Maqolalar soni: 60

Sotsiologiya

Oilaviy munosabatlarda yuksak ideallar – adolat, muhabbat, do‘stlik, birodarlik, o‘zaro hurmat-izzat tamoyillari
Muxamedjanova Lalixon

Ushbu maqolada oila ijtimoiy institut sifatida qaralib, uning barqarorligi va rivojlanishida adolat, muhabbat, do‘stlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatida shaxsni ijtimoiylashtirishda katta rol o‘ynaydi. Muallif oilaviy munosabatlarning nazariy va metodologik tahlillariga asoslanib, Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Jorj Gerbert Mid va Platon kabi mutafakkirlarning qarashlarini yoritadi.

12-18 301 27
Oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xorij tajribasining о‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Jahongir qizi

Zamonaviy davrda har bir davlat о‘zining milliy borligini, uning mavjudligini belgilab beruvchi oila modelini globallashuvning ommaviy madaniy kо‘rinishlarining salbiy ta’siridan himoya qilish uchun bor kuchini sarflaydi. Ayni paytda, ayniqsa, Yevropa davlatlarida oila institutining zaiflashishi, ayrim hollarda hatto barbod bо‘lishi borasidagi tashvishlarning kuchayishi masalaning hayotiy ahamiyati va dolzarbligini yana bir karra namoyon etmoqda

17-23 277 19
Oilaviy nizolarning oldini olish: huquqiy asoslar, profilaktika hamda hal etish mexanizmlari tahlili
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

O‘zbekistonda bugungi kunda nizoli oilalarni aniqlash va oilaviy nizolarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarning oldini olish tizimida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, ekspertlarning fikrlari va sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, malakali mutaxassislar yetishmasligi, madaniy stereotiplar (jamoatchilik befarqligi hamda salbiy gender stereotiplarini qo‘llabquvvatlashi), idoralararo muvofiqlashtirishdagi ba’zi kamchiliklar oilaviy nizolarni aniqlash va hal etish jarayonida ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan

16-21 76 35
O‘smir yoshlarda kitobxonlik tushunchasi va kitob o‘qishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari tahlili
Xudoyberdiyeva Marhabo

Maqolada o‘smir yoshlarning kitobxonlik haqidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘smir yoshdagi bolalarning kitob o‘qishida tengdoshlari va oila a’zolarining ta’siri yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘smirlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

42-46 68 30
O‘zbekistonda ayollarning masofaviy bandligini ta’minlashning shartlari va omillari
Karimov Nurislombek Ulug‘bek o‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda masofaviy bandlik yuzaga kelishining shartlari va omillari o‘rganildi. Masofaviy bandlik ko‘lami va uning mehnat bozori subyektlari duch keladigan konstruktiv ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida masofaviy bandlikning afzalliklari va kamchiliklarini tizimlashtirishning o‘ziga xos uslubiy yondashuvlari o‘rganildi. “Masofaviy bandlik” tushunchasi hali ham yangi hodisa bo‘lib, terminologiya nuqtai nazaridan tanish bo‘lmaganligi sababli ushbu yangi atamaning paydo bo‘lish haqida o‘rganildi.

73-78 13 18
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari
Yuldosheva Umida

Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishning samarali vositalaridan biriga aylandi. Biznes prinsiplarini ijtimoiy va atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadlari bilan birlashtirgan holda kambag‘allik, ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish kabi ijtimoiy muammolarni hal etish orqali ijtimoiy tadbirkorlik innovatsiyalarini yaratish, barqaror rivojlanish, shuningdek, zaif guruhlar va butun jamiyat uchun hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada muallif sotsiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning gender jihatlari va ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda gender masalalarni inobatga olish resurslarini tahlil qilgan

O‘zbekistonda mahalla institutining mustaqillik yillaridagi rivojlanishi
Zaitov Elyor Xolmamatovich

Maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla institutining rivojlanishi, uning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi noyob roli hamda ijtimoiy barqarorlik va demokratiyani ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Mahalla ananaviy qadriyatlar boshqaruvining zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashtirgan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqa rolini o‘taydigan noyob ijtimoiy institut sifatida taqdim etilgan

4-8 333 30
O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi: hududlar va jinslar bo‘yichа fаrqlаr, ulаrning sаbаblаri
Zokirov Sayidfozil, Xusanova Sevara

Maqolada so‘nggi 10 yil (2013–2022-yillar) mobaynida O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar hududlar va jinslar kesimida tahlil qilingan. Kutilayotgan ta’lim davomiyligini inson kamoloti yuqori davlatlar darajasiga yetkazish, shu jumladan, xotin-qizlarning ta’limdagi qamrovini oshirish hamda ta’limdagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

29-34 104 15
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki
Ilxamova Zumrad

Ushbu maqolada statistika agentligining ma’lumotlariga asosan xotin-qizlarning mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi statistik tahlil qilingan, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirish, ularni iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi hamda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni yoritib berilgan

24-28 194 21
Postindustrial tamaddun kontekstida axborot va bilimlar jamiyatining konseptual determinantalari
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada zamonaviy postindustrial taraqqiyot kontekstida ijtimoiy nazariyalar va konsepsiyalar, xususan, axborot va bilimlar jamiyatining (knowledge society) konseptual determinantalari kontent-tahlil qilinadi hamda bilimlar jamiyatining tamaddun evolyutsiyasi, ta’lim rivoji va shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati forsayt tadqiqotlar asosida ochib beriladi.

71-81 1 1
Qarama-qarshiliklar va ularni hal qilish yo'llari
Ismailova Zuhra Karabaevna, Imomov Inomiddin Abdulhamidovich

Konfliktologiya konfliktlarning oldini olish va ularni bartaraf etish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan fan sohasi hisoblanib, uni ijtimoiy va shaxslararo munosabatlar psixogigiyenasi fani deb atash mumkin. Konfliktologiyani bilish har bir madaniyatli odam uchun zarur, chunki u insoniy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Konfliktlar amalda inson faoliyatining barcha sohalarida yuzaga keladi. Bunda hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘q.

Qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning samarali tashkiliy mexanizmlari ta’sirini aniq sotsiologik baholash
Xomitov Komiljon Zoitovich

Ushbu maqolada qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan samarali tashkiliy mexanizmlarining ta’siri aniq sotsiologik baholangan. U asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashning zamonaviy turlari va vositalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

18-26 16 17
Sotsial status va rollar ijodkorlar sotsial qiyofasining zaruriy elementi sifatida
Dulanboyeva Oygul Asilbek qizi

Mazkur maqolada sotsial status va rollar kategoriyalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan bo‘lib, ularga sotsial qiyofa yaratishning o‘ziga xos elementi sifatida qaraladi. Shundan kelib chiqqan holda ijodkorlar sotsial statusining o‘z-o‘zini belgilash, kasbiy, iqtisodiy, vaqt singari mezonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qolaversa, ijodkorlarning xulq-atvor standartlarini shakllantiruvchi ijtimoiy sanksiyalarning sotsial qiyofalarini yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan.

32-38 16 17
Sotsiologik tadqiqotlar – ijtimoiy xavfsizlik masalalarini о‘rganishning muhim instrumenti sifatida
Tо‘rayev Odil

Mazkur maqolada sotsiologik tadqiqotlarning jamoatchilik fikrini о‘rganish orqali ijtimoiy xavfsizlik holatini baholashdagi о‘rni yoritib berilgan. Bunda sohadagi asosiy manfaatlar va xavfsizlikka tahdidlar tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik tadqiqotlarida empirik metodlardan foydalanish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

106-112 2 2
Talaba qizlarda vatanparvarlik fazilatlarini tanqidiy fikrlash orqali rivojlantirish
Xaydarova Ra’no Anvarovna

Maqolada O‘zbekistondagi filolog talaba qizlarda zamonaviy vatanparvarlikni shakllantirishning psixologikpedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Ongli vatanparvarlik tuyg‘usining asosi sifatida tanqidiy fikrlashga alohida e’tibor berilgan. “Zamonaviy vatanparvarlik” tushunchasining o‘ziga xos xususiyatlari, gender yondashuvi va ayollarning tarbiyada tutgan o‘rni yoritilgan. Tanqidiy vatanparvarlikning fuqarolik yetukligining muhim tarkibiy qismi ekanligini tasdiqlaygan so‘rovnoma va pedagogik amaliyot natijalari keltirilgan.

Talabalar turar joylaridagi axloqiy muhit: ichki muvozanat va o‘zaro munosabatlar
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada tadqiqot natijalari asosida talabalar turar joyida axloqiy muhit va unga ta’sir etuvchi omillar hamda mavjud muammolar yoritib berilgan. Shuningdek, unda talaba qizlar orasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning TTJdagi axloqiy muhitga ta’siri tahlil qilingan.

23-31 157 27
Talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlarni hisobga olishning nazariy asoslari
Norboyeva Sarvinoz Mengaliyevna

Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida rivojlanganiga emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz. Maqolada talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlar tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tahlil qilingan

21-25 163 17
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va reablitatsiya markazlari bo‘yicha xalqaro tajriba
Egamberdiyeva N.M., Yunusov U.O.

O‘zbekiston bugungi kunda dunyo hamjamiyati bilan tenglashish va umuminsoniy tendensiyalarga hamqadam bo‘lishni ixtiyor etgan ekan, xalqaro tajribani ham inobatga olmoqda. Ayollarni himoya qilish, ularning haq-huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish masalasi har davrda ilm-ma’rifatli jamiyatning ustuvor maqsadi bo‘lgan. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Yevropa Ittifoqining Germaniya, Finlyandiya hamda Estoniya kabi davlatlarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki uchrayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reablitatsiya qilish markazlarining ish usuli hamda tajribasi haqida so‘z yuritiladi.

4-10 8 18
Umumiy ta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi turlari va shakllari
Karimova Maftuna Karimberdiyevna

Maqolada ta’lim muassasasidagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, uni aniqlash va tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlarni o‘rganish va mavjud vaziyatni tahlil qilish orqali umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek, “keys menejment”, “ijtimoiy o‘zgarishlar agenti” rollarini tahlil qilish asosida o‘rganish hamda umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish xodimining o‘rni va rolini oshirishning zamonaviy usullarini takomillashtirish yuzasidan mulohaza yuritiladi.

27-33 15 17
Urbanizatsiya siyosati va uning o‘ziga xosligi
Xolmirzayev Nodirjon Nizomjonovich

Maqolada O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng shaharlashtirish siyosatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay turmush sharoiti yaratish hamda barqaror shahar muhitini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatiga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda urbanizatsiya sohasidagi asosiy muammolar: moliyalashtirish, infratuzilma yetishmasligi, ekologiya, ish o‘rinlari yaratish, uy-joy ta’minoti va davlat boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar tahlil etilgan hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida takliflar ilgari surilgan.

13-18 4 1
Uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, keksalarning huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus departamentlar faoliyati, ularga beriladigan “ijtimoiy kafolat”, ijtimoiy yordam, uy sharoitida yordam ko‘rsatish, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tahlil qilingan

22-28 177 19
Xalqaro gender indeks reytinglarida O‘zbekiston o‘rnini mustahkamlash masalalari
Bobur Xonturayev

Ushbu maqolada gender tengligini ta’minlash sohasida xalqaro shartnomalar, gender jihatlarni hisobga olgan indekslar va ularning turkumlanishi, reyting, indeks, indikatorlar, gender indikatorlariga miqdoriy va sifatiy yondashuvlar, “ayollar, biznes va qonun”, “global ayollar, tinchlik va xavfsizlik”, “gender tengsizlik”, “gender ijtimoiy normalar”, “gender rivojlanish”, “inklyuziv internet”, “global gender gap”, “ijtimoiy institutlar va gender” kabi indekslar o‘rganilgan.

4-12 274 28
Xalqaro hujjatlarda talabalar turar joylaridagi qizlarni qо‘llab-quvvatlashga oid normalar tahlili
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Ushbu maqolada xalqaro huquqiy hujjatlarda talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, ta’lim olishga tо‘sqinlik qilmaslik, zо‘ravonlik va kamsitishdan himoyalash borasidagi normalar tahlil qilingan. BMT, YuNESKO, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan chora-tadbirlar kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, turli davlatlarning amaliyotida talabalar, ayniqsa, qizlar uchun turar joylarda ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlarga mos mexanizmlari tahlil qilingan.

4-9 55 24
Xalqaro tashkilotlarning gender tenglikni ta’minlashdagi o‘rni
Esanova Makhliyo Rokhatovna

Ushbu maqolada gender tenglikka erishishda xalqaro tashkilotlarning roli tizimli tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va institutsional tashabbuslarning mazmun-mohiyatini ochib berish hamda ularning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada mavjud ilmiy manbalar, xalqaro konvensiyalar (CEDAW, Beijing Platformasi) va UN Women, UNDP, ILO kabi tashkilotlarning amaliy faoliyati asosida tahliliy yondashuv qo‘llangan. Ilmiy muammo sifatida xalqaro tashkilotlarning normativ hujjatlari va milliy siyosatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik ko‘rsatilgan

28-32 108 26
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha komplеks sotsiologik modеl
Bakirova Nargizaxon Batiraliyevna

Maqolada kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan xotin-qizlarning mehnat bozoriga integratsiyasi jarayoni sotsiologik tahlil qilingan. Empirik ijtimoiy so‘rov natijalari asosida kasbiy ta’lim bitiruvchilarining bandlik holati, ishga joylashishdagi asosiy to‘siqlar hamda samarali bandlikka ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga tayanilgan holda xotin-qizlar bandligini ta’minlashning kompleks sotsiologik modeli ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar taklif etilgan. Mazkur model ta’lim, ijtimoiy kapital, institutsional qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-madaniy muhit o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka asoslanadi.

25-30 3 1