Maqolalar soni: 39

Ijtimoiy pedagogika

O‘smir yoshdagi bolalarning fazilatlarini rivojlantirishda atrof-muhit va pedagogik guruh faoliyatining ta’siri
Mavlonov Boxodir Biloljonovich

Mazkur maqolada o‘smirlarning xulq-atvorida hushyorlik va ogohlik fazilatlarini shakllantirish, oilada va ta’lim sohasida ijobiy ijtimoiy, ma’naviy, psixologik muhitni yaratishning metodik-uslubiy tizimini takomillashtirish bo‘yicha mulohazalar, shu bilan birga, pedagog va pedagogik guruh faoliyatining o‘smirlarga ta’siri borasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham keltirilgan

61-74 101 19
Raqamli transformatsiya sharoitida talabalarni kasbga yo‘naltirishning pedagogik ta’minotini rivojlantirish
Mallayev Ravshanov, Ro‘zimova Shohsanam Ixtiyor qizi

Bugungi raqamli transformatsiya davri ta’lim sohasiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Ta’lim oluvchilarni mehnat bozorining zamonaviy talablari asosida kasbga yo‘naltirish jarayoni ijtimoiypedagogik yondashuvni takomillashtirishni talab qiladi. Bu jarayonda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim jarayonini mehnat bozoriga moslashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-pedagogik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

26-30 1 0
Sharq allomalari asarlarida farzand tarbiyasiga oid fikrlarning ijtimoiy pedagogik mohiyati
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Maqolada sharq allomalari asarlarida yoritilgan farzand tarbiyasiga oid fikrlar tahlil qilingan. Farzand tarbiyasi jamiyatning maʼnaviy-axloqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun asosiy vosita ekanligi haqida soʻz yuritilgan. Bolada halollik, toʻgʻrilik, adolat, mehribonlik kabi goʻzal sifatlar shakllanishida ota-ona unga beradigan tarbiyaning ahamiyati haqida soʻz boradi.

27-32 4 1
Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvori masalalarining o‘rganilishi
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li

Ilmiy maqolada Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvoriga oid qarashlarining tahlili to‘liq ochib berilgan. Bundan tashqari, shaxs xulq-atvoriga o‘qtuvchi ta’siri, muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari, odob-axloq qoidalari, tushunchalari tahlil etilgan.

15-23 1 0
Sharq olimlari qarashlarida yoshlarni nikohga tayyorlash masalasi
Magdiyeva Zamira Yuldashxanovna

Oila – jamiyat tayanchi. Oila mustahkamligi jamiyat taraqqiyotining garovidir. Biroq bugungi kunda ko‘p hollarda nikoholdi yoshlarning oilaga tayyor emasligi ajrimlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada ham yoshlarni nikohga, oila qurishga tayyorlash masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, maqolada mazkur masala yuzasidan Sharq olimlarining qarashlari bayon etilgan.

37-42 0 0
Talaba qizlarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmuni
Voxidova Norposhshaxon Xabibullayevna

Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim-tarbiya tizimini ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishlari zarurligiga asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsadi va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

78-83 3 1
Ta’lim muassasasi xodimlarining motivatsiya tizimini takomillashtirish
Qayimova Maftuna Tursunovna

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim sohasining faolligini kuchaytirish maqsadida xalqaro standartlar asosida xodimlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ish samaradorligini oshirish uchun motivatsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Zamonaviy boshqaruvda zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish inobatga olingan.

45-57 1 0
Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Maqolada ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyasi vositalaridan foydalanishning zamonaviy usullari ahamiyati atroflicha yoritilgan

99-106 70 7
Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni
Egamberdiyeva Gulxayohon Bahodir qizi

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim boshqaruvida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, afzalliklari va qo‘llanilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Maktab direktorlarining raqamli kompetentligini oshirish yo‘llari va
innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari tavsiya etilgan

79-88 118 13
Umumta'lim maktabida Asperger sindromi bo'lgan bolalarni ijtimoiylashtirish tajribasi
Musaeva Mehribon Ikrom qizi

Bugungi kunda bolalardagi autizm spektrining buzilishi biologik sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi va miya rivojlanishidagi buzilishlar natijasi hisoblanadi. Mutaxassis bolaning rivojlanishiga yordam berishni qancha erta boshlasa, kelajakda bolaning jamiyatga moslashishi shuncha oson bo‘ladi. Maqolada, shuningdek, maktab yoshidagi bolalarga yordam berish muhimligi ta’kidlangan.

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi ijtimoiy profilaktik dasturlar
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda davlat va jamiyat tomonidan qator tadbirlar va dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturlar bolalar, ularning ota-onasi va boshqa oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va ijobiy odatlarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada xorijiy davlatlardagi bir nechta samarali ijtimoiy pedagogik dasturlar tahlil qilingan.

51-58 1 0
Yosh avlod tarbiyasidagi ta’lim-tarbiya haqidagi buyuk mutafakkirlarning qarashlari
Nurbayeva Marvarid Tavakkalovna

Maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari ijodida yosh avlod tarbiyasiga xos xususiyatlar o‘z aksini topgan. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiylarning bola tarbiyasiga oid asarlari.

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy moslashuvda ta’lim va tarbiyaning ahamiyati
Djanaliyeva G.A., Sayfiddinova Sh.S.

Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy maslashuvida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati o‘rganiladi. Yoshlar ta’lim orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan axloqiy va madaniy me’yorlarni o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, ta’lim va tarbiya yoshlar uchun ijtimoiy maslashuv jarayonida muhim omil sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada yoshlar ishi, ularning ijtimoiy maslashuvi va ta’limning bu jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi.

43-48 0 0
Ziddiyatlarni bartaraf etishda ijtimoiy va madaniy omillar
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Ushbu maqolada er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishda ijtimoiy va madaniy omillarning o‘rni, ularning o‘zaro aloqalari va ziddiyatlarini qanday hal qilishda qanday rol o‘ynashi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu omillarning o‘zaro ta’siri va ziddiyatlarini qanday hal qilishda qanday samarali usullarni qo‘llash mumkinligi tahlil qilinadi.

14-19 2 0