Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

ISSN:

Joriy nashr

2023-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 09-02-2026

Maqolalar

O‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha xorijiy tajriba
Nurmonova Zebo

Maqolada Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Global observatoriyasi ma’lumotlari hamda Yevropa mintaqaviy byurosining “O‘z joniga qasd qilishning oldini olish: global imperativ” nomli hisobotidan foydalangan holda, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida samarali natijalarga erishgan davlatlarning tajribalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

38-51 0 0
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish tendensiyalari
Mambetjanov Q.K.

Ushbu maqolada nikohdan ajrashishlar soni, har 100 ta tuzilgan nikohga to‘g‘ri keladigan ajrashishlar soni, ajrashgan er-xotinning yosh guruhiga ko‘ra taqsimlanishi, ma’lumot darajasi va farzandlar soni kabilar tahlil qilingan.

110-118 0 0
Mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish (sotsiologik tadqiqot natijalari)
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna, Tleuova Gulmira Ospanovna

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilayotganiga qaramay, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan gender kamsitish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlar oilada, ish joyida, ko‘chada, ta’lim tashkilotlarida kuzatilmoqda. Qolaversa, zo‘ravonlik holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni to‘plash va yaxlit tarzda tahlil qilish imkoniyatlari yetarli darajada emasligi, turli yoshdagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish tizimini boshqarishda, huquqiy qo‘llab-quvvatlashda bu sohada profilaktika tizimi subyektlarining o‘zaro hamkorlik qoidalari va texnologiyalarida kamchiliklar mavjudligi, mazkur muammoga kompleks tarzda yondashuvning samaradorligiga oid muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida ish joyi va ta’lim muassasasida sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari kam tadqiq etilgan bo‘lib, bu borada xotin-qizlar orasida muammoni yashirish kuzatiladi. Ushbu muammo bo‘yicha xotin-qizlarning fikrini o‘rganish, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining sabablari va omillarini aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Shuningdek, maqolada o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlili keltiriladi va mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, gender kamsitish holatlari va uning turlaridan biri hisoblangan xarassment tushunchasiga atroflicha to‘xtab o‘tiladi hamda xotin-qizlarga qarshi qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

16-28 0 0
Migratsiya muammosining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining o‘zbek olimlari tomonidan o‘rganilishi
Jamilaxon Sadullayeva

Migratsiya hozirgi davrning global jarayoni hisoblanadi. Jahon miqyosida migratsiyaning yo‘nalishlari o‘rganilgan va bu jarayon davom etmoqda. Yurtimizda migratsiya tez sur’atlarda o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalish bo‘yicha sanoqli tadqiqotlar o‘tkazilgan, kam o‘rganilgan. Mazkur maqolada O‘zbekistonda migratsiya bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar va loyihalar o‘rganilib, natijalari yoritib berilgan.

87-93 0 0
Oiladagi zo‘ravonlik: yuzaga kelish sabablari va oqibatlari tahlili
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Madjidova Dildora Abduxamidovna

Ushbu maqolada oiladagi zo‘ravonlik masalalari muhokama qilingan. Bu borada qabul qilingan qator qonun va qarorlar hamda ilmiy o‘rganishlarga asoslangan tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.

4-9 0 0
Real hamda ideal “men” holatining hayotiy vaziyatlar va shaxsiy tanlovlar bilan o‘zaro aloqadorligi
Sharapova Dildora Baxtiyarovna

Ideal “Men” va real “Men” bir-biriga qarama-qarshi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalardir. Bu o‘ziga xoslik shakllanib, shaxs hayotidagi muhim vazifalarni bajaradi, uning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ijtmoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil shaxslarda real hamda ideal “men” holatining hayotiy vaziyatlar va shaxsiy tanlovlar bilan o‘zaro aloqadorligi tadqiqot faoliyatida o‘rganilib, mazkur maqola ushbu korrelyatsion bo‘liqlikning mazmun-mohiyatini tahlil qilishga bag‘ishlanadi.

67-79 0 0
Yoshlarning erta turmush qurishi bo‘yicha ota-onalarning munosabatini sotsiologik baholash
Annakulov K.X.

Ushbu maqolada erta nikohni o‘rganishning dolzarbligi asoslangan bo‘lib, uning tadqiqot maqsadi va metodologiyasi keltirib berilgan. Shuningdek, yigit-qizlarning erta turmush qurishi bo‘yicha ota-onalarning munosabatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilingan hamda erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

52-59 0 0
Globalizatsiya va milliy qadriyatlar transformatsiyasi jarayonining ilmiy tahlili
Nurullayeva U

Mazkur maqolada iste’molchilik jamiyati xususiyatlari va globalizatsiya jarayonining ta’sirida an’anaviy hisoblangan milliylik va vatanparvarlik qadriyatlarining o‘zgarishga yuz tutishi jarayonining aloqadorligi o‘rganilgan. Shu bilan birgalikda, oila qadriyatlarining transformatsiyasi natijasida ayrim jamiyatlarda oila institutining inqirozi atroflicha tahlil qilingan. Olingan xulosalar natijasida globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida o‘zgarishlarning milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘zlashtirish lozimligi e’tirof etildi.

29-37 0 0
Nikohdan ajralishga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar
Ibragimov L.Z.

Ushbu maqolada nikohdan ajralishga sanoatning rivojlanish darajasi, aholining ta’lim darajasi, urbanizatsiya, mehnat migratsiyasi kabi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil qilingan hamda ajralishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

94-99 0 0
Erta tug‘uruq holatiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili va prognozi
Abduramanov Xamid Xudoybergenovich, Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada erta tug‘uruq holatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruqlar soni o‘zgarishining ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

10-15 0 0
Oiladagi er-xotin emotsional munosabatlarining o‘zbek psixologlari tomonidan o‘rganilishi
Bo‘riyeva Mahbuba

Maqolada o‘zbek psixologlari tomonidan oilalardagi er-xotinning emotsional munosabatlarini o‘rganish asosida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etilgan. Bundan tashqari, maqolada er-xotinning oilaviy shaxslararo munosabatlarining barqarorligini ta’minlashda o‘zaro hurmat va bir-birini tushunish hamda juftlik orasidagi ishonch va muammolar ochib berilgan.

80-86 0 0
Insoniyatning ekotizimga ongli munosabatini rivojlantirishda jamoatchilik ekologik nazoratining ahamiyati
Ashurov Abror Uralovich

Hozirgi davrda inson o‘zi ixtiro qilgan texnologik vositalarning asiriga aylanib, yangi global inqirozni paydo qila boshladi. Bu inqiroz ekologik inqiroz sifatida ilmiy manbalarda qayd etila boshladi. Bugun global axborot makonida jahon hamjamiyati muhokama qilayotgan masalalardan biri – bu, shubhasiz, insoniyatning kelajakda yer yuzida omon qolishi, unga to‘siq bo‘layotgan global omillar mavzusidir. Shu jihatdan jamiyat uchun ideal darajadagi ekologik muhitni yaratish va uni kelajak avlodga bus-butun holicha qoldirish, jamoatchilikning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik mas’uliyatini qaror toptirish va mustahkamlash – dolzarb vazifalardan biridir.

60-66 0 0
Barcha nashrlarni ko'rish