Ushbu maqolada Quyi Amudaryo hududida kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning aholi sog‘ligi, zichligi, urbanizatsiya darajasi, tabiiy ko‘payish va migratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Quyi Amudaryo geodemografik tumanidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslangan, aholi o‘rtasidagi kasallanish, o‘lim va tug‘ilish dinamikasi tahlil qilingan. Mintaqaning iqtisodiy, demografik va ekologik muammolari yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirilgan.