2025-yil. 3-son.

2025-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 24-09-2025

Maqolalar

Ayollar jinoyatchiligi: global tahlil va O‘zbekiston sharoitida ayollar jinoyatchiligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarni tatbiq etish masalalari
Esanova Mahliyo Roxatovna

Mazkur maqolada ayollar jinoyatchiligi masalasi global miqyosda tahlil qilinib, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Norvegiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ma’lumotlar hamda siyosiy chora-tadbirlar taqqoslab o‘rganiladi. Jinoyatchilikning asosiy sabablari sifatida ijtimoiy iqtisodiy tengsizlik, oilaviy zo‘ravonlik va ruhiy salomatlik muammolari ko‘rsatiladi. Shuningdek, turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan reabilitatsiya va jamiyatga qayta integratsiya strategiyalariga alohida urg‘u beriladi. O‘zbekiston uchun kasbiy tayyorgarlik, psixologik yordam, huquqiy himoya va muqobil jazo choralarini rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, maqola O‘zbekiston uchun ayollar jinoyatchiligini kamaytirishga oid tizimli va qiyosiy yondashuvni taqdim etadi.

4-16 29 4
Yordam guruhlari qiyin hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirayotgan ayollar uchun psixologik yordam uchun makon sifatida
Rustamova Iroda Abdukaxxor qizi

Maqolada ayollarning hissiy farovonligini optimallashtirishda ko‘mak guruhlarining roli ko‘rib chiqiladi. Empirik ma’lumotlarga asoslanib, bunday guruhlarda muntazam ishtirok etish ayollarga o‘zlarining hissiy holatini qayta baholashga, tashvishlarni kamaytirishga va faol kurash strategiyalarini tanlashga yordam beradi.

Oilaviy tarbiya sharoitida o‘smirlarning ijodiy tafakkurini shakllantirish
Saidvaliyeva Madina Fazliddinovna

Maqolada oilaviy munosabatlar va tarbiya uslublarining bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishda oilaviy muhit, tarbiyaviy yondashuvlar hamda ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati tahlil qilinadi. Oilaviy tarbiyaning turli xil uslublari – avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘rlik (giperg‘amxo‘rlik), hamkorlik va boshqalar, shuningdek, ularning bola xulq-atvoriga ta’siri tasvirlanadi. Hissiy yaqinlikning yetishmasligi va shafqatsiz munosabatning salbiy oqibatlari, jumladan, tajovuzkor xatti-harakatlar va ijodiy fikrlash darajasining pasayishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Jamoat xavfsizligi tushunchasi to‘g‘risida ekspert baholari
Jo‘rayev Muhiddin Utkurovich

Mazkur maqolada jamoat xavfsizligi tushunchasining konseptual-strategik hujjatlari hamda xorijiy va mahalliy olimlarning jamoat xavfsizligi tushunchasiga bergan taʼriflari, ularning qiyosiy tahlillari bayon etilgan.

28-34 6 1
Oilaviy nizolarni bartaraf etish yo‘llari
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada dunyoning aksariyat mamlakatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqayotgan oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar va ajrashishlar asosidagi ijtimoiy-psixologik deviant xulq-atvor dolzarb muammo sifatida tahlil qilingan. Jahon ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida oila institutini mustahkamlashda erkak va ayolning oiladagi mavqeyi, ayollarning oiladagi o‘rni, er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi, hissiy yaqinligi va shaxslararo munosabatlarining oilaviy munosabatlarga ta’sir darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

17-22 27 2
Oila tarkibidagi o‘zgarishlarning bola psixologik farovonligiga ta’siri
O‘rinboyev Humoyun Muhammadjon o‘g‘li

Mazkur maqolada oila tarkibining o‘zgarishi bola psixologik farovonligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi ochib beriladi. Xususan, er-xotin ajrashishi va ajrashgan juftliklarning boshqa odamlar bilan nikohga kirishishi farzandlarga salbiy ta’sir qiladi hamda bu ta’sir iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega. Masalan, er-xotin ajrashganidan keyin bola moliyaviy, hissiy va vaqt kabi resurslardan mahrum bo‘ladi.

56-62 14 3
Oila a’zolarining nizolar tufayli mehnat unumdorligi kamayishining tizimli tahlili
Xolov Aktam Xatamovich

Mazkur maqolada oilaviy nizolarning inson mehnat unumdorligiga ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Oilaviy muammolarning xodimlar psixologik holati, fiziologik salomatligi va xulq-atvoriga qanday ta’sir koʻrsatishi keng yoritilgan. Shuningdek, bu kabi salbiy ta’sirlarni kamaytirish maqsadida tashkilotlarda psixologik yordam xizmati tashkil etish, ish-hayot muvozanatini ta’minlash, xodimlarda stressni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ilgari surilgan. Shu bilan birga, oilaviy munosabatlar psixologiyasini chuqur oʻrganish uchun zamonaviy, elektron test platformalarini yaratish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada oilaviy muammolar va mehnat unumdorligi oʻrtasidagi murakkab bogʻliqlikning ochib berilishi hamda muammoni hal qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.

35-45 29 2
O‘zbekistonda gender statistikasi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Mazkur maqolada gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollarning holatini aks ettiradi. Maqolada demografiya, ta’lim, bandlik va siyosiy hayotdagi gender bo‘yicha ishtirok ma’lumotlari keltirilgan bo‘lib, ular gender tengsizligini aniqlash, uni kamaytirish choralarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilayotgan gender siyosatining samaradorligini baholash imkonini beradi.

23-27 21 3