2024-yil. 2-son.

2024-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 17-02-2026

Maqolalar

Yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan oilaviy ajralishlar tahlili
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada nikohdan ajralish holati batafsil tahlil qilingan bo‘lib, yosh oilalarda nikohdan ajralish holatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 30 yoshgacha nikohdan ajrashgan er-xotinlarning yillar kesimida taqsimlanishi, 30 yoshgacha nikohdan ajralganlarning nikoh davomiyligi bo‘yicha taqsimlanishi alohida tahlil qilingan. Yakuniy qismda xulosa, taklif va taviyalar beilgan.

46-53 1 0
O‘smirlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda oila va maktab jamoasining o‘rni
Xudoyberdiyeva Marhabo Abduqahhorovna

Ushbu maqolada kitob mutolaasining tarixiy asoslari, bugungi kundagi kitobxonlik ko‘rsatkichlari va uning jahon davlatlari bilan qiyosiy tahlili berilgan. Bundan tashqari, milliy va xorijiy tajribalarga asoslangan holda oila, maktab, mahalla va ommaviy axborot vositalari hamkorligi orqali o‘smir yoshlarda kitobxonlik malakalarini rivojlantirish masalalariga doir metodik tavsiyalar berilgan.

31-37 0 0
Farzand tarbiyasiga oid xorij olimlarining qarashlari
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Farzand tarbiyasi pedagogik, psixologik, tibbiy jixatdan juda murakkab va muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Maqolada xorij olimlarining farzand tarbiyasiga oid yondoshuvlari tahlil qilinadi. Farzandni to‘g‘ri tarbiyalash, ma’naviy, aqliy, ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘lom shaxs sifatida shakllanishida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

20-25 2 0
Shahar madaniyati va uning ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdagi o‘rni
Nodirjon Xolmirzayev Nizomjonovich

Maqolada shaxsning ma’naviy rivojlanishi jarayonida shahar madaniyatining o‘rni, tarkibiy qismlarining ahamiyati, bu jarayonda yuz beradigan asosiy omillar, ular keltirib chiqaradigan natijalar va bu borada amalga oshirishilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritiladi.

4-10 1 0
Turkiston jadidchiligi: ilm va taraqqiyot uchun kurash
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, mintaqadagi siyosiy va ma’rifiy o‘zgarishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Jadidlar Turkistonni ilm-fan, ta’lim va madaniyat orqali rivojlantirishga intilganlar, ularning harakati ma’rifiy ongni yuksaltirish va milliy davlat qurish jarayoniga katta hissa qo‘shgan. Maqolada jadidlarning Turkiston jamiyatidagi siyosiy erkinlik va ijtimoiy adolat uchun kurashlari ham yoritiladi.

54-58 1 0
Zo'ravonlikni boshdan kechirgan ayollarning psixologik xususiyatlari
Primbetova Nazira

Maqolada ayollarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi va oiladagi zo‘ravonlik holatlarida ayollarning psixologik xususiyatlarining nazariy tahlili ko‘rib chiqiladi.

Raqamli transformatsiya sharoitida talabalarni kasbga yo‘naltirishning pedagogik ta’minotini rivojlantirish
Mallayev Ravshanov, Ro‘zimova Shohsanam Ixtiyor qizi

Bugungi raqamli transformatsiya davri ta’lim sohasiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Ta’lim oluvchilarni mehnat bozorining zamonaviy talablari asosida kasbga yo‘naltirish jarayoni ijtimoiypedagogik yondashuvni takomillashtirishni talab qiladi. Bu jarayonda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim jarayonini mehnat bozoriga moslashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-pedagogik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

26-30 1 0
Ma’naviy qadriyatlar asosida o‘smirlarni oilaga tayyorlashni samarali tashkil etish
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, Ortikova Musallam Jahongir qizi

Maqolada ma’naviy qadriyatlar doimo boyitilib, ma’naviyat orqali singdirilganligi va bu o‘smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashda juda muhim ekanligi qayd etilganligi, ma’naviy qadriyatlar o‘smirlarning oilaviy hayotga tayyorlanishida ham barcha ehtiyojlarini qondirishga, ta’minlashga xizmat qiladigan, ota-bobolar tomonidan shakllantirib kelinayotganligi keltirilgan.

11-19 2 0
Raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlari va qiyosiy tahlili
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqola raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlarini tahlil qiladi va turli mamlakatlarning ta’lim tizimlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishni ko‘rib chiqadi. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Singapur, Xitoy, Hindiston va O‘zbekistonda raqamli kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va strategiyalar tahlil qilinadi. Har bir mamlakatning raqamli ta’lim siyosatining xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqliklar ko‘rsatiladi. O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan sa’yharakatlar
va raqamli ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvlar ham alohida ta’kidlanadi.

59-64 0 2