2022-yil. 1-son.

2022-yil. 1-son.
Nashr qilingan: 18-03-2025

Maqolalar

Tibbiyot xodimlarining kasbiy identifikatsiyasining oila va jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitga psixologik ta’siri
Nurmatov Azizbek Nuralievich

The content of this article describes the theoretical and methodological foundations, goals and objectives of the integration of medical higher education institutions and the family, the community, the system of spiritual and moral educational processes. The article provides theoretical information that is an integral part of medical and professional activities, ensuring their mastery by professional practitioners in the field of child rearing

108-116 0 0
Ijtimoiy boshqaruv kontekstida rahbarning korporativ kompetensiyalar matritsasi
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada ijtimoiy boshqaruvning dolzarb muammolari, xususan, globallashuv kontekstida korporativ menejment, zamonaviy rahbarning kasbiy kompetensiyalar matritsasi tahlil qilinadi.

29-39 0 0
Xotin-qizlar kompetensiyasini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
Arabov Nurali Uralovich, Nasimov Dilmurod Abdulloyevich

Ushbu maqolada respublikamizda xotin-qizlar kompetensiyasini shakllantirishning maqsad va vazifalari, xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy tamoyillari, shuningdek, ularning intellektual salohiyatini shakllantirish modelini ishlab chiqish jarayoni tadqiq etilgan

98-103 0 0
Ta’lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlar rolini yanada oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Xonturayev Bobur

Ushbu maqolada xotin-qizlarning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi faoliyati tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha tajribalari o‘rganilgan hamda ulardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

4-14 9 0
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar
Xoliqulova X.Y

Ushbu maqolada nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhitning qulayligi va nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuvi dolzarb masala sanaladi. Chunki nogironlarning huquq va manfaalatlari darajasini oshirish vazifalarini kompleks hal qilish zarurati zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy jihatlaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda taraqqiyotning salbiy demografik tendentsiyalarining zamonaviy sharoitida jamiyatdagi nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Bu kadrlar taqchilligi hamda davlat iste’mol fondlariga bo‘lgan ijtimoiy yukni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu maqolada nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-siyosiy omillar: ularning turmush darajasi, davlat darajasida ijtimoiy himoyaning asosiy muammolari, ularning bandligiga ta’sir etuvchi omillar, nogironlarni turli kasblarga o‘rgatish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari tahlil qilinadi.

81-89 1 0
Oilada barqaror muhitni ta’minlashda milliy hunarmandchilikning o‘rni
Yulchiyeva Dildora Xabibullayevna

Mazkur tezisda oilada barqarorlikni saqlashda milliy qadriyatlarga tayangan holda yoshlarimizni milliy hunarmandchilikka o‘rgatish, ularni samarasiz vaqt sarflamaslikka erishish xususida fikrlar bayon etilgan

61-70 0 0
Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning ijtimoiy-psixologik asoslari
Narmetova Yulduzxan Karimovna

Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etish muammolari, shu sohadagi tadqiqotlar tahlili hamda amaliy ishlar natijalari, shuningdek, “tibbiy psixolog” lavozimining joriy qilinishi, aholiga qulay va yuqori sifatli tibbiy-psixologik yordam kо‘rsatish masalalari, umuman olganda, sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning ijtimoiypsixologik asoslari yoritib berilgan

117-125 0 0
Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari
Norqulov Husniddin Do‘sbekovich, Jumanov Sherzod Salayevich

Maqolada fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini о‘rnatish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirishning dolzarb masalalari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash vositalari va ularni takomillashtirish masalalari о‘rin olgan. Maqolada fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishning bir nechta shakllari, ya’ni davlat organlariga murojaatlar va sо‘rovlar; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etishi; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini о‘rganish; fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish kabilar tadqiq etilib, bu boradagi ishlarni samarali amalga oshirish yuzasidan amaliy takliflar va uslubiy tavsiyalar berilgan.

40-54 2 1
Gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
Bayjonov Furqat Baxramovich

Мaqolada keyingi yillarda gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar hamda gender madaniyat yuzasidan ma’lumotlar berilgan

104-107 0 0
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi
Aduramanov Xamid Xudаybergenovich, Zokirov Shuhrat

Maqolada xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik va biznes faoliyatini rivojlantirish, ushbu yо‘nalishda ularni qо‘llab-quvvatlash masalalari bо‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi tadqiq qilingan. Ushbu tajribalar asosida mamlakatimizda xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

15-28 9 0
Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish mexanizmlari
Mambetjanov Qahramon Qurbandurdiyevich, Ibragimov Lutfullo Ziyodullayevich

Ushbu maqolada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan, ishsiz ayollar bandligini ta’minlashning yangi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida о‘tkazilgan sotsiologik sо‘rov natijalari keltirilgan hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

90-97 0 0
Oilaning tizim sifatida faoliyat ko‘rsatish shakllari
Babadjanova Nargis

Maqola muallifi oilani tahlil qilishning yetakchi yondashuvlaridan biriga, ya’ni oilaning tizim sifatidagi nuqtayi nazariga murojaat qiladi. Ushbu yondashuvning asosiy qoidalari ikkita asosiy bayonotdir: 1) butun boshli, uning qismlari yig‘indisidan kattaroqdir; 2) butunning barcha qismlari va jarayonlari bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi va o‘zaro shartlashadi. Maqolada, shuningdek, yakuniy malakaviy ish doirasida amalga oshirilgan mintaqamizdagi oila tizimlarining uyg‘unligi va moslashuvchanligi parametrlarini o‘rganish natijalari e’lon qilingan.

71-80 0 0
Autizm sindromli bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarining psixologik omillari
Avezova Durdona Gafurjon qizi

Maqolada autizm sindromli bolalarda kognitiv jarayonlar buzilishlarining psixologik omillari hamda uning amaliy jihatlari keltiriladi. Autizm sindromli bolalar hayotiy faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar psixologik tahlil qilinib, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini amalga oshirish, tizimda ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu ilmiy muammo bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari beriladi

126-134 0 0
Janubiy Koreya Respublikasida mahalliy hokimiyat boshqaruvi
Sodiqov Furqat Fatulloyevich

Ushbu maqolada Koreya Respublikasi boshqaruv organlarining tuzilishi, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlarining bo‘linishi, ta’rifi va vazifalari yoritib berilgan

55-60 0 0