Maqolalar soni: 38

Sotsiologiya

O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini kamaytirishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlili
Usmonova R.M

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlar norasmiy bandligini ta’minlashning iqtisodiy va huquqiy jihatlarining sotsilogik tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlar norasmiy bandligining asosiy xususiyatlari, xotin-qizlar norasmiy bandigining ijobiy va salbiy jihatlari, sabablari, tadbirlar, mexanizmlar yoritilgan. Yakuniy qismda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

4-16 1 0
Qishloq ayollarini ish bilan ta’minlashning samarali tashkiliy mexanizmlari ta’sirini aniq sotsiologik baholash
Xomitov Komiljon Zoitovich

Ushbu maqolada qishloq ayollarini ish bilan ta’minlashning muallif tomonidan ishlab chiqilgan samarali tashkiliy mexanizmlarinining ta’siri aniq sotsiologik baholangan. U asosida qishloq ayollarini ish bilan ta’minlashning zamonaviy turlari va vositalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan

4-14 98 20
Raqamli transformatsiya sharoitida raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning zamonaviy metodlari
Mallayev Ravshan Qo‘ziboyevich, Nabiyeva Umidaxon Kayumjon qizi

Ta’lim sohasida raqamli platformalardan foydalanish zarurati tobora oshib bormoqda, ushbu platformalar nafaqat o‘quv jarayonini zamonaviylashtiradi, balki talabalarga va o‘qituvchilarga bilim olish va berishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Ta’limning raqamli vositalarga asoslangan usullari an’anaviy ta’limni boyitish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ammo bu platformalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish uchun metodik yondashuv shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalari haqida so‘z yuritadi.

4-8 2 0
Sanoat tarmog‘ida ishchi kuchidan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish
Doniyorova Shaxnoza Doniyorovna

Maqolada sanoat tarmog‘ida mehnat resurslaridan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish omillari tasniflangan va tizimlashtirilgan. Sanoat tarmog‘i korxonalarida yirik xarajatlarni talab etmaydigan ichki resurslar hisobiga mehnat resurslaridan samarali foydalanishning faollashuvi mamlakat miqyosida o‘tkir ijtimoiy muammo hisoblangan kambag‘allikni kamaytirishning muhim omillaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan.

45-57 4 0
Tengsizlik va kambag‘allik: O'zbekistonda muammoni hal qilish tajribasi
Karimova D. M.

Maqolada so‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi va qashshoqlikning global va milliy tendentsiyalari keltirilgan. Tahlil COVID-19 pandemiyasi, iqlim ofatlari hamda mintaqalararo mojarolar sharoitida qashshoqlik va global tengsizlik oʻsishining global tendentsiyalarini aniqladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va manzilli tizimi orqali tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tengsizlikni yumshatish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatining keyingi yo‘nalishlari namoyon qilindi.

Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Yaponiya tajribasi
Abdiraimova Sh.A.

Ushbu maqolada eng uzoq umr ko‘ruvchi mamalakatlardan biri sifatida Yaponiya tajribasi o‘rganildi. Mamlakatni o‘rganish tasodifiy ravishda emas, balki geografik joylashuvini ham inobatga olgan holda tanlandi. Shuningdek, uzoq umr ko‘rishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

32-40 1 0
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi borasidagi nazariyalar
Nazarov Anvar Sidiqovich

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasi barcha davrlarda dolzarb hisoblangan. Bolalar jinoyatchiligining oldini olish puxta ishlab chiqilgan choralar va tadbirlarga asoslanishi, bunday tadbirlar esa samaradorligi isbotlangan ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi ma’lum. Ilmiy tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asosini nazariyalar, yondashuvlar tashkil etadi. Quyidagi maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasiga oid bir nechta nazariyalar taqdim qilingan.

4-9 0 0
Xorijiy davlatlarda ajralishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
Rabiyev Bobomurod Baxadirovich

Oila jamiyatning o‘zak-negizi hisoblanib, oilalarning buzilishi jamiyatga salbiy tasir etadi. Ajralishning ijtimoiy oqibatlari tug‘ilishning kamayishi, oilada tarbiyani yomonlashishi,mehnat unumdorligining pasayishi, salomatlik ko‘rsatkichlarining yomonlashishi, o‘limning ko‘payishi,
alkogolizmning kuchayishi, qarindoshlik munosabatlariga putur yetishi, o‘z joniga qasd qilishga urinishlarning ko‘payishi, ruhiy kasalliklar xavfining ortishiga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham ajrimlar soni ortib bormoqda. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida xorijiy davlatlarda qilinayotgan ishlarni o‘rganib chiqish va ayrimlarini milliy qadriyatlarga mos holda tatbiq etish maqolani asosiy maqsadi hisoblanadi.

31-39 1 0
Xotin-qizlar bandligini oshirishda iqtisodiy islohotlarning ahamiyati: Yaponiya abеnomikasi tajribasi
Rustamov Jaxongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqola Yaponiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Abenomika siyosati doirasida amalga oshirilgan dasturlar, uning mehnat bozoridagi ishtiroki hamda rahbarlik lavozimlarida rivojlanish darajasini tahlil qiladi. Shinzo Abe boshchiligidagi hukumat tomonidan qabul qilingan “Womenomics” siyosatining ayollar uchun ish shart-sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni yengishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Maqolada “Work Style Reform” dasturi orqali ish vaqtini optimallashtirish va masofadan ishlash imkoniyatlarining ayollar uchun ahamiyati hamda ruhiy salomatlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yaponiyada otalarni bola parvarishiga jalb qilishdagi muvaffaqiyatlar ham yoritiladi.

13-18 2 0
Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari: sabab va oqibatlar, yechim yo‘llari
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

Maqolada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlari ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarida salbiy ko‘rinishda mavjud bo‘lishi ehtimolini ilmiy jihatdan konseptual o‘rganish lozimligi keltirilgan. Oiladagi zo‘ravonlik va tazyiqdan, asosan, ayollar jabr ko‘rishi aniqlanib, uning asosiy shakllari, sabablari va oqibatlari o‘rganish asosida tasniflangan. Oiladagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilishning milliy tajribasi o‘rganilgan

22-33 106 18
Yoshlarning erta turmush qurishi bo‘yicha ota-onalarning munosabatini sotsiologik baholash
Annakulov K.X.

Ushbu maqolada erta nikohni o‘rganishning dolzarbligi asoslangan bo‘lib, uning tadqiqot maqsadi va metodologiyasi keltirib berilgan. Shuningdek, yigit-qizlarning erta turmush qurishi bo‘yicha ota-onalarning munosabatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilingan hamda erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

52-59 1 0
Zamonaviy o‘zbek oilasida ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy roli: tendensiyalar va istiqbollar
Boymurodova Zarnigor Xushvaqtovna

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek oilasida ayollarning o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy roli tahlil qilinib, tadqiqot natijalari asosida ularning oiladagi mavqeyi va jamiyatdagi ishtiroki kengayib borayotgani aniqlangan.

4-12 1 0
Zamonaviy sotsiologik adabiyоtlarda oila-mehnat muvozanati muammolari
Sadullayev Shaxrux

Mazkur maqolada zamonaviy sotsiologik adabiyotlarda oila mehnat muvozanati muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, “oila-mehnat muvozanati”, “ish-hayot muvozanati”, “oilamehnat” nizosi, qarindoshlik-ota-onalik-nikoh tizimidagi nomutanosiblik, “erkaklar va ayollar oʻrtasidagi mehnat taqsimoti”, “gender tengligi”, “mehnat taqsimotining an’anaviy va tenglik amaliyoti”, ishlovchi ona” “professional ayol” va “ayol uy bekasi” kabi atamalar tahlil qilingan.

19-31 3 1