2025-yil. 2-son.

2025-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 29-09-2025

Maqolalar

Talabalar turar joylaridagi axloqiy muhit: ichki muvozanat va o‘zaro munosabatlar
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada tadqiqot natijalari asosida talabalar turar joyida axloqiy muhit va unga ta’sir etuvchi omillar hamda mavjud muammolar yoritib berilgan. Shuningdek, unda talaba qizlar orasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning TTJdagi axloqiy muhitga ta’siri tahlil qilingan.

23-31 3 0
Oilada gender taraqqiyotni rivojlantirishning farzand tarbiyasidagi muhim xususiyatlari: ijtimoiy-psixologik tahlil
Axmedova Manzura Asadovna

Mazkur maqola oiladagi gender tenglik muammolari, jinslar o‘rtasidagi tabiiy-biologik hamda uning ijtimoiy farqli jihatiga qaratilgan. Ijtimoiy tabaqalanishning asosiy tamoyillaridan biri sifatida erkak va ayol o‘rtasidagi dominant hamda bo‘ysunuvchi mutanosiblik to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, yurtimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qancha yuridik kuchga ega qonun hujjatlari joriy etilishi hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi tizimini takomillashtirish, har bir oilada ota-onalarning eng asosiy vazifasi bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, maylini tarbiyalashga erishishdan iborat ekani to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tilgan.

69-73 4 2
Biznesda gender assimetriyasi: O'zbekistonning milliy xususiyatlari
Karimova Dildora Mirsabitovna

В статье проанализировано состояние женского предпринимательства в Узбекистане через призму существующей гендерной асимметрии в бизнесе и выявлены присущие для страны национальные особенности. С использованием мирового опыта определены основные приоритеты развития женского предпринимательства в Узбекистане.

Alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda gender xususiyatlarni inobatga olish orqali familistik dunyoqarashni shakllantirish
Saitova Muattar Ulug‘bek qizi

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda familistik dunyoqarashning shakllanishida gender xususiyatlarining o‘rni haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mazkur dunyoqarashning shakllanganlik darajasini tahlil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari bayon qilingan. Shuningdek, alohida yordamga muhtoj bolalarda familistik dunyoqarashni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan.

107-111 4 0
Oilalarda o‘smir aqliy qobiliyatining rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganish natijalari
Ummatkulova Nigora Umarqulovna

Ushbu maqolada o‘zbek kontekstida o‘smirlarning intellektual rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi oila bilan bog‘liq omillarning xilma-xilligi o‘rganilgan ishlar mazmuni yoritilgan. Mahalliy va xalqaro tadqiqotlarga asoslanib, u oila tuzilishi, ota-onalarning tarbiya uslublari, ijtimoiy-iqtisodiy holat va bilim olish natijalarini shakllantirishda ota-onalarning ishtiroki kabi omillarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning aqliy o‘sishini rag‘batlantirishda qo‘llab-quvvatlovchi oilaviy muhitning ahamiyatini ta’kidlaydi.

55-60 11 1
Zo‘ravonlik hissini boshdan kechirayotgan o‘smirlarning emotsional-motivatsion va irodaviy sohasidagi o‘ziga xosliklar
Rayimov Nursulton

Maqolada o‘smirlik o‘ziga xos davr ekani, uning boshqa davrlardan ajralib turuvchi xususiyatlari, shu xususiyatlarning kelib chiqish omillari, o‘smirlarda paydo bo‘ladigan zo‘ravonlikka moyillikning kelib chiqish motivatsiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

97-101 7 2
Oilada nizolashish motivi namoyon bo‘lishining xususiyatlari
Mirzasoliyev Jaxongir Mirzasoipovich

Ushbu maqolada oila va undagi muammolarning kelib chiqish sabablari, oilalar o‘rtasidagi ijtimoiy muhitning buzilishi, oiladagi nizolarni keltirib chiqaruvchi asosiy motivlar va oilani mustahkamlashga bag‘ishlangan ilmiy, nazariy, amaliy tadqiqotlar tahlil qilingan.

44-49 21 7
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

85-90 4 0
Talaba qizlarda vatanparvarlik fazilatlarini tanqidiy fikrlash orqali rivojlantirish
Xaydarova Ra’no Anvarovna

Maqolada O‘zbekistondagi filolog talaba qizlarda zamonaviy vatanparvarlikni shakllantirishning psixologikpedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Ongli vatanparvarlik tuyg‘usining asosi sifatida tanqidiy fikrlashga alohida e’tibor berilgan. “Zamonaviy vatanparvarlik” tushunchasining o‘ziga xos xususiyatlari, gender yondashuvi va ayollarning tarbiyada tutgan o‘rni yoritilgan. Tanqidiy vatanparvarlikning fuqarolik yetukligining muhim tarkibiy qismi ekanligini tasdiqlaygan so‘rovnoma va pedagogik amaliyot natijalari keltirilgan.

Hozirgi zamonaviy davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri
Eshtemirova Maftuna

Mazkur maqolada hozirgi davrda farzand tarbiyasiga ota-onaning ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Axborot texnologiyalarining ta’siri, emotsional aloqa, gender yondashuvi, sotsiologik muhit va xalqaro tarbiyaviy tajriba asosida ota-onaning farzand shaxsining shakllanishidagi roli ochib beriladi. Maktab, mahalla va oilaning hamkorlikdagi tarbiyaviy ta’siri, tarbiya uslublari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, zamonaviy tarbiyaning dolzarb muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada sotsiologik so‘rovlar asosida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi faol ishtiroki, muammolar va ularga qarshi kurashish vositalari muhokama etilgan.

74-78 12 3
Oilaviy munosabatlar transformatsiyalashuvining nazariy-metodologik asoslari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Jamiyat patriarxal tizimining o‘zgarishi, zamonaviy oilaviy qadriyatlar va munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq individual-subyektiv jarayonlar, sivilizatsiya, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, huquqiy globallashuv va boshqa omillar ta’siri natijasida jamiyatda oila rivojlanishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tubdan o‘zgardi. Transformatsiyaning asosiy vektori va uning tipologik xilma-xilligi oiladagi munosabatlarning egalitarizatsiya (ijtimoiy maqomlarning tengligi) darajasiga o‘tishi sifatida ifodalanadi.

18-22 5 1
Raqamlashtirish sharoitidada gender barqarorlikning qiyosiy tahlili: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
Abduazimov Xurshidbek

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida raqamlashtirish jarayoni va gender tengligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq qilinadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston misolida internet va mobil texnologiyalarning qamrovi, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, ilm-fan va texnologiyalardagi roli ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jahon banki, BMT, UNESCO, DataReportal kabi xalqaro tashkilotlarning oxirgi yillardagi statistik ma’lumotlari asosida qiyosiy-tavsifiy tahlil amalga oshiriladi.

112-118 17 9
O‘zbekistonda noto‘liq oila hamda ona va farzandlar munosabatlarining o‘rganilishi
Rustamova Mo‘tabar Ravshanovna

Maqolada O‘zbekiston psixolog olimlarining noto‘liq oilalardagi ijtimoiy munosabatlar, rollar taqsimoti, ayollarda namoyon bo‘luvchi aybdorlik hissi va shu kabi masalalarga oid ilmiy izlanishlari yoritilgan. Bundan tashqari, to‘liq va noto‘liq oilalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, ona shaxsining farzand ijtimoiy tasavvurlariga ta’siri, ona va bola munosabatlari, oilaviy zo‘ravonlik, oiladagi rollar taqsimoti hamda bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari ilmiy tadqiq etilgan.

61-68 7 1
Xalqaro hujjatlarda talabalar turar joylaridagi qizlarni qо‘llab-quvvatlashga oid normalar tahlili
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Ushbu maqolada xalqaro huquqiy hujjatlarda talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, ta’lim olishga tо‘sqinlik qilmaslik, zо‘ravonlik va kamsitishdan himoyalash borasidagi normalar tahlil qilingan. BMT, YuNESKO, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan chora-tadbirlar kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, turli davlatlarning amaliyotida talabalar, ayniqsa, qizlar uchun turar joylarda ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlarga mos mexanizmlari tahlil qilingan.

4-9 2 0
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish
Ulasheva Nafisa Ximmat qizi

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan.

102-106 5 0
Sharq mutafakkirlari ta’limotida oila va nikoh masalalari
Zaretdinova Nesibeli Kurbanbayevna

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining oila va uning qadriyatlari haqidagi nazariy ma’lumotlari berilgan. Sharqda oilaviy tarbiya masalasi, er va xotinning oiladagi vazifalari, oila mustahkamligida ayollarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Qiz farzand tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etuvchi axloqiy tarbiya haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Oilada ayollarning xususiyatlarini ajratib ko‘rsatib berilgan.

50-54 11 1
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik va uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun dasturlar
G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon o‘g‘li

Oilaviy zo‘ravonlik muammosi jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini – oila instituti parchalanishining eng asosiy omillaridan biri. Ayniqsa, bolalarning oilaviy zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan xavfsiz muhitda voyaga yetishi ularning yorqin kelajak uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mas’uliyatli vazifaga esa, eng birinchi o‘rinda, ota-onalar javobgardir. Ushbu maqolada oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hodisasi qisman nazariy yoritib berilib, uning oldini olish bo‘yicha ota-onalar uchun xalqaro dasturlar keltirib o‘tilgan.

91-96 8 2
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda davlat, jamiyat va inson omilining o‘zaro uyg‘unligi
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Maqolada O‘zbekiston sharoitida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi, mazkur yo‘nalishda davlat siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari va alohida shaxslarning o‘zaro munosabatlari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif davlatning kafolatchilik roli, jamiyatning axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi hamjihatligi hamda ijtimoiy tenglik, adolat, imkoniyatlar yaratuvchanligi, ijtimoiy himoya mexanizmlarining innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan rivojlanish zarurati ta’kidlangan. Maqola zamonaviy O‘zbekiston tajribasini nazariy asoslar bilan uyg‘un holda ko‘rsatishga urinishdir.

38-43 11 1
Yosh talabalarda yengish strategiyalarini shakllantirishning psixologik asoslari
Askarova Gulrux Orinbasarovna

Mazkur maqolada koping-strategiyalar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarning nazariy tahlili hamda talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlili keltirilgan. Alohida e’tibor koping-strategiyalarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan. Undan tashqari, ta’lim jarayonida va kelgusi kasbiy faoliyatda talabalalarning stressli holatlarni samarali yengib o‘tishga yordam beradigan tavsiyalar taklif etilgan.