishlarining salbiy ta’siridan himoya qilish uchun bor kuchini sarflaydi. Ayni paytda, ayniqsa, Yevropa davlatlarida oila institutining zaiflashishi, ayrim hollarda hatto barbod bо‘lishi borasidagi tashvishlarning kuchayishi masalaning hayotiy ahamiyati va dolzarbligini yana bir karra namoyon etmoqda

17-23 270 16