Maqolalar soni: 71

Psixologiya

"Uy bekasi sindromi" psixologik muammo sifatida
Sharapova Dildora

Sharq oilalarida ko‘pchilik ayollar uy bekasi bo‘lib, ular ro‘zg‘or yumushlari, bolalar tarbiyasi, erlari va qaynona-qaynotalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band bo‘ladilar. Biroq har kuni bir xil ishlarni qayta-qayta bajarish bugungi globallashgan dunyoda ayollarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalalarini hisobga olgan holda, ularni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatdan ham ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarining qiziqishlari va sevimli yumushlar bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi orqali muammoni yengillashtirishga harakat qilishadi. Ammo bu ham uy bekalarining jamiyatdagi muammolarini hal qilish uchun ideal yechim bo‘lmasligi mumkin. Ushbu maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uy bekalarining psixologik muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish, “uy bekasi sindromi”ni tashxislash va tuzatishning soddalashtirilgan usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan

57-67 221 14
Adaptatsiya jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari
Ikmatullayev G‘ayrat Zokirovich

Mazkur maqolada adaptatsiya jarayonining psixologik etimologiyasi, o‘ziga xos xususiyatlari, uning turlari, shakllari va mazkur jarayonning ijtimoiy muhitga ijobiy va salbiy ta’sirlari bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqotlarning ilmiy xulosalari keltirilgan.

108-116 1 0
Akademik iqtidorli talabalar bilan o'quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari
Xodjayeva Dilnovoz Jumoyevna

Maqolada akademik iqtidorli o‘quvchilarda o‘quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Akademik iqtidorli shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlari va xususiyatlarini tan olgan holda, ushbu tadqiqot samarali ta’lim strategiyalari va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar haqida tushuncha berishga qaratilgan.

90-95 136 26
Akkulturatsiya jarayonida talaba yoshlarda qadriyatlar tizimining etnopsixologik oʻziga xosligi masalalari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Oʻtgan oʻn yilliklarda etnik oʻziga xoslik muammolari boʻyicha olib borilgan intensiv tadqiqotlar natijasida psixologiyada nazariy va amaliy butunlay yangi yoʻnalish paydo boʻldi. Oʻziga xoslikning shakllanishi va rivojlanishining xususiyatlari, uning funksiyalari, tuzilishi hamda oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan elementlarini hisobga oladigan yondashuvlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Yuqorida keltirilgan omillar hozirgi kun yoshlarini milliy madaniyat va qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni jamoatchilik oldiga qoʻymoqda. Maqolada akkulturatsiya jarayoni psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinib, talaba yoshlarning qadriyatlar tizimining oʻziga xos etnopsixologik xususiyatlari doirasida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari havola etiladi.

55-61 0 0
Autizm spektrining buzilishi bo‘yicha o'zgaruvchan qarashlar: xalqaro diagnostika mezonlari va jamoatchilikning munosabatini o‘zgartirish
Musayeva Mexribon Ikrom qizi

Maqolada autizm ta’limotining tashqi rivojlanishi haqida so‘z boradi. Bolalarda rivojlanish buzilishlari muammolari haqida ilmiy tushunchani shakllantirishning asosiy davrlari batafsil tavsiflangan. Autizmni o‘rganishda fan va amaliyot yutuqlarini har tomonlama tahlil qilish ko‘rib chiqiladi.

Ayollarda aybdorlik hissi vujudga kelishining sabablari
Sultanova Saida Muxiddin qizi

Mazkur maqolada ayollarda aybdorlik hissining paydo bo‘lish sabablari nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Aybdorlik hissini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar hamda uning ayollarning psixologik holatiga ta’siriga doir ilmiy nazariyalar muhokama qilinadi. Ushbu tahlillar aybdorlik hissi muammosiga oid tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.

110-114 284 23
Baynalmilal oilalarda voyaga yetayotgan o‘smirlarda etnik identiklik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari
Abduraxmanova Zuxra Erkinovna

Hozirda millatlararo nikoh asosida vujudga kelayotgan oilalardagi farzandlarning umumiy turmush sharoitiga ham e’tibor qaratilmoqda. Bunday oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning oiladagi nizolarning yuqori darajasi, madaniy qadriyatlardagi farqlar va muammoli ota-onalik tufayli stress omillariga duchor bo‘lishi ularning qarashlarini o‘zgartirmoqda. Ko‘pmillatli oilalarda etnik-ijtimoiy va etnodemografik jarayonlar boshqa miqyosda sodir bo‘ladi hamda psixologik omilning sezilarli ta’siri bilan amalga oshiriladi, chunki etnik guruhlarning vakillari haqiqiy odamlar. Ko‘pmillatli oilalarda etnikmadaniy o‘ziga xoslik namoyon bo‘lishining ko‘plab ehtimoliy kombinatsiyalari mavjud bo‘lib, ular qaysi etnik guruhlar nikohda birlashganligiga, mahalliy etnik o‘zaro munosabatlarning tabiati hamda oilaning yashash joyidagi umumiy etnik vaziyatiga bog‘liq. Maqolada ushbu masala yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

34-41 227 27
Bixevioristik tadqiqotlar doirasida onalik fenomenining o‘rganilishi
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li

Mazkur maqolada onalik fenomeniga oid bixevioristik tadqiqotlar keng qamrovda tahlil qilingan. Unda onalikning shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lish jarayonlarini belgilovchi psixologik hamda ijtimoiy omillar ilmiy asosda izohlangan. Xususan, bixevioristik yondashuv doirasida onalik xatti-harakatlarining tashqi muhit stimullari bilan bog‘liqligi, ularning farzand tarbiyasidagi motivatsion, emotsional va xulqiy mexanizmlari chuqur tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada onalik fenomeniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy va biologik omillar alohida o‘rganilgan

76-79 51 25
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik va uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun dasturlar
G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon o‘g‘li

Oilaviy zo‘ravonlik muammosi jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini – oila instituti parchalanishining eng asosiy omillaridan biri. Ayniqsa, bolalarning oilaviy zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan xavfsiz muhitda voyaga yetishi ularning yorqin kelajak uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mas’uliyatli vazifaga esa, eng birinchi o‘rinda, ota-onalar javobgardir. Ushbu maqolada oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hodisasi qisman nazariy yoritib berilib, uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun xalqaro dasturlar keltirib o‘tilgan.

91-96 91 29
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashish jarayonini tashkil etishda tarbiyachi-pedagoglarning o‘rni
Jurayeva Shaxnoza Saatmuradovna

Maqola ilk bolalik davridagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlariga moslashtirishning psixologik omillarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Adabiyotlar tahlili o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi moslashish shartlari, oiladagi bolalar soni va moslashish davrining davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitlariga moslashtirishni optimallashtirishga qaratilgan, ya’ni bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotining ijtimoiy-madaniy muhitiga tezroq va xavfsizroq moslashishi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

32-36 0 0
Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv-ilmiy faoliyati motivatsiyasining psixologik xususiyatlari
Abdullayeva Barno Sayfuddinovna

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv-ilmiy faoliyati motivatsiyasining psixologik xususiyatlari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan.

15-19 0 0
Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvining psixologik diagnostikasi
Raximova Indira Igorevna, Karimova Gulnora Omonillayevna

Maqolada talabalarning xatti-harakatlarini o‘z-o‘zini boshqarish so‘rovnomasi bo‘yicha psixodiagnostik tekshiruv natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumiy kommunikativ bag‘rikenglik diagnostikasi so‘rovnoma bo‘yicha talabalarni psixodiagnostik tekshirish natijalari ham aniqlanadi

Gender identifikatsiyaning etnomadaniy xususiyatlari
Nurbayeva Xolniso Uralovna

Shaxsning o‘zining qaysi jinsga mansubligini anglashi va baholashi shaxslararo munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shaxsning o‘z-o‘zini identifikatsiya qilishi va gender identifikatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Gender indentifikatsiya jarayonida etnomadaniy o‘ziga xosliklar ta’siri bayon qilingan

74-78 143 21
Gender va simmetriya hissi: psixoemotsional rivojlanishning gender o'ziga xosligining bir jihati bo'yicha
Ergashev Po'lat Sobirovich

Maqolada simmetriya tuyg‘usining jinsiy xususiyatlarini empirik o‘rganish natijalari keltirilgan. Shu bilan birga, atrofimizdagi dunyoda simmetriya xususiyatlarining namoyon bo‘lish shakllari va yo‘nalishlarining xilma-xilligini fenomenologik tahlil qilish “simmetriya tuyg’usi” tushunchasini aqliy aks ettirish, ya’ni obyektlar va hodisalarning tartiblilik, muvozanat va mutanosiblik darajasi tufayli hissiy tajriba sifatida aniqlashga imkon berdi. Jinsga bog‘liq bo‘lgan emotsional reaksiyaning differensial belgilari konsepsiyasi asosida simmetriya va uning buzilishini hissiy aks ettirishda ushbu omilning muhim roli haqida faraz qilindi. Taqdim etilgan miqdoriy ma’lumotlar simmetriya tuyg‘usi rivojlanishining gender o‘ziga xosligini tasdiqlashga imkon
berdi. Xususan, ayollarning subyektlar guruhida simmetriyaga munosabati erkaklar guruhiga qaraganda bir xil ekani aniqlandi. Simmetriyaga munosabatning bu o‘ziga xosligi erkak subyektlar o‘rtasida simmetriya tuyg‘usi ko‘rsatkichlarining ko‘proq guruh ichida tarqalishida, ayol subyektlarning natijalarini nisbatan teng taqsimlashida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yuz simmetriyasi va uning buzilishini idrok etishning gender xususiyatlari asimmetriyani aniqlash vaqtida, tezlikning aniqlik bilan bog‘liqligida aniqroq ifodalangan, bunda qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan ustunlik qiladi.

Gender yondashuvlar ijtimoiy psixologiya predmetining bir sohasi sifatida shakllanishi
Saribayeva Umida Sattarovna

Ushbu maqolada jinslararo tenglik, biologik hamda jinsga bog‘liq farqlar haqidagi tasavvurlar, bu borada alohida ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruratining paydo bo‘lishi, gender muammolarini o‘rganuvchi nazariyalarning shakllanishi haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

31-36 0 0
G‘arb faylasuflari qarashlarida hasad muammosining o‘rganilganlik holati
Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul o‘g‘li

Jahonda rivojlanish davrida oilalarning mustahkamligi va farovonligi har bir shaxsning ijtimoiy pozitsiyasiga hamda shaxs hamjamiyatining sog‘lom rivojlanishining ijobiy pozitiv xislatlariga chambarchas bog‘liq. Bu kabi ijobiy xislatlar shakllangan bir davrda bazi jamiyat a’zolarida bir qancha salbiy illatlar ham rivojlanib, namoyon bo‘lmoqda. Bulardan biri – hasad hissidir. Bu kabi illatlarning oldini olishda jamoatchilikning ahamiyati juda katta. Zero, mahalla, oila va jamiyat – bu shaxs rivojlanishining asosiy maskanlaridir

83-89 165 19
Harbiy xizmatchi oilasida mobil addiksiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari
Qarshibayev Murodil Qarshibay oʻgʻli

Harbiy xizmatchi oilasidagi mobil addiksiya bilan bogʻliq muammolar bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan оʻrganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Harbiy xizmatchi oilasi оʻziga xos psixologik xususiyatlarga ega bоʻlgan alohida ijtimoiy guruh ekani bois, harbiy xizmatchilarning oilalari fenomen sifatida jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning oʻziga xos jihatlari, rotatsiya qilinish jarayonidagi holati, ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar, ota-onalarning, bolalarning yangi muhitga moslashishi, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarga kirishishida namoyon boʻladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

85-89 95 23
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida hasad hissi namoyon bo‘lishining psixologik omillari
Baykunusova Gulmira Yuldibayevna

Maqolada shaxsda hasad hissi namoyon bo‘lishi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida hasadning rivojlanish omillari haqida ilmiy mulohaza va takliflar bayon etilgan.

28-31 0 0
Ijtimoiy-individual qadriyatlar va emotsional intellekt xususiyatlari
Raxmonova Z.N.

Qadriyat yo‘nalishlari tizimi shaxs yo‘naltirilganligining mazmun jihatlarini belgilab beradi va uning atrofdagi olamga, boshqa insonlarga, uning o‘ziga bo‘lgan munosabatlari asosi, o‘z dunyoqarashi asosi va hayotiy faolligi motivatsiyasi o‘zagini, hayotiy konsepsiyasi hamda hayot falsafasining asoslarini tashkil etadi. Maqolada shu masalalar yuzasidan olib borilgan eksperimental tadqiqot natijalari bayon etilgan

80-85 74 24
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

85-90 87 23
Ilm-fan sohasida gender tenglikni rivojlantirishning psixologik aspektlari
Nomozova Roziya Omonovna

Maqolada olima ayollar tomonidan jamiyatning madaniy va ijtimoiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi va ahamiyati koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ayollarning ilmiy sohadagi ishtirokini oshirish boʻyicha strategiyalar va tavsiyalarga eʻtibor qaratilgan holda ularning kasbiy oʻsishidagi asosiy toʻsiqlar muhokama qilinadi. Ilmiy hamjamiyatda innovatsiyalar va taraqqiyotga erishish uchun gender tengligining ahamiyatini taʻkidlab, ayollarni ilm-fan sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlatirish hamda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli dasturlar va tashabbuslar keltirilgan

75-79 269 14
Koʻp bolali oilalardagi oʻsmir farzandlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Hozirgi vaqtda oila va ta’lim muassasasida bolalarning psixofiziologik farovonligi muammosi alohida ahamiyatga ega dolzarb masalalardan biriligicha qolmoqda. Buning asosiy sababi – oʻsib kelayotgan barkamol avlodning ma’naviy, jismoniy va psixologik salomatligi, yetukligi bugungi davlat siyosatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Oila yetakchi ijtimoiy institut boʻlib, uning inson ruhiyatiga ta’siri shubhasizdir, chunki aynan oilaning katta-kichikligi turiga koʻra shaxs shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

101-106 238 27
Ko‘p bolali oilalar submadaniyatida shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligini bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

56-62 253 15
Ko‘p bolali oilalardagi shaxslararo munosabatlarning psixologik predikatlari
Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Ko‘p bolali oilalar muammolari bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Ko‘p bolali oilalar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy guruh ekanligi bois ko‘p bolali oila fenomeni jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning o‘ziga xos jihatlari ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.

93-98 272 35
Ko‘zdan chetda qolgan bolalar: yetim bolalarni joylashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliyot
Turaqulova Aziza

Hozirgi vaqtda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini institutsionalizatsiya qilish masalasi dolzarbdir. Biroq bu amaliyot O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lib, shuning uchun bu jarayonni amalga oshirishning barcha xususiyatlarini hisobga olish, ushbu yondashuvni amalga oshiruvchi davlat uchun yuzaga keladigan afzallik va qiyinchiliklarni xolisona baholay olish zarur. Ushbu maqolada turli xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan, vasiylikning muqobil shakllari amaliyotini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining deinstitutsionalizatsiya bo‘yicha hozirgi pozitsiyasi va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillari hamda oqibatlari ochib berilgan.