2025-yil. 2-son.

2025-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 22-09-2025

Maqolalar

Oilaviy nizolarning oldini olishda oila boshlig‘ining ahamiyati
Sobirov Fayzullo Azim o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining tutgan o‘rni va mas’uliyati yoritiladi. Oilada sog‘lom muhitni ta’minlash, nizolarni bartaraf etish va farovonlikni mustahkamlashda erkakning hissasi beqiyos ekani ta’kidlanadi. Maqolada erkakning rahbarlik, sabrtoqat, muloqot madaniyati va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishdagi roli psixologik, ijtimoiy va axloqiy
jihatdan tahlil etiladi. Muallif tomonidan oilaviy nizolarning oldini olishda erkak kishining roli haqida nazariy ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lib, bu mavzuga oid asosiy tushunchalar, ilmiy yondashuvlar va o‘zbek olimlarining qarashlari keltiriladi. Shuningdek, oilaviy barqarorlikni ta’minlashda erkaklarning faol ishtiroki zarurligi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslab beriladi.

31-36 18 1
Oilaviy nizolarni hal etishning zamonaviy usullari
Muxamedov Sherzod Nurmatillayevich

Ushbu maqolada oilaviy nizoning ta’rifi, kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari va nizolarni hal etishning sinalgan usullari ko‘rib chiqilgan hamda mahalla faollari uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

17-24 39 1
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tashvish fenomeni psixologik muammo sifatida
Axmedova Manzura Asadovna

Maqolada bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri – maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan xavotirlanish holatlari psixologik hodisa ekanligi borasida olimlarning tadqiqotlari qarashlari va fikrlariga batafsil to‘xtab o‘tilgan. Shuningdek, insonning amaliy faoliyatida yuzaga keladigan muammolar orasida ruhiy holat bilan bog‘liq kamchiliklar alohida o‘rin tutishi, hozirda ota-onalar tomonidan farzandlarining haddan ziyod himoya qilinishi boladagi xavotirni yuzaga keltirishi mumkinligi, bu yoshdagi bolalarda uyat hissining yoshga bog‘liq namoyon bo‘lishi va uyatchanlik bilan bog‘liq individual hissiy reaksiyalardan xavotirlanish hissi paydo bo‘lishi holatlari to‘g‘risida ham ko‘plab tushunchalar yoritilgan.

Zamonaviy oila sharoitida farzand tarbiyasining falsafiy-psixologik jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Oila masalasi har bir davrda barcha xalq va davlatlar ijtimoiy siyosatining asosiy masalalaridan hisoblanadi. Zero, har bir millat va davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy strategik jihati oilaning qandayligi, poydevori nimaga qurilgani va farzandlar tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning bardavom va mangu yashashi aynan sog‘lom oilaviy munosabatlarga chambarchas bog‘liq.

52-59 9 3
Harakatsizlikni motivatsiyaga aylantirish: Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlari
Turayeva Nazira Ibragimovna

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim g‘oyalari va an’anaviy pedagogik qarashlarni uyg‘unlashtirish orqali talabalar befarqligini qanday qilib motivatsiyaga aylantirish mumkinligi haqida amaliy usullar ko‘rib chiqiladi. Jon Dyui, Lev Vygotskiy va Abdulla Avloniy asarlari asosida bu tadqiqot o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, individual yondashuv va qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv muhitining ahamiyatini ta’kidlaydi. Avloniyning axloqiy-falsafiy qarashlari, xususan, uning mashhur “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobiga asoslanib, mehnatsevarlik, o‘zini boshqarish va ongli ta’limning ahamiyatini ko‘rsatadi. Dyui ilgari surgan tajribaviy ta’lim konsepsiyasi faollik, tahliliy fikrlash va demokratik sinf muhitini rag‘batlantiradi. Vygotskiyning “Yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi esa ijtimoiy muloqotning o‘rganishdagi muhim rolini ko‘rsatadi. Maqolada ushbu turli yondashuvlarni birlashtirish orqali talabalarni ilhomlantirish va darsda faol ishtirokni kuchaytirish bo‘yicha kompleks
strategiyalar taklif etiladi.

37-43 25 2
Oiladagi nizolar va ularning oqibatlari
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada oiladagi nizolarning sabablari va ehtimoliy yechimlari ko‘rib chiqiladi, nizolarni hal qilishning eng samarali usullari haqida fikrlar ilgari suriladi. Oila eng muhim ijtimoiy institut bo‘lib, uning mavqeyi, mustahkamligi davlat va butun jamiyat barqarorligini belgilaydi. Har qanday ijtimoiy ziddiyatning asosi – qarashlar va e’tiqodlar to‘qnashuvi. Oila hamjihatligini saqlagan
holda qarama-qarshiliklarni hal qilishni tushunish juda muhimdir

25-30 47 2
Munosabatlar inqirozi: er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlar tahlili va ijtimoiy-psixologik yechimlari
Nazarova Muharram Yunus qizi

Oila jamiyatning kichik ajralmas bo‘g‘ini sifatida nafaqat unda yashovchilarning ruhiy va ijtimoiy barkamolligiga ta’sir qiladi balki jamiyat farovonligini ta’minlashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bunga to‘siq bo‘luvchi bir necha muammolar oila mustahkamligiga putur yetkazadi. Ulardan eng asosiysi er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Ushbu maqolada oilada er-xotin munosabatlaridagi ziddiyatlar va ularning ijtimoiy-psixologik tahlili yoritilgan hamda ularga yechimlar taklif etilgan.

79-86 39 1
Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, muammolarini hal etish
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada xotin-qizlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, bandligi, tadbirkorligi, ta’lim olish imkoniyati, ijtimoiy faolligi hamda ijtimoiy-huquqiy himoyalanganlik darajasi ilmiy-nazariy o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan.

4-16 41 1
Oʻsmirlik davrida shaxsiy xususiyatlar muammosi boʻyicha psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Ushbu maqolada o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. O‘smirlik davrida shaxsiy xususiyatlar muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlil qilingan. O‘smirlik davridagi shaxsiy xususiyatlarni o‘rgangan olimlar va ularning nazariyalariga alohida urg‘u berilgan.

60-69 30 1
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy usullari
Ibragimova Munisa San’atovna

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning og‘zaki va yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarligida nutq texnikasi, fonetika, multimodal metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va sahna nutqi kabi omillarning o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, o‘qituvchilik faoliyatida nutq madaniyatining ustuvorligi, o‘quvchilar bilan samarali muloqot yuritish, o‘z fikrini ravon ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Maqola yakunida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi

44-51 7 2