2023-yil. 3-son.

2023-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 29-01-2026

Maqolalar

Oilalar farovonligida ota-ona va inson qadr-qiymatining ahamiyati
Safoyeva Ra’no Jalolovna

Maqolada bugungi kunda oilalarimiz farovonligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi, ota-ona tarbiyasi, milliy qadriyatlarimiz, ota-ona o‘gitida oilaning muqaddasligi, oilani asrab-avaylashning o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish kabilar dolzarb ekani haqida to‘xtalib, o‘g‘il-qizlarni qadriyatlar tizimida tarbiyalash masalalari ochib berilgan.

97-107 15 20
Demografik rivojlanishning normativ-huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich

Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni tartibga solishga qaratilgan normotiv huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Shuningdek, demografik jarayonlarni о‘rganish va tahlil qilishning institusional asoslari keltirilgan hamda demografik rivojlanishning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

34-39 1 0
Yoshlar yetakchilarining boshqaruv sifatlarini o‘rganishning uslubiy asoslari
Inoyatova Saidaxon Rustam qizi

Yetakchilik tushunchasini ko‘rib chiqayotganda insonning shaxsga, odamlar guruhiga ta’sir qilish qobiliyatini tushunishi, umumiy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilishi kerak. Bu guruh a’zolarining faoliyatiga ta’sir qilish uchun shaxsiy hokimiyatdan foydalanadigan ijtimoiy-psixologik turdagi tabiiy jarayon sifatida tushuniladi. Rahbar munosabatlar tizimida o‘zgarishlar kiritadigan xatti-harakatlarni shakllantirish orqali jamoaga ta’sir qiladi. Rahbar va uning xulq-atvori, odatlari boshqalardan ajralib turadi, natijada ishonch, jamoani boshqarishga tayyorlik, qarorlar va faoliyat natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Oilaviy munosabatlarda muloqotning o‘rni
Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Bugungi kunda oilaviy ajrimlarning oldini olish yuzasidan bir qancha ishlar hamda tadqiqotlar olib borilayotgani holda, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash ham dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bu borada bir qancha omillar qatorida muloqot ham eng asosiy e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan dolzarblik kasb etmoqda. Shu jihatdan muloqot oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi eng muhim omil ekanligi mazkur maqolada tahlilga tortilib, misollar asosida dalillangan. Shuningdek, maqola so‘ngida tahlilga tortilgan muammo yuzasidan xulosa va tavsiyalar berilgan.

85-91 15 18
Qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning samarali tashkiliy mexanizmlari ta’sirini aniq sotsiologik baholash
Xomitov Komiljon Zoitovich

Ushbu maqolada qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan samarali tashkiliy mexanizmlarining ta’siri aniq sotsiologik baholangan. U asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning zamonaviy turlari va vositalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

18-26 16 17
“Psixologik salomatlik” tushunchasining ilmiy-nazariy tasnifi
Yusupxodjayeva Umida

Maqolada psixologik salomatlik tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan, xususan, xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan berilgan tasniflar ko‘rib chiqilgan. Psixologik salomatlik konsepsiyasi va uning darajalari bayon etilgan.

126-131 16 18
O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning joriy holati tahlili
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Mazkur maqolada gender tengligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan choratadbirlar, davlat va jamiyat hayotida ayollarning roli va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi va rahbarlik lavozimlarida, sud-huquq, ta’lim, mehnat hamda bandlik yo‘nalishlarida gender statistikasi tahlili yoritilgan.

69-75 2 2
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va reablitatsiya markazlari bo‘yicha xalqaro tajriba
Egamberdiyeva N.M., Yunusov U.O.

O‘zbekiston bugungi kunda dunyo hamjamiyati bilan tenglashish va umuminsoniy tendensiyalarga hamqadam bo‘lishni ixtiyor etgan ekan, xalqaro tajribani ham inobatga olmoqda. Ayollarni himoya qilish, ularning haq-huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish masalasi har davrda ilm-ma’rifatli jamiyatning ustuvor maqsadi bo‘lgan. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Yevropa Ittifoqining Germaniya, Finlyandiya hamda Estoniya kabi davlatlarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki uchrayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reablitatsiya qilish markazlarining ish usuli hamda tajribasi haqida so‘z yuritiladi.

4-10 8 18
Psixosomatik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar psixoemotsional sohasining jins xususiyatlari
Narmetova Yulduz Karimovna

Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan emotsional holat buzilishlari, ularning kasallikning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishidagi roli, jins tafovutlari o‘rganilgan. Ta’kidlanadiki, psixosomatik kasalliklar ko‘pincha emotsional holat buzilishlari bilan niqoblanishi va aksincha mazkur kasalliklarda emotsional soha buzilishlari kasallikning batamom tuzalib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holatlar psixosomatik kasalliklar klinikasida psixologik yordamni tashkil etish va barcha psixoprofilaktik hamda korreksion tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

113-117 3 1
Kreativlik fenomeni: etimologik va nazariy eksplikatsiyasi
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.

54-62 6 18
iWrite asosida onlayn yozish xatolarining turlari va sabablari bo'yicha tadqiqot
Fu Lei

Texnologiyaning uzluksiz rivojlanishi bilan onlayn yozuv keng qo'llanilmoqda. iWrite Avtomatik Yozish Evaluation System - bu intellektual ingliz tilidagi yozuv va baholash tizimi bo'lib, u yozma ishlarni o'z vaqtida tahlil qilishi va ingliz tilini o'qitish va o'rganish bo'yicha takliflar berishi mumkin. Maqolada iWrite’dan ingliz tili bo'lmagan mutaxassislik talabalari tomonidan yozilgan 115 ta yozma matn tanlab olinadi, xatolar turlari va ularga olib keladigan sabablar tahlil qilinadi hamda o'qituvchilar va talabalar nuqtai nazaridan ingliz tilidagi yozuv, o'qitish va o'rganishni yaxshilash uchun tegishli usullar taklif etiladi.

151-158 15 18
Xotin-qizlarning hayotiy va oilaviy strategiyalari bo‘yicha Rossiya tajribasi
Ermatov Shuhrat Teshaboyevich

Tadqiqot “ayolning hayotiy strategiyalari uning shaxsiyatini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va mazmunli hayot yo‘nalishlari va hayot qadriyatlarini o‘z ichiga olgan hayotiy dunyoni qurishga hissa qo‘shadi” degan konsepsiyaga asoslanadi. Ushbu mqolada ayollarning turmushga, farzandlarga, kasbiy faoliyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga munosabati uch bosqichli yosh guruhida tahlil qilingan.

97-107 1 1
Yangi ma’naviy makon qiyofasi rivojida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
To‘xtayev Hakim Primovich

Maqolada Yangi O‘zbekistonda bunyod etilayotgan yangi ma’naviy makon qiyofasining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan aloqadorligi, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi islohotlarining jadallashuvi, ma’naviy-ma’rfiy sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berilgan.

40-46 16 17
Oilаdа о‘smir yoshidаgi bolаlаrning hushyorlik vа ogohlik fаzilаtlаrini rivojlаntirishgа doir ijtimoiу-реdаgogik fаoliуаt mаzmuni
Mavlonov Bahodir Biloljonovich

Ushbu maqolada oilada o‘smir yoshidagi bolarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishga doir tarbiya uslublari yoritilgan. Oilаdа bolаlаrning kаmol toрishi jаrауonidа ulаrdа hushyorlik vа ogohlik kаbi muhim sifаtlаrni shаkllаntirish muаууаn реdаgogik-рsixologik tа’sir о‘tkаzish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.

142-146 13 19
Yosh er-xotinlarda ziddiyatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Ikramova Kamola Shavkatovna

Mazkur maqolada yosh er-xotin munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, oila-nikoh aloqalarining ahamiyatli jihatlari, er-xotin o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarning ijtimoiy-psixologik omillari keng yoritilgan. Shu bilan bir qatorda, yosh er-xotinlar o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlillari keltirilgan.

92-96 10 18
Umumiy ta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi turlari va shakllari
Karimova Maftuna Karimberdiyevna

Maqolada ta’lim muassasasidagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, uni aniqlash va tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlarni o‘rganish va mavjud vaziyatni tahlil qilish orqali umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek, “keys menejment”, “ijtimoiy o‘zgarishlar agenti” rollarini tahlil qilish asosida o‘rganish hamda umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish xodimining o‘rni va rolini oshirishning zamonaviy usullarini takomillashtirish yuzasidan mulohaza yuritiladi.

27-33 15 17
Talabalarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li, Raimdjanova Gulasal Baxtiyar qizi

Ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili yoritilgan. Unda, shuningdek, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko‘pgina mualliflar taklif etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv ustuvorligi ko‘rib qilingan. Bundan tashqari, mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish masalalarida xorij va o‘zbek olimlarining adabiyotlari tahlil qilingan.

132-135 2 1
Oilaviy dam olish tadbirlari voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish vositasi sifatida
Nazarova Ra’no Sidiq qizi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi kelib chiqishida oiladagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona va bolaning do‘stona aloqalari sustligi muhim sabablardan biridir. Ushbu maqolada oilaviy dam olish tadbirlari ana shunday munosabatlarni mustahkamlash vositalaridan biri sifatida ochib beriladi. Shuningdek, oilaviy dam olish tadbirlari notinch oilalar, xatar guruhidagi bolalar uchun tuzilgan reabilitatsion dasturning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi.

81-84 14 17
Gender munosabatlar sotsiologik va psixologik yondashuvlar talqinida
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada gender munosabatlar tushunchasi mazmuni sotsiologik va psixologik yondashuv asosida ochib berilgan. Unda tadqiqotlarda gender yo‘nalishidagi ilmiy ishlarni tahlil qilish orqali gender munosabatlari bo‘yicha asosiy tendensiyalar va istiqbollarni belgilash masalalari ko‘tarilgan.

11-17 17 18
Ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil shaxslarda ustuvor oriyentatsiyalar tahlili
Sharapova Dildora Baxtiyarovna

Mazkur maqola respublikamizning Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridan olingan tadqiqot natijalari orqali mamlakatimizda kun sayin ortib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy qaram xulq-atvorning shaxs sifatidagi ustuvor oriyentatsiyalar bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganadi. Maqola shaxs sifatidagi ustuvor oriyentatsiyalarning ekperimental ahamiyati hamda ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil shaxslar xulq-atvorida shaxs sifatidagi ustuvor oriyentatsiyalarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining tahliliga bag‘ishlanadi.

118-125 2 2
Oila va jamiyat aloqadorligining ijtimoiy-falsafiy tahlili
Dusmatov Nodir Muxtorovich

Oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash muammosi bugungi kunda murakkab, fanlararo masalalardan hisoblanadi. Uning nazariy metodologik bazasi sifatida umumiy ijtimoiy-psixologik, pedagogik, falsafiy tadqiqotlar, balki sotsiologik asarlar bilan ifodalanadi. Ushbu maqolada ham oila va jamiyat aloqadorligi masalasi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilgan.

63-68 2 2
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda empatiyaning o‘rganilganlik darajasi
Zufarova Yulduzxon Muxiddin qizi

Ushbu maqolada kichik maktab yosh davri va yoshga doir psixologik xususiyatlar, kichik maktab yoshi shaxslararo munosabatlarida empatiyani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarga empatiyaning ta’siri yoritilgan. Chet el psixologlarining kichik maktab yosh davri xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda empatiyaning rivojlanishidagi eng muhim bosqichlari, vazifalari yoritib berilgan.

159-164 15 17
Adaptatsiya jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari
Ikmatullayev G‘ayrat Zokirovich

Mazkur maqolada adaptatsiya jarayonining psixologik etimologiyasi, o‘ziga xos xususiyatlari, uning turlari, shakllari va mazkur jarayonning ijtimoiy muhitga ijobiy va salbiy ta’sirlari bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqotlarning ilmiy xulosalari keltirilgan.

108-116 15 17
Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda keksalar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash (Singapur va Malayziya tajribasi asosida)
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada oilalarning mustahkamligi, ularning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan. Muallif Singapur va Malayziya tajribasi asosida ushbu mamlakatlarda davlat va jamiyat tomonidan oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, keksalar, xususan, qaynonalarning oila mustahkamligidagi rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratgan.

47-53 6 18
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborotlashtirishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar
To‘raqulov U.X.

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim jarayonini axborotlashtirishga qo‘yilgan zamonaviy talablarni ilmiy-metodik jihatdan asoslash masalasi tahlil qilinadi. Ushbu maqoladan bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchilar foydalanishi mumkin.

147-150 16 18