Bolalarni barkamol va yetuk shaxs sifatida kamolga yetkazish barcha davlatlar va jamiyatlarning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu muhim vazifani bajarishda davlat ham, jamiyat ham oilalarning tarbiyaviy funksiyalari doirasidagi muvaffaqiyatli faoliyatiga tayanadi. Ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda kuch ishlatish holatini tarbiyaning bir usuli sifatida qabul qilishi va bu bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik tushunchalari bilan qarama-qarshi ma’noda ifodalanishi ijtimoiy pedagogika oldiga chuqur o‘rganishlar olib borish zaruratini qo‘ymoqda. Ushbu maqolada bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlikning tarixiy jihatlari yoritilgan, bugungi kundagi huquqiy asosi bayon etilgan va ota-onalar tomonidan sodir etiladigan zo‘ravonliklarning oldini olish bo‘yicha pedagogik chora-tadbirlar taklif etilgan.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati turli bosqichlarda o‘ziga xos tarzda shakllanib kelgan. Uning davomli tarzda sodir etilishi oilaviy munosabatlar va ota-onaning pedagogik kompetentligiga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Maqolada bolalarga zo‘ravonlik munosabatining tarixiy bosqichlari ochib berilgan.