2025-yil. 1-son.

2025-yil. 1-son.
Nashr qilingan: 15-05-2025

Maqolalar

Oilada ta’lim muhitini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari
Matkarimov Akramjon Muxtorovich

Maqolada milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda oila va undagi ta’lim muhitining rivojlanganligi ijtimoiy-pedagogik zarurat ekanligi bayon qilingan. Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila, oiladagi ta’lim muhiti kabi ijtimoiy-pedagogik jihatlarga keng e‘tibor qaratilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida oiladagi ta’lim muhitining shakllangani hamda ota-onalarning ta’limga bo‘lgan ijobiy munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, oilada ta’lim muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan

46-52 0 0
Oilaviy tarbiyaning shaxsning hissiy holatini shakllantirishga ta’siri
Abduganiyeva Diyora Abdurashid qizi

Maqola o‘smirlarning emotsional rivojlanishiga va agressivlikka moyilligiga oilaviy munosabatlar va ota-onalar tarbiya uslublarining ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada sog‘lom emotsional va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun oiladagi muhit, tarbiyaviy, shuningdek, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Muallif oilaviy tarbiyaning avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘r, sheriklik va boshqa turli uslublari va ularning bola xatti-harakatlariga ta’sirini izohlaydi. Shuningdek, u emotsional yaqinlik va suiste’mollikning yetishmasligi o‘smirlarda agressiv va deviant xatti-harakatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydi. Maqolada oilaviy vaziyat, tarbiya turlari va ularning bolaning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga moslashishiga ta’siri bilan bog‘liq asosiy jihatlar yoritilgan. Agressiyaning oldini olish va oilada uyg‘un o‘zaro munosabatlarni yaratish uchun kompleks yondashuv taklif etilgan

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mohiyati
Yulchiyeva Dildora

Maqolada oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim omili ekanligi ta’kidlanadi. Oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada oila a’zolari o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, maqsadi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari yoritib beriladi. Oila bilan ishlashda ijtimoiy pedagoglarning roli, qo‘llanadigan metod va texnologiyalar ko‘rib chiqiladi

26-35 0 0
Mutaxassislar shaxsiy-kasbiy sifatlarini shakllantirishning axloqiy-psixologik omillari
Arzikulov Dilshod Ne’matovich

Mazkur maqolada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish jarayonida zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar zarurati nazariy tahlil qilngan. Shuningdek, kasbiy muloqotni psixologik bilimlar asosida takomillashtirish yo‘llari, faoliyatda turli toifadagi fuqarolar bilan munosabatga kirishishda muloqotning kommunikativ vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishning psixologik usullarini egallash hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda zarur bo‘ladigan kasbiy fazilatlarni rivojlantirish xususida fikr yuritilgan

89-93 0 0
O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini kamaytirishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlili
Usmonova R.M.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini ta’minlashning iqtisodiy va huquqiy jihatlari sotsilogik tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlar norasmiy bandlikning asosiy xususiyatlari, xotin-qizlar norasmiy bandigini ijobiy va salbiy jihatlari, sabablari, tadbirlar, mexanizmlar yoritilgan. Yakuniy qismda xulosa va taklif, tavsiyalar berilgan

4-16 0 0
Oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot ishlari metodikasi mazmunini tahlil qilish
Rustamova Navbaxor Yaxshiboyevna

Maqolada oilaviy kitobxonlikning pedagogik ahamiyatini o‘rganish, oilaviy kitobxonlikni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari ochib berilgan. Maqolada oilalarda kitoxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi

67-78 0 0
Oila va maktab hamkorligida o‘smirlarning aqliy rivojlanishini takomillashtirish
Ummatkulova Nigora

Ushbu maqola oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlik o‘smirlarning aqliy rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi. Oila va maktab birgalikda ishlashi aqliy qobiliyatlar, akademik natijalar va shaxsiy o‘sishga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Maqolada oila va maktab birgalikda ishlashining turli usullari, jumladan, aloqa strategiyalari, umumiy mas’uliyat va hamkorlikdagi faoliyatlar keltirilgan

53-59 0 0
Ta’lim psixologiyasining talabalar o‘zlashtirishidagi ahamiyati
Xudoyorova Madina Xolmo‘min qizi

Ushbu maqolada ta’lim psixologiyasining ustozlar kasbiy faoliyatidagi roli hamda ijtimoiy, ta’limiy muammolarga pedagogik, psixologik yondashuvlar keltirilgan. Eng ko‘p uchraydigan ta’limiy muammolar va ularning psixologik yechimlari haqida amaliy tavsiyalar berilgan

109-118 0 0
Yoshlar orasida intellektual migratsiya ko‘lamini qisqartirish va tartiblash mexanizmlarini takomillashtirish
Davlatova Hulkaroy Uktamovna

Mazkur maqolada yoshlar orasida intellektual migratsiya ko‘lamini qisqartirish va tartiblash mexanizmlarini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda ishlash, muayyan kasb va ixtisoslik bo‘yicha chet el tajribalarini o‘rganish huquqi kafolatlangani, biroq mo‘may maosh olish ilinjida o‘zga yurtlarga noqonuniy yo‘l bilan ketgan hamda odam savdosi qurboniga aylanayotganlar ham uchrayotgani kabi og‘riqli muammolarimiz haqida ham mulohazalar keltirilgan

36-45 0 0
Bolalar chapaqayligi xususida
Shamsiyev O‘ktam Baxriddinovich

Maqolada ong va faoliyat tamoyilidan kelib chiqqan holda bolalarda uchraydigan chapaqaylik xususiyatini yuzaga keltiruvchi omillar haqida so‘z boradi. Shuningdek, chapaqaylik to‘g‘risidagi turli xil bahsli munozaralar ham tahlilga tortilgan

94-99 0 0
Aholi migratsiyasi genezisi va uning nazariy-metodologik asoslari
Axunov Muqimjon Muhammadaminovich

Mazkur maqolada aholi migratsiyasi genezisi va uning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, “aholi migratsiyasi” tushunchasiga berilgan ta’riflar ko‘rib chiqilib, ulardan eng ko‘p foydalanilgani V.A.Ionsev tomonidan nashr qilingan ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topgani anilqandi. Birgina Rossiyadagi maxsus nashrlar kontent-tahlili asosida mazkur atamaga 36 turli ta’riflar keltirilgan. V.A.Ionsev kontent-tahlillarini umumlashtirgan holda, mazkur atama ta’riflangan xorijiy va mahaliy adabiyotlarni turkumlab chiqilgan

17-25 0 0
Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni
Egamberdiyeva Gulxayohon Bahodir qizi

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim boshqaruvida raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, afzalliklari va qo‘llanilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Maktab direktorlarining raqamli kompetentligini oshirish yo‘llari va
innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari tavsiya etilgan

79-88 0 0
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlari
Qahhorova Feruza Yorqin qizi

Mazkur maqolada ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodlarining mazmuni, ahamiyati va qo‘llash xususiyatlari tahlil qilingan. Ishontirish metodlari ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsning qarashlarini shakllantirish, ijobiy ta’sir ko‘rsatish va insonning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu metodlarning nazariy asosi va amaliyotdagi o‘rni yoritilib, samarali qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, pedagogning ishontirish jarayonidagi kompetensiyalari va uslublari xususida fikr yuritilgan. Ishontirish metodlari orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan

60-66 0 0